Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги
-Mavzu: Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o’zbek
Download 372.25 Kb.
|
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfliktsizlik nazariyasi” va uning oqibatlari “Vulgar sotsiologizm” atrofidagi bahslar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
8-Mavzu: Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o’zbek
tanqidchiligi muammolari. Reja: 40-50 yillar adabiy tanqidchilik taraqqiyoti jarayoniga umumiy nazar Davr adabiy muhiti va adabiy tanqidchilik “Konfliktsizlik nazariyasi” va uning oqibatlari “Vulgar sotsiologizm” atrofidagi bahslar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи (X-X1X асрлар). T.: Ўзбекистон, 1993. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012 Расулов А. Танқид, тадқин, баҳолаш. T.: Фан, 2006 Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т. TURON-IQBOL. 2011 Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур.Т. Akademnashr. 2014. Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yana ham rivojlandi. Fanlar Akademiyasining tarix, jahon adabiyoti, sharqshunoslik institutlari va boshqa bir qator ilmiy-madaniy markazlarning evakuasiya qilinishi bu jonlanishga sabab bo’ldi. Evakuasiya etilgan rus olimlari bu yillarda respublikamizdagi fan rivojiga, ayniqsa, filologiya va sharqshunoslik fanlari rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdilar. O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi. O’zbek tanqidchiligi urush yillarida o’zining hozirjavoblik va jangovarligi bilan ajralib turdi. Badiiy asarlar peshma-pesh, tezkorlik bilan tahlil etildi, tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga ko’tarildi. O’zbek tanqidchiligi ham davr va hayot sinovlaridan o’tib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi. Xalqimizning vatanparvarlik, qahramonlik tuyg’ularini toblashda adabiy tanqid o’zining munosib ulushini qo’shdi. Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yana ham rivojlandi. Fanlar Akademiyasining tarix, jahon adabiyoti, sharqshunoslik institutlari va boshqa bir qator ilmiy-madaniy markazlarning evakuatsiya qilinishi bu jonlanishga sabab bo’ldi. Evakuatsiya etilgan rus olimlari bu yillarda respublikamizdagi fan rivojiga, ayniqsa, filologiya va sharqshunoslik fanlari rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdilar. O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi. S.Jo’ra, K.Imomov, P.Tursun, M.Boboyev, N.Safarov, Z.Fatxullin, I.Rahim, A.Rahmat, M.Muhamedov, M.Ismoiliy, Shuhrat, A.Udalov, V.Kostirya, I.Muslim, Nazarmat, Akbariy va boshqa o’nlab adiblar harakatdagi armiya safida bo’ldilar. Oybekning “Quyosh qoraymas” romanidan parchalar e’lon qilindi. G’.G’ulomning “Sen yetim emassan”, “Men yahudiy”, “Sog’inish”, H.Olimjonning “Rossiya”, “Qo’linga qurol ol”, “Roksananing ko’z yoshlari”, Abdulla Qahhorning “Xotinlar”, “Asror bobo”, Oybekning “Navoiy” asarlari, Yashinning “O’lim bosqinchilarga”, Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi”, H.Olimjonning “Muqanna”, Oybekning “Mahmud Tarobiy”, I.Sultonovning “Burgutning parvozi” singari dramalari bu davrda sahnaga qo’yilib, faqat urush davri o’zbek adabiyoti emas, umuman, o’zbek adabiyoti tarixidan mustahkam o’rin egalladi. Oydinning “Qizlarjon”, “Shirin keldi” hikoyalari to’plami, Oybekning “Xalq-qahramon”, S.Ahmadning “Farhod tog’ining etaklarida”, Oydinning “Mening qahramonim”, P.Tursunning “Oq oltin” ocherklarida davrning konkret qahramonlari qiyofasi aks ettirildi. Urush davri taqozasi bilan matbuotda adabiy tanqid uchun avvalgidan ancha kam joy ajratilsa ham, bu kamchilik og’zaki muhokamalar va munozaralar bilan bir darajada to’ldirildi. Bu davrda professional tanqidchilar bilan bir qatorda adabiy tanqid bilan san’atkorlarning o’zlari ham shug’ullandilar. Uyg’un H.Olimjon ijodi haqida “Shodlik va baxt kuychisi” nomli maqola yozdi. O’zbek tanqidchiligi urush yillarida badiiy adabiyotda o’zining chuqur ifodasini topgan xalqlar do’stligi masalasiga alohida e’tibor bilan qaradi. 30-yillarda badiiy asarlar tahlil qilinar ekan, baxt tushunchasi Vatan farovonligi, ozod va baxtiyor mehnat talqin etilgan bo’lsa, urush davriga kelib bular yoniga Vatan ozodligi, fashizmni tor-mor qilish masalalari ham kelib qo’shildi. 1943 yilning dekabrida Moskvada o’zbek adabiyoti va san’ati kunlari bo’lib o’tdi. Dekada o’zbek tanqidchiligida ham munosib iz qoldirdi. H.Olimjon, Oybek, I.Sultonovlarning “O’zbek xalqining adabiyoti”, “O’zbek adabiyoti”, “Katta imtihon” singari maqolalarida bir tomondan, o’zbek adabiyotining 25 yil ichida bosib o’tgan yo’liga qisqacha yakun yasaldi, ikkinchi tomondan, o’zbek adabiyotining urush davridagi ahvoli tahlil qilib berildi. I.Sulton “Katta imtihon” maqolasida “...poeziyamiz bu davrda jiddiy yutuqlarga erishdi; o’z taraqqiyotida birdaniga bir necha pog’ona yuqori ko’tarildi” deb yozgan edi. (I.Sulton. Pyesalar, maqolalar. T., 1959. 168-bet). H.Olimjon “O’zbek xalqining adabiyoti” maqolasida shu adabiyotning asosiy xususiyatlaridan tashqari, uning avvalgi bosqichlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos belgilarini ham ko’rsatib berdi. Bu davr o’zbek adabiyoti rivoji avvalgi bosqichdan farqli o’laroq “Epik qahramonlar obrazini yaratish”da namoyon bo’lmoqda, der ekan u “Burgutning parvozi”, “O’lim bosqinchilarga”, “Mahmud Torobiy”, “Jaloliddin”, “O’zbekiston qilichi” kabi asarlar asosida haqli xulosa chiqargan edi. Uyg’unning “Qilich va qalam bilan” nomli maqolasida urush davri tanqidchiligi uchun eng xarakterli xususiyat - kuchli publisistik ruh ajralib turadi. M.Shayxzodaning “O’zbekiston qilichi” dramasi haqida” (Qizil O’zbekiston, 1942. 7 may) maqolasi “O’zbekiston qilichi” dramasiga yozilgan taqriz edi. N.Pogodin, S.Abdulla, Uyg’un, H.Olimjonning “O’zbekiston” qilichi” 1942 yilda e’lon qilindi. “O’zbekiston qilichi”da Yunus ota o’g’li Arslonga o’zi yasagan qilichini tutqazib jangga kuzatadi. Jangda qo’rqoqlik qilgan Toshmatni Arslon otishga buyuradi. Farzandi nobakorligidan aziyat chekkan Odil ota o’g’li o’rnini bosish uchun jangga otlanadi... Oybekning “Navoiy” romaniga tanqidchilik katta baho berdi. Ye.E.Bertels, M.Shayxzoda, I.Sultonlar 1945 yil fevralida O’zbekiston Yozuvchilar soyuzida muhokamada “Navoiy” romaniga munosabat bildirdilar. “Bu asar,-degan edi I.Sulton,-o’zbek xalqi tarixida o’lmaydigan roman bo’lishi bilan bir qatorda yirik siyosiy hujjat hamdir”. (“Qizil O’zbekiston” 1945. 11 fevral). M.Shayxzoda “Tirik Alisher” degan maqola yozgan edi. Hodi Zarifovning “O’zbek folklorida qahramonlik va vatanparvarlik” maqolasida folklor namunalarini chuqur tadqiqot etdi. Xulosa qilib aytganda o’zbek tanqidchiligi urush yillarida o’zining hozirjavoblik va jangovarligi bilan ajralib turdi. Badiiy asarlar peshma-pesh, tezkorlik bilan tahlil etildi, tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga ko’tarildi. O’zbek tanqidchiligi ham davr va hayot sinovlaridan o’tib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi. Xalqimizning vatanparvarlik, qahramonlik tuyg’ularini toblashda adabiy tanqid o’zining munosib ulushini qo’shdi. 50-yillar adabiy tanqidchiligida yozuvchilar e’tiborini zamonaviylik masalalariga jalb etuvchi jiddiy fikrlar ham aytila boshlandi. Masalan, 40-yillarning oxirida yozilgan (“Sh.Yu.”, 1946, 7-8) bir tanqidiy maqolada respublikamiz hayotining bunyodkor ko’rinishlari o’zining har taraflama chuqur va haqqoniy ifodasini topayotgani yo’q ekanligi ta’kidlandi “bizning qariyb hamma shoirlarimiz o’z she’rlarida O’zbekistonni jannatga, bog’i Eramga o’xshatadilar, O’zbekiston boy, farovon, obod, deb qayta-qayta takrorlanadi”. Holbuki, davrni, zamonni, haqiqiy O’zbekistonning qiyofasini, uning buyuk qurilishlaridagi kurashlarni tasvirlash kerak, bu birinchidan asarning g’oyaviyligi uchun kurash degan gap edi, bu fikrlarda adabiyotimizda uch berib kelayotgan konfliktsizlikni tanqid qilish yotadi... 50-yillar o’zbek adabiy tanqidchiligi shoirlarimizni umumiylikdan qochishga da’vat etdi va asar g’oyasining aniq va konkretligi, obraz va xarakterlarning haqqoniyligi uchun kurashdi. 50-yillar o’zbek tanqidchiligining ilg’or vakillari ijodida yana bir muhim xususiyat ko’zga tashlandi. Endi badiiy tanqidchilarimiz badiiy asarning g’oyasi asar tuzilishidagi boshqa barcha komponentlar bilan aloqadorlikda o’rgana boshladi. Bu masalan, S.Azimovning H.Olimjon ijodiga bag’ishlangan turkum maqolalarida ko’rina boshladi. S.Azimovning “Sh.Yu.” jurnalining 1954 yil 9-sonida e’lon qilingan H.Olimjon haqidagi maqolasida bu ulkan shoir mahoratini, uning g’oyaviy-badiiy konsepsiyasini atroflicha yoritishda o’zbek adabiyotshunosligining jiddiy yutuqlaridan biri bo’ldi. Ayniqsa, Zaynab obrazining prototipli ekanligi, lekin bu obraz badiiy tip darajasiga ko’tarilganligi eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash zo’r mahorat bilan qo’yilganligini ta’kidlagan edi. “Asarning g’oyaviy mazmuniga mos badiiy forma, asar qahramonlarining ruhiga mos badiiy vositalar topa olganligini tanqidchi yaxshi bayon etib beradi. 40-yillarning oxiri 50-yillar badiiy tanqidchiligi tarixida munaqqid Abdulla Qahhorning ijodi alohida ajralib turadi. Uning “Og’riq tishlar” va “Yangi yer” sahna asarlariga yozgan taqrizlari, R.Bobojonning “Qadrdon do’stlar” S.Zunnunovaning “Qizingiz yozdi”, Mirmuhsinning “Yashil qishloq”, Shukrulloning “Chollar”, O.Yoqubovning “Chin muhabbat” nomli asarlari va to’plamlariga bag’ishlangan maqolalari alohida ajralib turadi. 50-yillar adabiy tanqidchiligida muammoli xarakterdagi maqolalar yozish ham o’sha davr adabiy tanqidchiligining muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Masalan, Abdulla Qahhor “Oybek romanlarida ijobiy qahramon obrazi» mavzuida muammoli maqola yozdi. A.Qahhorning mazkur maqolalarida partiyaning 1946-1948 yillarda e’lon qilingan adabiyotning g’oyaviyligini yanada yuqoriga ko’tarish tadbirlari o’z ifodasini topdi. 50-yillar boshlarida ayrim shoirlar ijodidagi ko’zga tashlanuvchi ma’yuslik motivlari ba’zan g’oyasizlik va tushkunlikda ayblandi. Bu kamchilik 50-yillarning o’rtalariga kelib bartaraf etildi. O’zbekiston Yozuvchilari III syezdi (1954) bo’lib o’tdi. Vera Inber Zulfiyaning “Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri haqida: “She’rda shoiraning o’z sevgisidan judo bo’lganligi kuylanadi. Unga qiyin. U bahorni yolg’iz o’zi qarshilaydi. Lekin bu she’rda juda katta hayotiy kuch bor. She’rni o’qigan kishi o’zini kuchsiz va alamli his etmaydi, aksincha, bardam his etadi (“Sh.Yu.”, 1954, 9, 56-bet). “Chindan ham yaxshi lirik she’rda qayg’uni sosializm uchun ishlatish mumkin”. Qanday qilib, axir, qayg’u-hasratni kuylash bizning adabiyot uchun yot emasmi? Yo’q, yot emas. Hamma gap qayg’uning qanday maqsadlar nuqtai nazaridan kuylanishida, uning nafasini qanday g’oyaviy niyat tashkil etishidadir. G’oya, mazmun va pafosning o’zaro munosabati masalasi 50-yillarning oxirida o’rganila boshlanib, 60-70-yillarda chuqur ishlandi. Bu sohada I.Sulton, O’.Yoqubov, M. Qo’shjonov va I.G’afurovlar katta ish qildilar (M. 1977 yilda H.Yoqubovning “Pafos jilolari” maqolasi e’lon qilindi. I.Sulton, O’.Yoqubov, H.Abdusamatov, S.Azimovlarning tadqiqotlarida ijodkorlarning g’oyaviy-badiiy evolyusiyasini kuzatishga jiddiy e’tibor berildi. 50-yillarning o’rtalarida o’zbek tanqidchiligiga M.Qo’shjonov, L.Qayumov, O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, T.Sobirov, X.Abdusamatov, B.Imomov kabi yangi guruh adabiy tanqidchilar kelib qo’shildi. Ular urushdan keyingi davrda tanilgan S.Azimov, S.Qosimov, M.Yunusov, O’.Ubaydullayev va boshqa tanqidchilar bilan hamkorlikda qator nazariy va amaliy muammolarni ishlab chiqdilar. 50-yillarda dramaturgiya sohasidagi qoloqlik va kamchiliklarni tugatish borasida katta ishlar qilindi. T.Sobirov, H.Abdusamatovlar dramaturgiya sohasida katta-katta maqolalar yozdilar. Masalan,T.Sobirov o’zining “Konfliktsiz dramaturgiya nazariyasi”ga qarshi” (1953) nomli maqolasida adabiyotimizning muayyan bosqichida salbiy iz qoldirgan bu “nazariya”ni keskin fosh etib chiqdi, shu masala nuqtai nazaridan kamchilikka yo’l qo’ygan asarlarni dadil tanqid qildi. Dramaturgiyani keskin hayotiy konfliktlar asosiga qurilgan asarlar yaratishga chaqirdi. Hayot haqiqatini tasvirlashga jiddiy to’qnashuvlar zamirida ochila boruvchi qahramonlar xarakterini ko’rsatish bilangina erishish mumkinligini ta’kidladi. U.S.Abdullaning “Muqimiy”, Is’hoq O’ktamovning “Kechirilmas gunohlar”, Tuyg’unning “Hikmat” dramalari haqida ham maqolalar yozdi. H.Abdusamatov proza taraqqiyotini, o’zbek dramaturgiyasini o’rganish, o’zbek satirasining taraqqiyot yo’llarini o’rganish borasida ko’plab maqolalar yozdi. Masalan, uning Abdulla Qahhor ijodi haqidagi “Dramaturgiyada hayotni haqqoniy aks ettirish masalasiga doir” (1956) nomli umumlashma xarakterdagi maqolalari ibratli bo’ldi. Uning “Uyg’un-dramaturg” (1956) asari ham qoniqish bilan o’qiladi. 50-yillarning avvalidan o’zbek tanqidchiligida faol ishtirok eta boshlagan yangi avlod vakillaridan biri Berdiali Imomov edi. U bolalar adabiyotiga alohida e’tibor bergan munaqqidlardan bo’ldi. Agar 1950-1956 yillar oralig’idagi adabiy jarayonga nazar tashlasak, uning Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Mirmuhsin, Yo.Shukurov, A.Rahmat, J.Abdullaxonovning bolalarga bag’ishlangan asarlari haqida ko’plab maqolalar e’lon qildirdi. V.Zohidov Sharq klassik adabiyoti haqida, rus va jahon adabiyoti haqida, A.Navoiy ijodi haqida ko’plab asarlar yaratdi. Download 372.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling