Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
Adabiy obzor tanqidning qadimiy janrlaridan. V.G.Belinskiy ko’plab adabiy obzorlar yaratib, mazkur janrni yuksak darajaga olib chiqqan edi. Uning “1841 yil rus adabiyoti”, “1842 yil rus adabiyoti”, “Kitob do’konida eshitilib qolingan adabiy gurung” obzor maqolalari yuksak ko’tarinkilik va zavq-shavq bilan yozilgan dialog shaklidan unumli foydalangan, kimlar bilan bahsga kirishgan, jonli takliflarni bayon qilgan edi. Shiddatli Vissarion xronologik obzor yaratadimi, tematik obzorga qo’l uradimi, shoh asarlarni kashf etishni maqsad qilib qo’yadi, o’sha yillar rus adabiyoti umri boqiy asarlar yaratilmaganidan afsuslanadi. Hozir ham adabiy obzor yaratuvchining maqsadi jonli adabiy jarayondagi kurashlar, holatlar, intilishlar samarasi o’laroq mo’jizani, shoh asarlarni kashf etishdir. Obzorchi ma’lum chegaradagi, doiradagi asarlarni o’rganadi. Zamonaviy obzorchi vazifasining mushkulligi shundaki, u jahon adabiyotidagi, aniqrog’i, dunyodagi eng rivojlangan adabiyotlardagi holatni yaxshi bilmoqi, ilg’or tendensiyalardan xabardor bo’lmoqi, insonni mukammal tasvirlayotgan ulug’ ijodkorlarning izlanishlarini ziyraklik bilan kuzatib bormoqi, nihoyat jahondagi ilg’or adabiyotlar tarixidan xabardor bo’lmoqi lozim. To’g’ri, adabiy obzorni hamma adabiyotshunos, tanqidchi yozaverishi mumkin. Lekin donishmand, bilog’on tanqidchi, adabiyotshunos obzorida ostki oqim, yashirin ma’no sezilib turadi. Bunday obzorlar zamonlar o’tishi bilan eskirmaydi, ulardagi ichki mazmun, badiiy ijod qonuniyatlari xususidagi fikrlar hamisha kitobxon diqqatini jalb etib boradi.
O.Sharafiddinovning “Yillar va yo’llar” asarini ilmiy-nazariy obzor desa bo’ladi. 1966 yilda yozilgan. Unda Cho’lpon, Usmon Nosir haqida gaplar aytilgan. M.Qo’shjonovning “Qayta qurish va o’zbek romani”, K.Yashinning “O’zbek adabiyoti yuksalishida” (T., 1964, O’zbekiston nashriyoti), M.Qo’shjonovning “Ma’no-mahoratning bosh masalasi”. 1972 prozasi”, I.G’afurovning 1973 yil prozasi haqidagi “Nasrimizning bugungi tendensiyalari” kabi obzorlari bor. I.G’afurovning 1973 yil o’zbek prozasi haqidagi “Nasrimizning bugungi tendensiyalari” obzorida tarix va inson konsepsiyasi masalasida jiddiy mulohazalar bayon etiladi. Muhimi, munaqqid o’zi yashab turgan sharoitni eng mukammal, haqiqat tantana qilgan davr deb biladi. Munaqqid: “Biz tariximizni sevamiz dedik. Lekin tarix, uning qaysi sahifasini ochib ko’rmang, dahshatli fojialar, dramalar bilan to’liq, nahot biz shu fojialar va dramalarni sevsak? Yo’q, biz o’sha fojialardan omon chiqqan, o’zining ulug’vor va olijanob ruhini saqlab qolaolgan va doimo adolat tantanasi uchun kurashgan, adolat va hurriyat qachon bo’lmasin barqaror bo’lishiga ishongan xalqimizning bosib o’tgan yo’lini, uning yengilmas sog’lom irodasini sevamiz”,-deb yozadi. P.Shermuhammedovning “Nuqtai-nazar haqida” (“Umid muhabbatdadir...” kitobi, 5-47-betlar) obzorida muallif 70-yillarning 2-yarmida yaratilgan proza asarlari, bolalar she’riyati, o’smirlar adabiyoti haqida fikr yuritadi. Ikkinchidan, obzorda “Alpomish” dostonidan tortib Ibn Sinoning “Salomon va Ibsol”, A.Jomiyning “Bahoriston”, Abu Rayhon Beruniyning “Kitobut-tahorim”, “Boburnoma” va “Shohnoma” asarlarigacha tilga olinadi. Uchinchidan, mazkur obzorda umumittifoq adabiyoti qamrab olinadi. Shukshinning “Nuqtai nazar” hikoyasidan tortib, Yuriy Skopning “Xavfsizlik texnikasi”, Ch.Aytmatovning “Dengiz sohilidagi olapar” hikoyasi va boshqa romanlargacha qamrab oladi. Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling