Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
-Mavzu: O‘zbek adabiy tanqidchiligidagi metodlar
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
9-Mavzu: O‘zbek adabiy tanqidchiligidagi metodlar
Reja: Adabiy tanqidda badiiy asarlarga yondashuv usullari. Metodologiya – metodlar haqidagi fan. Metodlar tasnifi. Adabiy jarayon va zamonaviy ilmiy qarashlar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Расулов А. Танқид, тадқин, баҳолаш. T.: Фан, 2006 Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т. TURON-IQBOL. 2011 Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур.Т. Akademnashr. 2014. Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. Т. Muharrir nashriyoti. 2011. Каримов Б. Руҳият алифбоси. Т. Ғ.Ғулом номидаги матбаа-ижодий уйи. 2016. Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Adabiy tanqid fani adabiy jarayon bilan shug‘ullanadi. Kundalik adabiy hayotda yozilayotgan asarlarni baholaydi. Adabiy-tarixiy jarayonda kechayotgan hodisalarni, yangiliklarni, tajribalarni tahlil qiladi. Ijodkor va kitobxon masalalriga diqqat qaratadi. G‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlarni targ’ib va tashviq etadi; poetic jihatdan zaif asarlarga tanqidiy munosabat bildiradi. Tabiiyki, har bir davrning o‘z adabiy jarayoni bo‘ladi. Adabiy jarayon xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib boradi. Hazrati Odam tomonidan og‘zaki shaklda dastlabki badiiy asar yaratilgan zamonlardan buyon odamzod matn o‘rganish, undan ta’sirlanish, o‘zlashtirish va har tomonla tahlil qilishga urinib kelmoqda. Odamzod azal-azaldan go‘zalligi sirlarini anglab yetishga intilgan. Shuning uchun, ham odamiyat unga nozil etilgan barcha muqaddas kitoblarni tushunishga intilgan va ularni imkoni yetgani qadar tafsir qilgan. Shuningdek, odamlar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarni idrok etish uchun ham deyarli hamisha muayyan ko‘mak talab etilgan. Badiiy matnga tahlilchi o‘z e’tiqodi, dunyoqarashi, maqsad estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy saviyasi, badiiy didi kabi omillardan kelib chiqqan holda yondashadi. Bu omillar esa muayyan jug‘rofiy-tarixiy va ilmiy-estetik sharoit ta’sirida shakllanadi. Binobarin, turli mintaqalarda yashovchi kishilarda badiiy asarni tushunish hamda tahlil qilish borasida turlicha qarash va usullar tizimi qaror topganligi tabiiydir. Kunchiqish va Kunbotish xalqlarida badiiy matnga yondashuv tizimi tamomila-o‘ziga xos bo‘lib, bir-biridan jiddiy farq qiladi. Xususan, Turkistonda sovet davrigacha bo‘lgan ming yillar mobaynida ko‘rkam asardan, birinchi navbatda, san’at, badiiyat qidirib kelingan. Badiiy matnning ta’sirli, o‘ziga xos, betakror, nafis va kutilmagan jihatlarini ochishga e’tibor qaratilgan. E’tibor qilinsa, musulmon Chiqishidagi ijodkorlar uchun mazmunning originalligi bilan bir qatorda ifodaning betakrorligi ham juda muhim, ba’zan hatto, boshqa hamma narsadan muhimroq sanalgan. Gul, bulbul, oshiq, ma’shuqa, agyor, hijron kabi an’anaviy timsollar tizimi mustahkam shakliy qolip va an’anaviy yondashuvlar doirasida betakror ko‘rkam yangilik yaratish chinakam iste’dodning belgisi sanalgan. Kunbotishda esa badiiy matndan ko‘proq ijtimoiy ma’no izlash an’anasi shakllangan. Bu hol badiiy tahlilda sotsiologik, funksional yondashuvlar ustuvor bo‘lishiga olib kelgan. Shuning ta’sirida Kunbotishliklar adabiyotshunoslik ilmida badiiy asar funksiyalari insonning faoliyatini anglashga qaratilgani bois adabiyot o‘z-o‘zidan ijtimoiy mazmunga ega bo‘ladi degan qarash shakllangan. Bu estetik maktabga badiiy yaratiq tahlili mobaynida muayyan tekshirilayotgan asarda adabiyotning funksiyalari qay tarzda va qanchalik darajada ado etilganiga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Natijada Kunbotish adabiyottanuv ilmida badiiy asarni o‘qish, o‘rganish va izohlashga qaratilgan ilmiy-estetik faoliyatning uzoq tarixi mobaynida asarning tahlili bo‘yicha tarixiy-tipologik, tarixiy-madaniy, qiyosiy-tarixiy, funsional, sotsiologik, formal, struktural, biografik, psixologik, psixoanalitik va bir qator yondashuvlar tizimi shakllangan. Shuningdek, badiiy matnni tahlil etishning bu tizimlaridan ikki yoki undan ortig‘ini birgalikda qo‘llash tufayli ham yana bir qancha tahlil turlari yuzaga kelgan. Tahlil amaliyotida ham badiiy asarlarga yondashuvning ayrim yo‘nalishlari qaror topgan. Ma’lumki, bani basharga yuborilgan barcha muqaddas kitoblar ilohiy mazmunga egaligidan tashqari ifoda yo‘sinidagi joziba va o‘ziga xoslikka ko‘ra, ularda muayyan darajada, badiiylik xususiyatlari ham bordir. Tabiiyki, har qanday qavm vakillari ham o‘z muqaddas asarlarini to‘g‘ri anglab yetishni istaganlar. Natijada, bu bitiklarni izohlash, tafsir qilish ehtiyoji yuzaga kelgan. Qadim Yunonistonda muqaddas kitoblarning shu xildagi tafsiri jarayoni «eksegetika» (yunoncha yexegiteka - tushuntiraman), deb atalgan. Antik zamondayoq diniy bitiklar bilan birga eski adabiy qo‘lyozmalar ham eksegiz qilingan, ya’ni tushuntirilgan. Ekzegetika «tashqaridan”, “dan” ma’nolarini ifodalash uchun qo‘shiladigan -ekz (ex) old qo‘shimchasi sharhlovchining matndan o‘zicha ma’no chiqarmoqchi emasligini, balki matnning o‘zidan tabiiy ravishda mantiqan kelib chiqadigan ma’nonigina anglatmoqchiligini bildirgan. Bu bilan ekseget qilingan ma’no tafsirchining shaxsiy-sub’ektiv fikri emas, balki matnning o‘zidan ob’ektiv tarzda kelib chiqqan qarash ekani ta’kidlangan. Insoniyat jamiyatida badiiy adabiyot taraqqiy etib borgani sari uni tahlil qilish amaliyoti va ilmi ham rivojlandi. Antik davrlardayoq faqat ilohiy bitiklarning qadimgi qo‘lyozmalarinigina emas, balki o‘sha zamonda yashayotgan ijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy matnlarni ham sharhlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Chunki har qanday ko‘rkam adabiy yaratiq o‘ziga xos tabiatga ega ekani sababli hammaga ham tushunarii bo‘lavermas edi. Ayni vaqtda jamiyat a’zolari orasida dunyya kelgan badiiy matnni tushunishga ehtiyoj sezadigan alohida qatlam yuzaga kelgan bo‘lib, u muayyan iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ta’sir ko‘rsata oladigan kuchga ham ega edi. Natijida, Kunbotishning o‘sha davrdagi eng mutaraqqiy davlatlari bo‘lmish Yunoniston va Rimda badiiy matnni o‘rganish tekshirishning hermenevtika va interpretatsiya kabi yo‘nalishlari dunyoga keldi. Kunbotish ellarida badiiy asarga interpretatsion yoki hermenevtik yo‘sinida yondashish muayyan takomillashishlar bilan hozirga qadar ham davom etibgina qolmay, hatto Kunchiqish o‘lkalariga ham bir qadar yoyilib bormoqda. Kunbotish yurtlarida, umuman, san’atni anglash va izohlash yo‘sini, xususan, badiiy yaratiqni tekshirishning universal hamda ko‘p qirrali usuli sifatida interpretatsiya alohida o‘rin tutadi. Interpretatsiya ilohiy va badiiy matnni o‘rganish hamda izohlashga tatbiqan antik davrlardan buyon qo‘llanib kelingan yondashuv tarzi bo‘lib, «talqin qilish, tushuntirish» ma’nolaridagi lotincha interpretation so‘zidan olinib, badiiy asarni talqin qilish, uning g‘oyasi, ma’nosi yoki konsepsiyasini anglab yetishga, asar mazmunini qayta yaratishga qaratilgan faoliyatni bildirgan. Atama sifatida esa a) «biror narsani «talqin qilish, tushuntirish;» b) biror asar yoki san’atkorni ijodiy jihatdan izohlash ma’nolarini bildiradi. Dastlabki davrlarda bu atama adabiy asarning birlamchi ma’nosi, goyasi va konsepsiyasini anglab, tushuntirish hamda uni biror-bir shaklda qayta yaratib berishga qaratilgan ilmiy faoliyatni anglatgan. Bugungi kunda u ko‘proq badiiy asar mohiyatini turli yo‘sinda talqin qilish, izohlash usuli ma’nosida qo‘llaniladi. Vujudga kelgan davrda interpretatsiya asosan biror asarning mazmunini zamondoshlarga moslab aslidagiday qayta yaratib berishga qaratilgan faoliyatni ifodalagan. Hozirga kelib, badiiy mazmunni interpretatsiya qilish, ya’ni qayta yaratish asosan uch yo‘l bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. birinchi yo‘l biror badiiy asarni ilmiy tadqiq etishni ko‘zda tutib, mantiqiy-tushunchaviy interpretatsiya deyiladi va bitikni adabiyotshunoslik yoki adabiy sinchilik asari tarzida qayta yaratishni anglatadi. Ikkinchi yo‘l liriko-publitsistik interpretatsiya bo‘lib, biror ko‘rkam asar matnini hissiyot qorishiqligida esse shaklida qayta yaratishni bildiradi. Uchinchi yo‘l badiiy interpretatsiya deyilib, adabiy matn mazmunini san’atning rangtasvir, teatr, kino, opera, raqs, musiqa singari turlaridan biriga aylantirib interpretatsiya qilishni anglatadi. Ko‘rinadiki, biror badiiy asar mohiyati ilmiy yo‘sinda adabiyotshunoslik yoki sinchilik nuqtai nazaridan tadqiq etilsa, mantitsiy-tushunchaviy interpretatsiya yuzaga keladi. Agar talqinchi tekshirayotgan badiiy matn asl goyasidan ta’sirlanib, uning mazmuniga o‘z hissiyoti va shaxsiy munosabatlarini qo‘shib esse yaratsa, liriko-publitsistik interpretatsiya paydo bo‘lgan. Shuningdek, talqin etilayotgan badiiy asar mazmuni san’atning o‘zga biror turi vositasida ifoda etilsa, badiiy interpretatsiya hosil bo‘lgan. Interpretatsiya asarni tahlil qilishning usuli sifatida juda qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinadi. Ma’lumu mashhur Suqrot (miloddan oldingi 470/469-399 yilnar)o‘z zamondoshi bo‘lmish shoir Simonidning qo‘shiqlari mazmunini mantiqiy-tushunchaviy yo‘sinda talqin etgan. Demak, adabiyottanuvchilik ishini bajargan. Interpretatsiyaning ilmiy-nazariy asoslari ilohiy kitoblarning talqinchilari tomonidan ancha keyin ishlab chiqilgan. Ularning bu jo‘ndagi ta’limotlari 19 asrda olmon esteti Fridrix Shelling tomonidan badiiy mazmun talqinining cheksizlik qadar ko‘p bo‘lishi mumkinligi borasidagi qarashlari bilan yanada boyitilgan va to‘ldirilgan. Interpretatsiya to‘g‘risida nemis esteti F. Shleyermaxer qarashlarini shogirdi V. Diltey takomilga keltirgan bo‘lsa, rus olimlari: S. Averinsev, M. Baxtinlar uni amaliyotda qo‘llash yo‘llari yuzasidan qimmatli fikrlar bayon qilishgan. Yuqoridagi olimlarning qarashlari umumlashtirilganda badiiy asarning talqini asar muallifi, ya’ni birlamchi sub’ektning goyaviy-estetik nuqtai nazariga mumkin qadar mustaxkam bogliq bo‘lishi kerak degan umumiy to‘xtam yuzaga keladi. Biror badiiy mazmunni o‘zlashtirib, qayta yaratish talqinchining ijodkor sub’ekti bilan goyibona «ruhiy muloqoti» orqali amalga oshadi. Bunda talqinchining intuitsiyasi, ya’ni muallif ruhiyati va fikrini gayrishuuriy tarzda tuyishi hal kiluvchi o‘rin tutadi. Talqinchi (interpretator) hamisha san’at asariga aksiologik, ya’ni baholash pozitsiyasidan yondashadi. Binobarin, har bir talqinchi tekshirilayotgan, ya’nikim, qayta yaratilayottan badiiy asardan o‘z imkoniga yarasha va nazari ilg‘agan narsani ko‘radi. Bu hol ba’zan talqin qilinayotgan asar mazmunining muallif nazarda tutganidan boshqacharoq anglanishi va talqin qilinishiga olib kelgan. Natijada asl matn va asl badiiy-g‘oyaviy niyatdan uzoqlashilgan. Shunday bo‘lmasligi uchun ham interpretatsiyada talqinchining o‘z dunyoqarashi, mayl va istaklari minimal darajada bo‘lishi kerak deb qaraladi. Talqinchi uchun o‘rganilayotgan ba’diiy asarning dastlabki mazmunini topib olib aslidagiday talqin etish muhim hisoblanishi zarur. Buning uchun interpretator bugundan uzilib, tendensiozlik qilmasdan to‘lig‘icha asar yaratilgan davr va muallif holatiga «ko‘chib» o‘tib, asarning ichiga kirgan holda uning sirgdan ko‘zgatashlanib turmaydigan yashirin ma’nolarini topishga urinishi kerak bo‘ladi. Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, matnning birlamchi mazmunini aniqlash va undan uzoqlashib ketmaslik muhim bulgani sababli tekshirilayotgan matnning nafis san’at asari ekanidan ko‘ra, undan kelib chiqadigan ijtimoiy-ruhoniy ma’noga asosiy e’tibor berilgan. Negaki, interpretatorning diqqat markazida adabiy matnda dastlab nima hakda gap borganini anglash va qayta yaratish turgan. Shu tariqa interpretatsiyada tekshirilayotgan matnga u yaratilgan davr talabidan kelib chiqib yondashish va muallif aytmoqchi bo‘lgan asl fikrni aniqlash birlamchi vazifa deb qaraladi. Adabiyotshunoslik tajribasida adabiy asarning tushunilish bosqich va darajalaridan kelib chiqqan holda birlamchi yoki o‘qirman interpretatsiyasi, ikkipamchi yoki ilmii interpretatsiya hamda badiiy (obrazli-ijodiy) yoki uchlamchi interpretatsiya singari interpretatsiya turlari borligi ham ma’lum. Birlamchi interpretatsiya o‘qirmanning badiiy asar bilan tanishganda olgan ilk taassurot va tushunchalariga asoslanadi va u kitobxonda ko‘pincha taassurot, kechinma, hissiyot, kayfi- yat holida bo‘lib, hamisha ham mantiqiy sillogizmlar sifatida shakllanavermaydi. Sinchi o‘zining o‘qirmanlik mahorotlari bo‘lmish birlamchi interpretatsiyani aniq mantiqiy tushunchaviy ifoda shakliga soladi va ularni tahlil yordamida asoslab tekshirib ko‘radi, natijada haqiqatlikni da’vo qilish huquqiga ega hamda faktik, mantiqiy va hissiy isbot talab qilinadigan ikkilamchi, ya’ni ilmiy interpretatsiya yuzaga keladi. Uchlamchi yoki badiiy interpretatsiya adabiy asarni boshqa san’atlar tiliga ag‘darish demakdir. Boshqacha aytganda, badiiy interpretatsiya adabiy asarning butunlay boj san’at turi sifatida qayta yaratilishidan iboratdir. Oldiniga adabiy asarning asl mazmunini to‘g‘ri tushunish uchun interpretatsiya qilingan. Talqinning to‘g‘riligi aniqligi badiiy iste’molchilarning doimiy diqqat markazida turganligi interpretatorlarning yondashuvlari haqligi borasida hamishalik bahs hamda tanqidiy qarashlarni keltirib chiqargan. Ko‘rinadiki, interpretatsiya kechimi uchun ma’rifiy, ya’ni bilish vazifasi birlamchi ahamiyatga ega va uni talqinning boshqa biror funksiyasi bilan tenglashtirib almashtirib ham bo‘lmaydi. Demak, interpretatsiyada retsipi yentning ongiga ta’sir ko‘rsatish ustuvor maqomda bo‘ladi. Tekshirilayotgan matnni, hech bo‘lmasa, nazariy jihatdi aslidagiday talqin qilish mumkinmi yoki yo‘qmi degan masalani interpretatsiya nazariyasi oldida turgan eng muhim va asosiy muammo deyish mumkin. Adekvatlik deganda tekshirilayotgan ob’ekt to‘g‘risida muayyan darajada izohlash quvvatiga ega bo‘lgan xolis va ishonchli bilimga egalik ko‘zda tutiladi. Interpretatsiyadagi asosiy qiyinchilik shundaki, muayyan badiiy mazmun badiiy bo‘lmagan tushunchaviy mantiqiy vositalar orqali ifodalanadi. Semiotika nuqtai nazaridan ekstralingvistik, ya’ni tilga doir hodisani tildan boshqa vosita bilan tarjima qilishning bir ko‘rinishi bo‘lgan bunday holatda ma’no buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslyaik imkonsizdir. Lekin interpretatsiyada semiotik xarakterdagi chetga chiqishlardan cho‘chimaslik kerak. Negaki, birinchidan halol, ayniqsa, talantli interpretator bunday chetga chiqishlarni minimal darajaga keltirishga intiladi va natijada ularning borligi ko‘pincha bilinmay ham ketadi. Juda muhim bo‘lgan ikkinchi jihat shundan iboratki, sodir bo‘layotgangan o‘zgarishlarning tabiati va yo‘nalishini bilib olgach ularni hisobga olib, interpretatsiyani tahrir etish mumkin Deylik, tushunchaviy tafakkur badiiy mazmunni mantiq qoliplariga solishga moyil ekanidan kelib chiqib, talqin etilayotgan asarning ruhi va bu ruhni ifodalagan vositalarga ustuvor diqqat qaratiladi. Shuningdek, talqinda ko‘pincha matnning badiiy g‘oyasini ko‘zga tashlanib turadigan yo‘sinda jo‘nlashtirishga intilish kuchli bo‘lishi ko‘zda tutilib, asardagi nozik belgilar, sirtdan bilinavermaydigan ziddiyatlarni izohlashga ko‘proq e’tibor qaratilishi mumkin. Bugun interpretatsiyaga badiiy butunlikni ilmiy vositalar bilan anglab yetish kechimi sifatida qarash yoyilgan. Shu o‘rinda adabiy asarni anglab yetish mumkinmi, ilm jiddiy yo‘qotishlarsiz bunga erisha oladimi qabilidagi savollarning paydo bo‘lishi tabiiydir. Rus adabiyotshunosi A. Bushmin «Adabiyot haqida fan» kitobida bu to‘g‘rida haqli ravishda: «Ilmiy shakl badiiy obrazni to‘la qamrab ololmaydi, undagi ma’nolar serqatlamligini to‘la ilgay bilmaydi, obraz uygotgan taassurotni ko‘zgay olmaydi. Agar shularni qilish mumkin bo‘lganda, san’atning keragi bo‘lmay qolardi. Boshka tomondan, agar badiiy obrazni ilmiy shaklda ifoda etish mutlaqo mumkin bo‘lmaganda, san’at to‘grisidagi fan dunyoga kelmagan ham bo‘lardi. Badiiy obrazni mantiqiy tushunchalarga aylan- tirish mumkin emas, ammounimantiqiy tushunchalar tiliga ag‘darish mumkin» deydi. Chindan ham o‘xshashlik, muvofiqlik bir xillik degani emas. Ilmiy interpretatsiyadan badiiy butunlikni uning hissiy to‘yintirilganligi, badiiy ta’sirchanligi, o‘ziga xos ishontirish quvvati kabi jihatlarini to‘lik saqlagan holda anglashni talab etish o‘xshashlikni emas, balki bir xillikni talab qilishdir. Ikki mustaqil hodisani bir xillishtirish istagi amalga oshuvi mumkin bo‘lmagan yumushdir. Aslida biror badiiy asarni uning asl mazmuniga muvofiq ilmiy talqin qilish interpretatsiya muammolari zanjirining birinchi halqasidir, xolos. Bu muammolarning eng o‘tkiri va asosiysi badiiy asarni har xil talqin qilish masalasidir. Ushbu muammo interpretatsiyalarning ko‘p va xilma-xilligi hamda shunga muvofiq talqin sifatining turfaligidan kelib chiqadi. Ayni bir adabiy asarning turli, hatto, bir-birini inkor etadigan darajadagi turfa bir necha interpretatsiyasi yuzaga kelsa, tabiiy ravishda bularning qaysi biri to‘g‘ri talqin degan masala ko‘tariladi. Muammoga yanada kengrok qaraladigan bo‘lsa, «Bitta badiiy asarning nechtagacha har xil, ammo har holda, mazmunga muvofiq talqini bo‘lishi mumkin va bu talqinlarning o‘zaro nisbatalari qanday bo‘ladi?» degan savol tug‘iladi. U yoki bu interpretatsiyaning badiiy asar mazmun-mohiyatiga adekvat yoki mos emasligini qay yo‘sinda aniqlash va isbotlash mumkin? Mumkin bo‘ladimi o‘zi? Poetika nazariyasining ulkan bilimdoni A.A.Potebnya ushbu chigallikni ko‘zda tutib yozadi: «Xuddi so‘z har bir ijodkorda aynan u ko‘zda tutgan ma’noni ifodalagani kabi poetik obraz ham har bir tushunuvchi tomonidan va har bir tushunilish vaziyatida qayta-qayta yangicha qabul etilaveradi... Shu singari biror badiiy butunlikni sharhlamoqchi bo‘lgan kishi ham asarning o‘sha vaqtdagi o‘z poetik yoxud ilmiy anglami va tushunchasi darajasidagi ko‘rinishini taqdim etadi». Demak, badiiy asarning turli kishilar tomonidan qilingan interpretatsiyasi turlicha bo‘lishiga, buning ustiga, bir kishi tomonidan turli vaqt va kayfiyatda qilingan ilmiy talqinlarda ham jiddiy farqlar bo‘lishi mumkinligiga ko‘nikilishi kerak bo‘ladi. Potebnyaning yuqoridagi fikri ham badiiy asarning interpretatsiyasi aslida birovning fikrini anglab yetishdangina emas, balki asardagi fikrga qay darajadadir bog‘liq bo‘lgan o‘z qarashlarini hosil qilishdan iboratligini ko‘rsatadi. Shuning uchun talqinning xilma-xilligi ko‘pchilik adabiyot tanuvchi va o‘qirmanlarda e’tiroz uyg‘otishi, ular: «Bu qanaqasi? Demak, «Alpomish» yoki «Farhod va Shirin,» degan asarlar bittadan yemas balki o‘qirman qancha bo‘lsa, ular ham o‘shancha ekanda?»- deya norozi bo‘lishlari mumkin. Bu savollarga hozirgi rus adabiyottanuvchiligining ham yetuk vakili bo‘lgan faylasuf Mixail Epshteynning biroz keskin, ammo umuman, to‘g‘ri bo‘lgan: «Interpretatsiya har qanday badiiy obrazning to‘ligicha ochiq va ko‘pma’noli ekaniga asoslangan hodisa bo‘lib, asar mohiyati to‘la anglab yetilishi uchun cheklanmagan miqdordagi, shu shumladan, noto‘gri va asossiz talqinlar ham bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutadi»,- degan qarashi javob bo‘lishi mumkin. Chindanda badiiy asar ham tirik odam kabi tinimsiz o‘zgarishlar ichidadir. Odam o‘z umrining turli davrlarida ayni bir narsa-hodisaga turlicha munosabat bildirishi tabiiy bo‘lganidek, badiiy asarni ham bir davrdagi turli kishilarning, shuningdek, turli davrlardagi turli odamlarning bir-biriga o‘xshamaydigan yo‘sinda talqin qilishlarini tabiiy qabul qilish kerak. Odamlar xilma-xil bo‘lgani holda ular orasida ko‘p umumiylik borligi singari badiiy asarlar qanchalik o‘ziga xos, ularning talqini neqadar turlicha bo‘lmasin, baribir, har qanday badiiy yaratiqni idrok etish va baholashning universal jihatlari mavjuddir. Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling