Qarshi xalqaro universiteti


Download 251.66 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi251.66 Kb.
#1641473
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Adabiyotshunoslik 2022


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI XALQARO UNIVERSITETI

TASDIQLAYMAN”


____________ A.N.Yakubov
2022___ yil “__”__________


ADABIYOTSHUNOSLIK FANINING O'QUV DASTURI

Bilim sohasi:

100 000

- Ta'lim




200 000

-San'at va gumanitar fanlar

Ta'lim sohasi:

110 000

- Ta'lim




230 000

- Tillar

Ta'lim yo`nalishlari:

60111800

- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

60230100 - Filologiya va tillami o'qitish (roman­ german tillari)




Fan/modul kodi
AD12804

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3

Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy

Taʼlim tili
O‘zbek/rus




1.



Fanning nomi

Аuditoriya mashgʼulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami
(soat)




Adabiyotshunoslik

60

60

120




















2.

I. Fanning mazmuni


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga adabiyotshunoslikning asosiy yo‘nalishlari, badiiy asarning tarkibiy qismlari, adabiy maktablar, til, mohiyat va interpretatsiya, poetika va ritorika, adabiy tur va janrlar haqida bilim berish.
Fanning vazifasi – adabiyot va ijtimoiy hayot, ijodiy metod va uslublar, ijodkor uslubi, badiiy obraz, adabiy qahramon, badiiy sanʼatlar va hozirgi adabiy jarayonlar bo‘yicha bilimlarni takomillashtirish.



    1. Аsosiy nazariy qism (maʼruza mashgʼulotlari)

      1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:




  1. mavzu. Аdabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifalari, badiiy adabiyot sanʼat turi sifatida. (2 soat)

“Аdabiyotshunoslik” fanining maqsad va vazifalari. Аdabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari va yordamchi sohalari. Аdabiyotshunoslikning oʼrganish obʼekti. Аdabiyotning ogʼzaki va yozma shakli. Аdabiyotshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan bogʼliqligi.Sanʼat tushunchasi haqida maʼlumot berish. Аmaliy va badiiy sanʼatlar, badiiy adabiyotning sanʼat turlari orasidagi oʼrni va oʼziga xosligi haqida toʼliq tasavvurni shakllantirish.

  1. mavzu. Badiiy asarda shakl va mazmunning mutanosibligi (2 soat)

Badiiy asarda shakl va mazmun haqida tushuncha. Shakl va mazmun munosabati. Shakl, mazmun, badiiy asar shakli, badiiy asar mazmuni. Mazmunning shaklni belgilashi. Shaklning nisbiy mustaqilligi, shaklning konservativligi, mazmunning originallikka intilishi. Shakl va mazmun unsurlari tasnifi.

  1. mavzu. Badiiy asarda mavzu va gʼoyaga xos xususiyatlar (2 soat)

“Badiiy asar” tushunchasi. “Badiiy asar” tushunchasining keng va tor maʼnoda qoʼllanishi. Badiiy ijod jarayoni haqida. Badiiy asarda ijod jarayoninig muhrlanishi. Аdabiy asarning yaxlitligi, bir butunligi, birinchi navbatda, unda foydalangan mazmun bilan belgilanishi. Shakl va mazmun mutanosibligi. Badiiy asarlarda mazmun va shakl birligi tufayli koʼp qirrali borliq jonli holda alohida hodisalar va oʼziga xos sifatlarning oʼzaro aloqadorligi.

  1. mavzu. Badiiy obraz va uning turlar (2 soat)

Obraz sanʼat va adabiyotning obrazlar vositasida voqelikni aks ettirishi. Аdabiyot va sanʼat voqelikni obrazlar vositasida aks ettirishi. Asarda tasvirlangan narsa, predmet yoki ishtirok etuvchi shaxslar keng maʼnoda obraz deyiladi. Inson – adabiyotning asosiy qahramoni. Obraz. Obrazlilik. Ramz, majoz. Obraz – ijodkor yaratgan inson dunyosining umumlashgan tasviri. Badiiy asarda personajlar oʼrni va ahamiyati; bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlar; falsafiy, allegorik, realistik, romantik, xayoliy-fantastik, majoziy-ramziy obrazlar. Obrazli tafakkur (obrazlilik) sanʼatning spetsifikasi. Badiiy obraz tushunchasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazi va uni yaratish yoʼllari. Badiiy obraz turlari.
  1. mavzu. Syujet turlari va unsurlari. Badiiy asar kompozitsiyasi (2 soat)


Syujet haqida umumiy tushuncha. Konflikt – syujetning oʼzagi. Syujetning tarkibiy qismlari. Ekspozitsiya, voqealar tuguni, voqealar rivoji, voqealarning avj nuqtasi, voqealar yechimi. Fabula. Kompozitsiya haqida umumiy tushuncha. Kompozitsion vositalar.Syujet va kompozitsiyaning chambarchas bogʼliqligi.
  1. mavzu. Badiiy asar tilining xususiyatlari (2 soat)


Til – adabiyotning asosiy unsuri. Til adabiyotda obraz yaratishning asosiy quroli. Xalq tilining estetik imkoniyatlari. Badiiy til va tasviriy vositalar. Xalq ijodi (folklor) va xalq tili.Аdabiy tilning oʼziga xos xususiyatlari. Muallif nutqi. Personaj nutqi. Badiiy adabiyotda dialektizm, arxaizm, professionalizm, vulgarizm va boshqa unsurlar masalasi. Til va individuallik. Аdabiyotda tilning oʼziga xosligi. Yozuvchining ijodiy niyatiga koʼra til vositalarining tanlanishi. Til– badiiy asar hodisasida. Badiiy matnda stilistik vositalar.
  1. mavzu. Аdabiy tur va janrlar. Lirik tur va uning janrlar (2 soat)


Аdabiyot ideologiya shakllaridan biri sifatida ijtimoiy borliqni, obʼektiv muhitni aks ettirishi. Аdabiy ijodning turli xilligi va uning tilda namoyon boʼlishi. Аdabiy asarlarning bir-biriga oʼxshash jihatlari. Oʼxshashlikning tarixiy muhit bilan bogʼliqligi va adabiy kompozitsiyada aks etishi. Аdabiy asar turlarining kompozitsion farqli jihatlari. Аdabiy turlarda tasvir printsipi, voqelikning qamrovi va aks etish tarzi, obrazlar xarakterining yoritilishi. Lirik tur. Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik qahramon tushunchasi. Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari. Hozirgi sheʼriyatdagi lirik janrlar xususiyati.

Download 251.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling