Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan test namunalari
Nazorat uchun savollar:
30-yillar tanqidchiligidagi g’oya va obrazlar mushtarakligi masalasiga doir maqolalarni tahlil qiling. Olim Sharafiddinov maqolalarining ustuvor yo’nalishlari haqida hikoya qiling. 30-yillardagi adabiy-tanqidiy jurnallar faoliyati. Oybekning «Abdulla Qodiriy ijodi» risolasining tahlili. Urush davri adabiy tanqidchiligining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Oybekning «Navoiy» romani haqidagi maqolalariga munosabat bildiring. 50-yillar adabiy tanqidchiligida zamonaviylik masalalari. S.Azimov va A. Olimjon maqolalarining tahlili. Zulfiya ijodi haqidagi adabiy-tanqidiy maqolalarni tahlil qiling. I.Sulton, H. Yoqubov, H. Abdusamatov, M. Qo’shjonov maqolalari haqida fikr mulohazalar bildiring. Mavzu yuzasidan test namunalari 1. H.Olimjon, Oybek, I.Sultonovlarning “O’zbek xalqining adabiyoti”, “O’zbek adabiyoti”, “Katta imtihon” singari maqolalarida bir tomondan, o’zbek adabiyotining 25 yil ichida bosib o’tgan yo’liga qisqacha yakun yasaldi, ikkinchi tomondan esa...... A) o’zbek adabiyotining urush davridagi ahvoli tahlil qilib berildi B) o‘zbek adabiyotining 30 yillar qatog‘oni tahlil qilib berildi C) Vulgar sotsiologim haqidagi tushunchalar kun tartibiga chiqa boshladi D) O‘zbek adabiyotining bosib o‘tilgan yillari tanqidiy o‘rganildi 2. Uyg’unning H.Olimjon ijodi haqidagi maqolasini ko‘rsating. A) “Shodlik va baxt kuychisi” B) ”Davr qahramoni, H.Olimjon” C) “O‘zbekiston she’ri haqida” D) “Men o‘zbek xalqi nomidan gapiraman” 3. H.Olimjon qaysi maqolasida shu adabiyotning asosiy xususiyatlaridan tashqari, uning avvalgi bosqichlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos belgilarini ham ko’rsatib bergan edi?. A) “O’zbek xalqining adabiyoti” B) ”Qilich va qalam bilan” C) “Shodlik va baxt kuychisi” D) “Men o‘zbek xalqi nomidan gapiraman” 4. “Bu asar, - degan edi ..., - o’zbek xalqi tarixida o’lmaydigan roman bo’lishi bilan bir qatorda yirik siyosiy hujjat hamdir”. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying. A) Izzat Sulton B) Bertels C) M.Shayxzoda D) A.Sa’diy 5. Urush yillarining o‘ziga xos xususiyatlaridan asosiysini toping. A) Tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga ko’tarildi. B) Ko‘plab yangi asarlar yozildi, ularga o‘z vaqtida munosabat bildirildi C) A.Navoiy haqida ko‘plab adabiy-tanqidiy maqolalar matbuotda ko‘rina boshladi. D) Professional tanqidchilik tug‘ildi va rivojlanish bosqichiga chiqdi. 6.: “She’rda shoiraning o’z sevgisidan judo bo’lganligi kuylanadi. Unga qiyin. U bahorni yolg’iz o’zi qarshilaydi. Lekin bu she’rda juda katta hayotiy kuch bor. She’rni o’qigan kishi o’zini kuchsiz va alamli his etmaydi, aksincha, bardam his etadi”. Fikr muallifini ko‘rsating A) Vera Inber Zulfiyaning “Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri haqida B) I.Sulton ”O‘rik shoxlarida seni ko‘raman” maqolasida C) Vera Inber S.Zunnunovaning ”Qizingiz yozdi” asari haqida. D) S.Azimov Zulfiyaxonim haqida xotiralarida 7. 50-yillarda dramaturgiya sohasidagi qoloqlik va kamchiliklarni tugatish borasida katta ishlar qilindi. Bu ishlarning boshida kimlar turgan edi? A) T.Sobirov, H.Abdusamatovlar B) I.Sulton, S.Azimovlar C) Oybek, H.Yoqubovlar D) H.Abdusamatov, O.Tog‘ayev 8. X.Abdusamatovning “Dramaturgiyada hayotni haqqoniy aks ettirish masalasiga doir” maqolasi kimga bag‘ishlangan A) Abdulla Qahhorga B) Uyg‘unga C) Izzat Sultonga D) Cho’lpon dramalariga 9. 1950 yillarida bolalar adabiyotiga alohida e’tibor bergan munaqqidlardan bo’ldi. To‘g‘ri javobni belgilang A) Berdali Imomov B) X.Abdusamatov C) Izzat Sulton D) A.Sobirov 10. Alisher Navoiyning 500 yillik yubeleyi qachon nishonlangan? A) 1948 B) 1945 C) 1947 D) 1941 Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling