Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги
Adsorbsiyalanish xromatografiyasi
Download 471.16 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qog’oz xromatografiyasi.
Adsorbsiyalanish xromatografiyasi.Adsorbciyalanish hromatografik analiz usuli aralashmalarning adsorbent yuzasida adsorbciyalanish (yutilish) va desorbciyalanish (yuvilish) jarayoniga asoslangan. Bu usulda kolonkadagi harakatsiz adsorbent bilan harakatlanuvchi, ajralaёtgan aralashma eritmasi o’rtasida adsorbciya va desorbciya jarayonlarining cheksiz qaytarilishi va qayta – qayta muvozanat o’rnatilishi natijasida, aralashmadagi moddalar bir-biridan ajraladi. Moddalarning adsorbentda boғlanishi va erituvchi bilan desorbciyalanishi bir hil bo’lganligi sababli, moddalar adsorbent ustuni - hromatografik kolonkaning yuqori qismidan pastga qarab surilib, har bir modda bir-biridan uzoqlasha borib, qavatlarga ajralib halqalar hosil qila boshlaydi va shu tarzda moddalar erituvchi bilan birga siljib yuvilib tushadi. Kolonkani yuvish uchun ishlatilaёtgan erituvchida kamroq eriydigan moddalar keyinroq tushishi ёki boshqa erituvchi bilan surib tushirilishi mumkin. Bu yuvilib to’shaёtgan moddalar eritmasi – elyuatni frakciyalarga bo’lib yiғiladi va har bir frakciya alohida-alohida tekshiriladi. Qog’oz xromatografiyasi.Qoғoz hromatografiyasi taqsimlanish hromatografiyasining bir ko’rinishi bo’lib, qoғozda doim adsorbciyalangan holda bo’lgan suv harakatlanmaydigan faza (erituvchi), qoғozning o’zi adsorbent bo’lib harakatchan faza esa oldindan suv bilan to’yintirilgan organik erituvchi ёki erituvchilarning aralashmalaridir. Tekshiriladigan aralashma eritmasidan va shu aralashmada mavjud bo’lishi tahmin qilingan ma`lum moddadan ёki ma`lum moddalar eritmasidan hromatografik qoғozga mikrokapilyar (ёki mikroshpric) yordamida bir necha tomchi (ma`lum hajmda) tomizib quritiladi. Keyin erituvchi bilan to’ldirilgan mahsus germetik kameraga tushirib qo’yiladi. Qoғoz hromatografiyasi erituvchining yo’nalishiga qarab hromatografiyaga bo’linadi: yuqoriga so’riluvchi (1-rezinali tikin, 2-shisha taёqcha, 3-qistirғich, 4- qoғoz bo’lagi, 5-tugallanish chiziғi, 6-boshlanish chiziғi, 7-erituvchi); pastga so’riluvchi (1-shisha cilindr, 2-tikin, 3-harakatchan erituvchili shisha idish, 4-qoғoz, 5-shisha taёqcha, 6-harakatsiz fazali erituvchi);(v) gorizontal aylana bo’ylab so’riluvchi (1-aylana hromatografik qoғoz, 2-konus (filtr qoғozdan), 3-qistirgich, 4-harakatchan fazali idish). Hosil qilingan halqadagi hromatogrammalarning yuzasi quyidagi formula bilan Hisoblanadi. S / 360 ч2 ч2 1 2 Harakatchan faza (suv bilan to’yintirilgan organik erituvchi) qoғozga shimilib, ma`lum balandlikkacha ko’tarilgach, hromatogramma kameradan olinadi va erituvchi etib borgan tugallanish chiziғi belgilab olinadi. Shundan so’ng hromatogramma quritilib, mahsus tanlab olingan rang beruvchi moddalar bilan qayta ishlanadi, ya`ni ochiltiriladi. Qoғoz hromatografiyasida moddalarni ajralishini harakterlaydigan kattalik taqsimlanish koefficienti - Rf Hisoblanadi: R f X X f X – harakat (start) ning boshlanish chiziғidan aniqlanaёtgan modda hosil qilgan doғning markazigacha bo’lgan masofa, mm. Xf – harakatning boshlanish chiziғidan harakatning tugallanish chiziғidacha bo’lgan masofa, mm. Rf – qiymati qoғozning turiga, haroratga, analiz olib bori¬ladigan sharoitga, analiz qilinadigan modda va erituvchining tabiatiga boғliq. Bir hil moddalar uchun doimiy sharoitda Rf ning qiymati o’zgarmas kattalikdir. Analiz jarayonida aniqlangan Rf ning qiymati qaysi moddaga to’ғri kelishi toza moddalar uchun tuzilgan jadvalga solishtirib ko’riladi. Adsorbent samaradorligini harakterlaydigan kattalik nazariy likopchalar soni quyidagi formula bilan Hisoblanadi: X 2 N 16 Y Y - doғning eni, mm. Qoғozda moddaning ajralish unumdorligining o’lchovi, nazariy ekvivalent likopchalar balandligi (NELB) Hisoblanadi: NELB Н X f N Download 471.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling