Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги
Analizning xromatografiya usuli
Download 471.16 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xromatografik analiz usulining sinflari.
Analizning xromatografiya usuli.Analizning hromatografik usuli asosida 1903 yilda rus olimi M.C.Cvet taklif qilgan sorbciya va desorbciya jarayonlari ёtadi. Suyuq ёki qattiq modda sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari ёki ionlarining yutilishi sorbciya (adsorbciya) deyiladi. O’z sirtiga yutuvchi modda sorbent (adsorbent), yutilgan modda esa sorbat (adsorbtiv) deyiladi. Sorbciyaga teskari jarayon sorbent sirtida yutilgan modda molekulalari (atomlari ёki ionlarining) boshlanғich hossasini saqlagan holda ajralib chiqish hodisasi desorbciya deyiladi. Demak, analizning hromatografiya usuli sorbent orqali o’taёtganda aralashmadagi komponentlarning sorbentga turlicha sorbciya va desorbciyalanish tufayli ularni bir - biridan ajratish va aniqlash usulidir. Xromatografik analiz usulining sinflari.Analizning hromatografik usuli quyidagi belgilariga ko’ra sinflanadi. Analiz qilinadigan moddaning ajralish mehanizmiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: adsorbciyalanish hromatografiyasi - analiz qilinadigan aralashmadagi komponentlarning turlicha sorbciyalanish hususiyatiga asoslangan; taqsimlanish hromatografiyasi - analiz qilinadigan moddaning o’zaro aralashmaydigan ikkita erituvchi orasida taqsimlanishiga asoslangan (qoғoz hromatografiyasi); v) ion almashinish hromatografiyasi - analiz qilinadigan eritmadagi ionlarning ionit (sorbent) dagi harakatchanlik bilan ionlar almashinish jarayoniga asoslangan; g) cho’ktirish hromatografiyasi - hromatografik kolonkadan o’tkazilaetgan analiz qilinadigan modda bo’lgan tashuvchi (podvijnaya) faza cho’ktiruvchi bilan cho’kma hosil bo’lish reakciyasiga asoslangan (EK). Kompleks hosil qilish va oksidlanish-qaytarilish hromatografiyasi ham shu singari kompleks hosil qilish va oksidlanish-qaytarilish reakciyalariga asoslangan. Analiz qilinadigan moddani o’zida saqlagan tashuvchi faza va harakatsiz (nepodvijnaya) faza agregat holatlariga ko’ra analizning hromatografik usuli quyidagilarga bo’linadi. gaz adsorbciyalanish hromatografiyasi - analiz qilinadigan modda (gaz, bug) va tashuvchi faza gaz, harakatsiz faza qattiq sorbent (AI2O3, CaCO3) bo’ladi; gaz suyuqlik hromatografiyasi - bunda harakatsiz suyuq faza qattiq inert sorbent sirti ёki kolonka devoriga yupka qatlam qilib qoplangan bo’ladi; v) Suyuqlik adsorbciyalanish hromatografiyasi - analiz qilinadigan modda vasharakatchan faza suyuqlik, harakatsiz faza qattiq sorbentdan iborat; g) suyuqlik hromatografiyasi - harakatchan faza ham, harakatsiz faza ham suyuqlikdan iborat. Bajarish tehnikasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: kolonkali; yupqa qatlamli . Bajarish mehanizmiga ko’ra: butun hajmi bo’ylab (frontalniy); siqib chiqarish (vitesnitelniy); elyuentli. Butun hajmi bo’ylab analiz qilishda modda aralashmasi kolonkani yuqori qismidan uzluksiz qo’yiladi. Bunda kolonkadan toza erituvchi tomadi, keyin esa kam sorbciyalanadigan komponent, undan keyin birinchi va ikkinchi komponent aralashmasi tomadi va hokazo. Bu usul yordamida faqat bir komponent toza holda ajratib olinadi.
Sikib chiqarish usulida analiz qilinadigan modda aralashmasi kolonkaga qo’yiladi. Ustidan esa yangi bir yahshi sorbciyalanadigan modda qo’yiladi, natijada bu modda analiz qilinadigan komponentlarni birin-ketin kolonkadan siqib chiqaradi. Elyuent usulda analiz qilinadigan eritma kolonkaga qo’yiladi. Kolonkada bir-birini koplagan hromatogramma hosil bo’ladi. Pastdagi qavatda eng toza komponent bo’ladi. Bu qavatlarni bir-biridan ajratish uchun kolonka toza erituvchi bilan yuviladi. Natijada kolonkadan birin-ketin moddalar toza holda siqib chiqariladi. Sorbciyalanish hususiyatiga ko’ra moddalar birin-ketin ajralib chiqadi. Hromatografiya analiz usulining ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. Download 471.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling