Polyarimetrik analiz usuli.
1811 yil D.Arago kvarc kristallida va 1815 yil J.Bio eritmalarni aniqlashda qutblangan tekislik burilishini aniqladilar. Qutblangan nurning burilish burchagini o’rganishga asoslangan analiz usuliga polyarimetrik analiz usuli
deyiladi. Ma`lumki, bir tekislikda tebranadigan nur qutblangan nur, tekislik esa tebranish tekisligi deyiladi.
tabiiy nur qutblangan nur
Qutblangan nurga perpendikulyar tekislik qutblangan tekislik deyiladi. Barcha modda va eritmalar qutblangan nurga bo’lgan munosabatiga qarab
2 ga bo’linadi.
Qutblangan nur tekisligini o’zgartiradigan optik aktiv moddalarga.
Qutblangan nur tekisligini o’zgartirmaydigan optik noaktiv moddalarga bo’linadi.
Moddalarning optik aktiv hususiyati ularning kristal panjarasi va molekulaning tuzilishi bilan harakterlanadi. Ana shu hususiyatlariga qarab optik aktiv moddalar ikki turga bo’linadi:
Qattik kristallar: kvarc SiO2, NaCIO3 va boshqalar. Ayrim ionlarni ochishda hosil qilinadigan kristall cho’kmalar. Masalan: TlAuCI4 * 5H2O va PbCI2 optik aktiv hossaga ega. Bunday moddalarning kristal panjarasi buzilsa, eritilsa optik aktiv hususiyati yo’qoladi.
Ikkinchi tur optik aktiv moddalarga eritilgan ёki gaz holidagi moddalar kiradi. Ularning optik aktivligi molekulaning tuzilishiga boғliq. Bularga organik moddalar: glyukoza, vino kislotasi, morfin, olma kislotasi va boshqalar misol bo’ladi. Masalan: olma kislotasi molekulasining tuzilishini ko’raylik.
CHO
|
H C OH
|
CH 2OH
Do'stlaringiz bilan baham: |