Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги
Ionalmashinish xromatografiyasi
Download 471.16 Kb.
|
Analitik kimyo
Ionalmashinish xromatografiyasi.Ionalmashinish hromatografiyasi - eritmadagi erigan elektrolit ionlarining ionit (polielektrolit) tarkibidagi harakatchan ionlar bilan almashinish jarayoniga asoslangan analiz usulidir. Ionit deb, tarkibida harakatchan ionlar bo’lgan anorganik va organik moddalarga, ya`ni o’ziga hos polielektrolitlarga aytiladi. Ionitlar almashinadigan ionning turiga ko’ra ikkiga bo’linadi: kationitlar va anionitlar. Tarkibidagi kationitlarini eritmadagi kationlarga almashtiradigan, molekulasida kislota -SO3H, -PO3H, -COOH , -H va boshqa guruhlar saqlagan ionit (polielektrolit) lar kationitlar deyiladi. Kationitlarda boradigan ion almashinish reakciyalari quyidagi tenglama orqali ko’rsatilgan: R - SO3H + Na+ 3Na + H+ kationit generaciyasi Tarkibidagi anionlarini eritmadagi anionlarga almashtiradigan, molekulasida asos -N+H3OH-; N+H2OH-; N+HOH- va boshqa guruhlar saqlagan ionit (polielektrolit) lar anionitlar deyiladi: R - NH3OH + CI- NH3CI + OH- anionit generaciyasi Ionitlar ishlatilishidan oldin ular ma`lum o’lchamda maydalanib, distillangan suv bilan bo’ktirib qo’yiladi, so’ngra aralashmalardan yuvib tozalanadi. Ionitlar aralashmalardan tozalangach, kislota ёki ishqor bilan ishlanib kislotali ionit - H+ (kationit) ёki ishqoriy ionit - OH- (anionit) ko’rinishiga o’tkaziladi. Ohirgi jarayon ionitning regeneratciya (qaytadan ishlashga tayёrlash) qilish deyiladi. Sharoitga qarab, eritmadagi ham kationlarni, ham anionlarni almashtira oladigan ionitlar, amfolitlar deyiladi. Ion almashinish reakciyasi qaytar jarayon bo’lgani uchun va bunday hollarda muvozanat holati qaror topishini bilgan holda, moddalar massasining ta`siri qonuniga asoslanib, ion almashinish reakciyalarini muvozanat konstantasini ёzamiz. Ion almashinish jarayoni umumiy holda quyidagi tenglama ko’rinishida ifodalanadi. A [RAn] + B+ ВRAnA yoki ВRAn A B B A K A,B A KA,B – ion almashinish doimiyligi, ionlarni bir-biriga nisbatan sorbciyalanish hususiyatini harakterlaydi. Bunda uch holat bo’lishi mumkin: KA,B<1 eritmadagi ionlar ionitdagi ionlarga nisbatan almashinish hususiyati katta, bunda ion almashinish jarayoni tez boradi; KA,B>1 eritmadagi ionlar ionitdagi ionlarga nisbatan almashinish hususiyati kam, bunda ion almashinish jarayoni deyarli bormaydi; v) KA,B =1 eritmadagi ionlar ionitdagi ionlar bilan almashinish hususiyati bir hil bo’ladi.
Download 471.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling