Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги
– ish. Tabiiy suv tarkibidagi temir miqdorini aniqlash
Download 471.16 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- - ish. Qaytaruvchi qand miqdorini aniqlash.
– ish. Tabiiy suv tarkibidagi temir miqdorini aniqlash.Tabiiy suvda temir Fe(HCO3)2 tuzlari ko’rinishida bo’ladi. Agar konsentratsiyasi juda ko’p bo’lsa, suvdan metallning hidi, ta`mi kelib, tez loyqalanadi. Temirning miqdorini ko’p bo’lishi suv quvurlarining zanglashi Hisobidan bo’lishi ham mumkin. Haqiqatda tabiiy suvda temir miqdori kam bo’lib, uni gravimetrik va titrimetrik usul bilan aniqlab bo’lmaydi. Bunday holda fotoelektrokolorimetrik usul bilan aniqlash qulay. Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar: 5 dona 50,00 ml. li o’lchov kolbasi; fotoelektrokolorimetr; 3 dona 25,00 ml.li byuretka shtativ Bilan; yuvgich; TFe = 0,1 mg/ml eritma; 1:1 HNO3 eritmasi; 10 % NH4SCN eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 50,00 ml.li o’lchov kolbasiga 25 ml tabiiy suvdan olib ustiga 1 ml 1:1 HNO3 va 5 ml 10 % NH4SCN eritmasidan quyiladi. Kolba belgisigacha distillangan suv bilan suyultiriladi. Eritmani optik zichligini erituvchi (distillangan suv)ga nisbatan (max = 490, l = 5 mm) o’lchanib, 1 – ishda chizilgan darajalash grafigidan ekstrapolyaciya usuli bilan temirning miqdori aniqlanadi. - ish. Qaytaruvchi qand miqdorini aniqlash.Aniqlash qandning ishqoriy muhitda K3[Fe(CN)6] ning K4[Fe(CN)6] gacha qaytaruvchilik hossasiga asoslangan. Qandning miqdori qaytarilgan K4[Fe(CN)6] ёki reakciyaga kirishmay qolgan ortiqcha K3[Fe(CN)6] ning miqdoriga qarab, aniqlanadi. K3[Fe(CN)6] eritmasi uchun optik zichlikning eng katta qiymati 400 – 440 nm to’lqin uzunligidagi nurga to’ғri keladi. Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar: Fotoelektrokolorimetr; glyukozannig standart eritmasi (2mg/ml). (1,09 g toza glyukoza 500 ml o’lchov kolbasiga eritib tayёrlanadi); K3[Fe(CN)6] (10 g tuz 1 l suvda eritiladi.); 1,25 mol/l KON eritmasi; 25,00 ml. li byuretka; o’lchov cilindri (20 ml); suv hammomi; 7 dona konussimon kolba; qum soat (1 min). Ishni bajarish tartibi: Darajalash grafigini chizish uchun bir qator standart eritmalar tayёrlanadi. 7 ta konussimon kolbalarning har biriga 20 ml K3[Fe(CN)6], 10 mldan KON va quyidagi tartibda 6,5; 7,0; 8,5; 9,0; 9,5 ml glyukozaning standart eritmasidan quyiladi. Eritma hajmi 40 ml etguncha distillangan suv quyib, eritmalar suv hammomida 1 minut qaynatiladi. max = 440, l =10 mm) eritmalarni optik zichligi o’lchanadi. Eritmaning optik zichligi reakciyaga kirishmay qolgan K3[Fe(CN)6] eritmasiga nisbatan o’lchanadi. Solishtirma eritma sifatida erituvchi (distillangan suv) ishlatiladi. Olingan natijalar asosida darajalash grafigi chiziladi. Download 471.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling