Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 372.25 Kb.
bet30/61
Sana23.04.2023
Hajmi372.25 Kb.
#1385958
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.O.Sharafiddinov adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishi haqida nimalarni bilasiz?
2.Tanqidchining o‘ziga xos uslubi nimada namoyon bo‘lgan?
3.Munaqqidning cho‘lponshunoslikka qo‘shgan hissasi haqida gapiring.
4.”Zamon.Qalb.Poeziya" kitobining ahamiyati nimada ko‘rinadi.
3.O.Sharafiddinov yaratgan adabiy portretlar va ularning o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?
b.Tanqidchining adabiy tanqidga oid qarashlarini izohlang.
7.O.Sharafiddnovning A.Qahhor ijodini o‘rganishdagi hissasi nimalar bilan belgilanadi?
8. Munaqqidning modernizm haqidagi maqolasini sharxlang.


Mavzu yuzasidan testlar
1. 2000 yilda "Iste’dod va e’tiqod" nomli yangi adabiy portretini e’lon qildi. U kim haqida?
A) O.Sharafiddinov
B) M.Qo‘shjonov
C) I.G‘afurov
D) N.Komilov
2. O.Sharafiddinovni adabiy jamoatchilikka ilk bor tanitgan jiddiy va salmoqli ishi qaysi?
A) "Lirika haqida mulohazalar" maqolasidir.
B) “Haqiqatga sadoqat” to‘plami
C) “Cho‘lponni anglash” maqolasi
D) “Ijodni anglash baxti” kitobi
3. Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) O.Sharafiddinov nasrdagi badiiylik masalalariga ilk bor diqqat qaratdi. M.Shayxzoda, Mirtemir kabi yozuvchilarning asarlari badiiyati haqida portret yaratdi.
B) poeziyadagi badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil ko‘tarib chiqishida ko‘rinadi
C) she’riyatdagi badiiylik muammolarini yangicha ilmiy-nazariy fikrlar va qarashlar bilan boyitishda namoyon bo‘ldi.
D) U san’atkor har qancha ijodiy muammolarni ko‘tarmasin va yoritmasin, asar chinakam badiiylikdan mahrum bo‘lsa, u ta’sir kuchiga ega bo‘lolmaydi degan qarashda muqim turdi.
4. O‘zbek nazmida yuz berayotgan ijodiy o‘zgarishlar Ozod Sharafiddinovning … deb nomlangan ilmiy kashfiyotlarga boy, o‘zbek she’riyatining kechagi kuni va bugunidagi yutuq, kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida o‘z ifodasini topdi. Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri javob bilan to‘ldiring
A) “Zamon. Qalb. Poeziya"
B) “Lirika haqida mulohazalar"
C) “She’riyatning dolzarb muammolari”
D) “Cho‘lponni anglash”
5. “Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari qoch” nomli taqrizlari badiiylik masalasida mualliflar yo‘l qo‘ygan kamchiliklar, ayamay, keskin fosh etildi. Bu taqrizlar adabiy jarayonga, yozuvchilar va tanqidchilarga faol ta’sir ko‘rsatish kuchi bilan XX asr so‘nggi choragidagi o‘zbek tanqidida prinsipial ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu taqrizda tanqidga uchramagan yozuvchini ko‘rsating
A) O.Yoqubov
B) I.Rahim
C) O‘.Umarbekov
D) B.Boyqobilov
6. O.Sharafiddinovning adabiy portretlarida ayrim kamchiliklar uchraydi. Ular qaysi yozuvchi, shoir haqidagi portlarida?
A) S.Ayniy haqidagi
B) A.Qahhor haqidagi
C) A.Muxtor haqidagi
D) A.Oripov haqidagi
7. O.Sharafiddinovning “Yalovbardorlar” kitobiga bildirilgan noto‘g‘ri javobni toping.
A) Bu kitobda badiiylik masalasida mualliflar yo‘l qo‘ygan kamchiliklar, ayamay, keskin fosh etildi.
B) Bu kitob orqali tanqidchilikning tarixiy-biografik yo‘nalishi rivojiga ham munosib ulush qo‘shdi.
C) Kitobdagi mashhur yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalarda ba’zan davrining siyosiy va mafkuraviy ruhi sezilib turadi.
D) Bu kitob adiblarning umumjahon madaniy-adabiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini yoritilishi jihatidan qimmatlidir.
8. O.Sharafiddinovning Cho‘lpon ruhida yozilgan maqolalarini ko‘rsating.
A) “She’r ko‘p, shoir-chi?", "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi", "Haqiqatga sadoqat”
B) ) “Zamon. Qalb. Poeziya", “Lirika haqida mulohazalar", “Cho‘lponni anglash”
C) “Yalovbardorlar”, “Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari qoch”, “Ijodni anglash baxti”
D) “Abdulla Qahhor”, "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi",“Zamon. Qalb. Poeziya"
9. ... nomli iqrornoma-maqolasi XX asr oxirida insoniyat tarixida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlarning sabab va oqibatlari haqida teran tasavvur beruvchi jahon publitsistikasining eng sara namunalari qatorida turadi. Nuqtalar o‘rniga kerakli javobni qo‘ying.
A) “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim?”
B) “She’r ko‘p, shoir-chi?",
C) “Ijodni anglash baxti”
D) “Davondagi o‘ylar”
10. Ularning ko‘pchiligi hasbi hol xarakteriga ega. Mustabid tuzum asoratlaridan dadil voz kechib, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini yangicha qayta idrok etish, tahlil va talqin qilish, qolaversa, umuman, badiiy ijodni, ijodkor shaxsini, inson zotini sho‘ro davrida shakllangan andozalardan xoli, umumbashariy mezonlarda turib, chin insoniy, ilmiy anglash uning yangi bosqichdagi adabiy-tanqidiy ishlariga xos muhim xislatlardir” , - bu fikr kimga tegishli va kim haqida?
A) U.Normatovga O.Sharafiddinov haqida
B) O.Sharafiddinovga B.Nazarov haqida
C) Ibrohim G‘afurovga O.Sharafiddinov haqida
D) H.Boltaboyevga M.Qo‘shjonov haqida

Download 372.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling