Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги


Tajriba mashg’ulotlari. 1- ish. Aralashmadagi kislota, asos va tuz eritmalarining miqdorini


Download 471.16 Kb.
bet24/52
Sana23.08.2023
Hajmi471.16 Kb.
#1669658
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
Analitik kimyo

Tajriba mashg’ulotlari.

1- ish. Aralashmadagi kislota, asos va tuz eritmalarining miqdorini


aniqlash.
Kerakli asbob - uskuna va reaktivlar:

    1. konduktometr, yacheykasi bilan;

    2. 10 dona 50,00 ml li o’lchov kolbasi;

    3. 5,00 ml. li pipetka ;

    4. mahsus shpric;

    5. 200 ml. li stakan;

    6. Yuvgich.

Asbobning ishga tayёrligini tekshirish (o’qituvchi tekshiradi). Konduktometr 15 min oldin ёqib, qizdiriladi. Darajalash (kalibrovka) tugmachasini va oraliq
«ishlash sohasi» tugmachalaridan birini bosib, darajalash buragichi yordamida ko’rsatkich 80 sM/m qiymatiga qo’yiladi. Huddi shunday darajalashni ishlash sohasi tugmachalarining hammasi uchun tekshirib ko’riladi.
Asbobning ko’rsatkichi 80 sM/m ga qo’yiladi.
Darajalash (kalibrovka) egri chiziғini chizish uchun bir necha standart eritmalar suyultirish usuli bilan tayёrlanadi.
O’lchash. Elektr o’tkazuvchanlik yacheykasi ikki marta distillangan suv bilan, keyin aniqlanadigan elektrolit eritmasi bilan yuviladi. Yacheykaga mahsus shpric bilan elektrolit eritmasi qo’yiladi va asbobga ulanadi (o’lchash doimo eng kichik konsentratsiyali eritmadan boshlanadi). O’lchanadigan ishlash sohasi tugmachalarning tegishlisini bosib asbobning ko’rsatkichi ёzib olinadi (W). Huddi shunday hamma eritmada o’lchab, natijalarini quyidagi jadvalga ko’rsatilgan tartibda ёzib boriladi.

Qolba
raqami

Сн

- IgC

W

Н =W-0,909

Н  1000
С



С

10

0,00195
















9

0,0039
















8

0,0078
















7

0,0156
















6

0,0312
















5

0,0625
















4

0,125
















3

0,25
















2

0,5
















1

1



















Jadval natijalari asosida (W – lgC), (Н – lgC), ( - lgC), 
grafiklari chiziladi.
С  boғliqlik



2 - ish. Kuchli kislota (asos) ni kuchli asos (kislota) bilan titrlash.


Kerakli asbob uskuna va reaktivlar:

  1. yuqori chastotali titrator TV-6L;

  2. mikrobyuretka;

  3. 10,00 ml li pipetka;

  4. 50,00 ml. li o’lchov kolba;

  5. aralashtirgich o’zagi;

  6. 0,0100 n NaOH ёki KON;

  7. ~ 0,1 n H2SO4 ёki HCl.

Aniqlanadigan modda eritmasining konsentratsiyasi titrantning konsentratsiyasiga nisbatan 10 marta kichik bo’lishi kerak.
Ishni bajarish tartibi: Titrlash stakaniga pipetka bilan 5 ml 0,1 n H2SO4 ning eritmasidan quyiladi. Stakanni yacheykaga joylashtirib, eritmani hajmi
yuqorigi halqadan 3 – 5 ml baland bo’lguncha distillangan suv bilan suyultiriladi.

Idishga aralashtirgich o’zagini tushirilib, magnitli aralashtirgich ulanadi va uning tezligini tanlanadi (qadah hosil bo’lishi oldi olinadi). O’lchov asbobining strelkasini shkalaning chap tomonidagi 5-10 qiymatlariga keltiriladi («grubo», «tochno» buragichlar yordamida). Eritma mikrobyuretkadagi 0,0100 n. ishqor eritmasi bilan titrlanadi. Dastlab titrantni 1 ml dan qo’shib 30 – 40 sekundda asbobning ko’rsatkichi ёzib boriladi. Keyin titrantning miqdori 0,5 (0,2) ml. dan qo’shiladi. Mikroampermetrning ko’rsatkichi qo’yilgan qiymatdan eng katta chetlanib qaytib o’z holiga kelguncha titrlash davom ettiriladi. Olingan natijalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtirilib, mikroampermetr ko’rsatkichini (I, mA) titrant hajmiga (V, ml) boғliqlik titrlash egri chizғi chiziladi, ekvivalent nuqtadagi titrantni hajmi aniqlanadi.
Eritmadagi kislota miqdori quyidagi formula bilan Hisoblanadi.
g Экта Vиш Nиш Vк
Vn

Mavzu yuzasidan savol va mashqlar


    1. Eritmada elektrolitlarning ionlarga, dissocialanish sabablarini tushuntiring.

    2. Konduktometrik analiz usulining mohiyatini tushuntiring.

    3. Solishtirma, molyar va ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklar orasida qanday boғlanishlar bor.

    4. Elektrolit eritmalarining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi qanday fizik ma`noga ega?

    5. Nima uchun elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda doimiy tok emas, balki o’zgaruvchan tok ishlatiladi?

    6. Eritma elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda yacheyka doimiyligiga ta`sir qiluvchi omillarni ko’rsating.

    7. Erituvchi sifatida suv o’rniga aceton ishlatilsa, kuchsiz elektrolitning dissociaciyalanish konstantasining qiymati o’zgaradimi? Nima uchun?

    8. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik kuchli va kuchsiz elektrolitlar konsentratsiyasiga qanday boғliq?

    9. Bevosita va bilvosita konduktometriya usullari orasida qanday farq bor.

Qaysi bir usul ko’prok tanlash hususiyatga ega? Nima uchun?

    1. Ekvivalent nuqta yaqinidagi qanday o’zgarish konduktometrik titrlashni tugatishga sabab bo’ladi?

    2. Yuqori chastotali titrlashda yacheykalarning qanday turlari ishlatiladi?

    3. Murakkab aralashmalarni konduktometrik titrlash qanday bajariladi. Titrlashdagi egri chiziqlarning ko’rinishiga misollar keltiring.

    4. Konduktometrik titrlash egri chiziғi sillik bo’lsa, ekvivalent nuqta qanday aniqlanadi?

    5. 0,1 n NaCl eritmasining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 79,2 sm2/Om. Eritmaning qarshiligi 5 Om bo’lishi uchun sirt yuzasi 5 sm2 teng bo’lgan parallel elektrodlar orasidagi masofa qanchaga teng bo’lishi kerak?

    6. Cheksiz suyultirilgan KCl eritmasining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 130,1 Om-1 sm2 / g-ekv. Cl- ionlarining tashish soni 0,504 teng. Eritmadagi K+ va Cl- ionlarining harakatchanligini Hisoblang.

    7. 1800C da zichligi 1,0255 g/sm3 4 % li sulfat kislota eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,1675 Om-1 sm-1 teng. Eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini Hisoblang.

    8. Dissociaciyalanish konstantasi 1,76 *10-5 teng bo’lgan 0,1 n sirka kislota eritmasidagi [H+] va eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini Hisoblang .

    9. Dissociaciyalanish konstantasi 1,79*10-5 va darajasi 0,01 bo’lgan NH4OH eritmasining konsentratsiyasini va ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini Hisoblang. To’yingan AgBr eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,57*10-7Om-1sm-1. Chegara ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 121,9 Om-1sm2/g- ekv AgBr ning eruvchanligini Hisoblang.

    10. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 109,9 Om-1sm2/g-ekv bo’lgan 0,05 n KNO3 eritmasiga tushirilgan elektrodlar orasidagi masofa 2 m, elektrodlarning sirt yuzasi 5 sm2 teng. Shu eritmaning elektr o’tkazuvchanligi nimaga teng?

    11. Yacheyka doimiyligi 0,5 sm-1 bo’lganda 0,01 n KNO3 eritmasining qarshiligi 423 Om. Erimaning solishtirma va ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini Hisoblang.

    12. Harorat 298 K 0,1 n NH4OH eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,037 Om-1 sm-1. Shu eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini va pHni Hisoblang.

    13. 1800C da ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi, 94,3 Om-1sm2/g-ekv ga teng 1 n AgNO3 eritmasi bo’lgan yacheykadagi elektrodlarning sirt yuzasi 25 sm2 va ular orasidagi masofa 5,5 sm ga teng bo’lsa, eritmaning elektr o’tkazuvchanligini Hisoblang.

    14. Solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 1,25 * 10-4 Om-1sm-1 ga teng bo’lgan 0,0105 n NH4OH eritmasining dissociaciyalanish konstantasini Hisoblang.


Download 471.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling