Loyihalar usulining texnologik xaritasi
4-jadval
Rolli o’yinlar
Rolli o’yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o’rinda, matnli material o’rniga o’quvchilar tomonidan rollar o’ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.
Rolli o’yinlar o’quv usuli sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi.
O’rgatuvchi: umumta’lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni o’stirish; shu jumladan, vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish;
Rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni atrof-muhit sharoitida o’rganish qobiliyatini o’stirish;
Motivasion: o’quvchilarni o’quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishishga rag’batlantirmoq;
Tarbiyaviy: mas’uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.
O’yin usullari va vaziyatlarini, mashg’ulotning belgilangan shaklida amalga oshirish quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha sodir bo’ladi:
- didaktik maqsad o’quvchilar oldiga vazifa ko’rinishida qo’yiladi;
- o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi;
- uning vositasi sifatida o’quv materiallaridan foydalaniladi;
- o’quv faoliyatiga didaktik vazifani o’yinga aylantiradigan musobaqa elementi kiritiladi;
- didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarishi o’yin natijasi bilan bog’lanadi.
Rolli o’yin vaziyatda ko’rsatilgan muammoni yechish bo’yicha qatnashchilarning birgalikda faol ish olib borishiga asoslangan. Mavzu qatnashchilarining maqsadlari – bor muammoni yechish. Lekin individual maqsadlar, ishbilarmon o’yinidagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o’yin qatnashchilarning har birini maqsadi – g’alaba qozonish, o’zini ko’rsatish. Vaziyatli o’yin yakunlarini baholash faqatgina umumiy maqsadga erishish natijasiga qarab emas, balki har bir qatnashchining maqsadga erishishiga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |