Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan testlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Badiiy asarga sotsiologik, funksional yondashuv deganda nimani tushunasiz. Qiyosiy metod bajargan vazifalar xususida so‘zlang. Badiiy asarni baholashda metodlar qanchalik muhim deb o‘ylaysiz. Badiiy asarni milliy-madaniy an’analar kontekstida o‘rganish qaysi metodga asoslanadi? Interperetatsoya usuli nima? Mavzu yuzasidan testlar 1. Sharq va Yevropa xalqlari orasida badiiy matnga yondashuv alohidalik kasb etib kelgan. Sharqda badiiy asarga yondashishda qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratilgan? A) Ko‘rkam asardan, birinchi navbatda, san’at, badiiyat qidirib kelingan B) Ma’no, mohiyat masalasiga ko‘proq e’tibor qaratilgan C) Badiiy asar jamiyatga nima berdi, kelgusida nima bera oladi, kabi nuqtayi nazardan yondashilgan D) Gul, bulbul, oshiq, ma’shuqa, agyor, hijron kabi an’anaviy timsollar tizimiga e’tibor qaratilgan. 2. Badiiy matnni o‘rganish, tekshirishning hermenevtika va interpretatsiya kabi yo‘nalishlari dastlab qaerda paydo bo‘ldi? A) Yunoniston va Rimda B) Fransiya va Italiyada C) Germaniya va Angliyada D) Sharq mamlakatlarida 3. “Eksegetika” so‘zining ma’nosi haqidagi hukmni noto‘g‘risini toping? A) “Eksegetika” so‘zi hermenevtikaning yunoncha tarjimadagi so‘zi, “tushuntiraman” degan ma’noni bildiradi B) Antik zamondayoq diniy bitiklar bilan birga eski adabiy qo‘lyozmalar ham eksegiz qilingan, C) Qadim Yunonistonda muqaddas kitoblarning shu xildagi tafsiri jarayoni «eksegetika» deb atalgan D) Bu bilan ekseget qilingan ma’no tafsirchining shaxsiy-sub’ektiv fikri emas, balki matnning o‘zidan ob’ektiv tarzda kelib chiqqan qarash bo‘lgan. 4. ..... badiiy asarni talqin qilish, uning g‘oyasi, ma’nosi yoki konsepsiyasini anglab yetishga, asar mazmunini qayta yaratishga qaratilgan faoliyatni bildirgan. A) Interpretatsiya B) Hermenevtika C) Strukturalizm D) Biografik metod 5. Hozirga kelib, badiiy mazmunni interpretatsiya qilish, ya’ni qayta yaratish asosan uch yo‘l bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ularning uchinchi yo‘li qanday nomlanadi? A) badiiy interpretatsiya deyilib, adabiy matn mazmunini san’atning rangtasvir, teatr, kino, opera, raqs, musiqa singari turlaridan biriga aylantirib interpretatsiya qilishni anglatadi. B) biror badiiy asarni ilmiy tadqiq etishni ko‘zda tutib, mantiqiy-tushunchaviy interpretatsiya deyiladi va bitikni adabiyotshunoslik yoki adabiy sinchilik asari tarzida qayta yaratishni anglatadi. C) liriko-publitsistik interpretatsiya bo‘lib, biror ko‘rkam asar matnini hissiyot qorishiqligida esse shaklida qayta yaratishni bildiradi. D) Liro epic asarlarni shakl va mazmuniga qarab emas balki, g‘oyaviy jihatlariga qarab ajratishga qaratiladi. 6. Biografik metod haqidagi hukmni noto‘g‘risini toping. A) Asar yaratilgan joy, muallif shaxsiyati, hisobga olinmaydi, faqat badiiy matn asosiy o‘rin egallaydi. B) badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o’rganishni nazarda tutadi. C) Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o’rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi D) biografik metod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. 7. «Xuddi so‘z har bir ijodkorda aynan u ko‘zda tutgan ma’noni ifodalagani kabi poetik obraz ham har bir tushunuvchi tomonidan va har bir tushunilish vaziyatida qayta-qayta yangicha qabul etilaveradi... Shu singari biror badiiy butunlikni sharhlamoqchi bo‘lgan kishi ham asarning o‘sha vaqtdagi o‘z poetik yoxud ilmiy anglami va tushunchasi darajasidagi ko‘rinishini taqdim etadi». Fikr muallifini toping. A) A.A.Potebnya B) V.Belinskiy C) N.Cherneshevvskiy D) Bartold 8. Ijodiy-genetik metod haqidagi hukmni noto‘g‘risini toping. uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va hokazolarni chuqur tadqiq etishini, konkret faktlar asosida uning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. A) Mazkur metod badiiy asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. B) biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo'llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishni maqsad qiladi. C) Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish yolini kuzatish imkonini beradi. D) Mazkur metod adabiyotshunosning biografik materiallar bilan birga o'rganilayotgan asar qoralamalarini o‘rganadi. 9. Konkret asarni o'tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan qiyosan tadqiq etish… A) Qiyosiy metod deyiladi B) Biografik metod deyiladi C) Taraixiy-madaniy metod deyiladi D) Hermenevtik metod deyiladi 10. Stilistik tahlil metodi haqida hukmning to‘g‘risini toping.. A) Ko‘proq matnning til xususiyatlarida namoyon bo‘luvchi ijodkor uslubiy o‘ziga xosligini o‘rganishni maqsad qiladi B) Nisbatan yangi hisoblanuvchi stilistik tahlil asardagi badiiy obrazlarga belgi sifatida qaragan holda ularning ma’no qirralarini ochib berishni maqsad qiladi. C) Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish yolini kuzatish imkonini beradi. D) Mazkur metod badiiy asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling