Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги


Download 471.16 Kb.
bet9/52
Sana23.08.2023
Hajmi471.16 Kb.
#1669658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
Analitik kimyo

Indikator elektrodlar - tekshiriladigan eritmadagi ionning elektrod aktivligiga qarab potensialini o’zgartiradigan elektrodlardir. Indikator elektrodlari elektrod-eritma sirti chegarasida boradigan elektrokimyoviy jarayonning mehanizmiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  1. oksidlanish-qaytarilish (redoks) elektrodlar; bunday elektrodlarda elektronlar almashinishi kuzatiladi;

  2. birinchi, ikkinchi to’r metall va metallmas elektrodlar; bunday elektrodlarda elektron-ion almashinishi kuzatiladi;

  3. Ionoselektiv membranali elektrodlar, bunday elektrodlarda ion almashinishi sodir bo’ladi.

Elektrodlar agregat holatlariga ko’ra qattiq (platina, kumush, grafit va boshqalar), suyuq (simob) va gaz (vodorod, hlor) elektrodlarga bo’linadi. Bundan tashqari, elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqalar) va befarq (platina, oltin, grafit va boshqalar) elektrodlarga bo’linadi.
Solishtirma elektrodlar - sifatida elektrod potensialini o’lchash uchun mo’ljallangan qaytar (normal vodorod to’yingan kalomel, kumush xloridli, talliy xloridli va boshqa) elektrodlar (etalon sifatida) ishlatiladi.
Solishtirma elektrodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. potensial belgilovchi elektrodning ichki reakciyasi termodinamik qaytar bo’lishi kerak;

  2. elektrod kam qutblanuvchan bo’lishi, ya`ni undan tok o’tganda o’z potensialini nihoyatda kam o’zgartirishi kerak;

  1. elektrod uzoq vaqt saqlanganda va turli hil sharoitlarda ham o’z potensialini o’zgartirmasligi shart.

Potensiometrik analiz usuli to’ғri potensiometriya va potensiometrik titrlashga bo’linadi.
To’gri potensiometrik usuli yordamida ionlarning aktivligini (pH, pNO3 va pK), dissociaciya konstantasi, muvozanat konstantasi, kompleks birikmalarning barqarorlik konstantasi, ёmon eriydigan moddalarning eruvchanlik ko’paytmasi kabi fizik-kimyoviy kattaliklarning qiymatlari o’lchanadi.
Bu usul ionlarning aktivligini to’ғridan-to’ғri aniqlashga imkon beradigan yagona usul Hisoblanadi.
Bu usul quyidagi turlarga bo’linadi:
pH-metrik - eritmalarning pH qiymatlari, kislota va asoslarning (protolitlarning) kislotali-asosli konstantalari, protolitik hususiyatga ega bo’lgan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari va shu kabilarni aniqlashga imkon beradi.
Ionometrik - pH -metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul bo’lib ajralgan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi sifatida turli hil ionoselektiv elektrodlar qo’llaniladi.
Redoksmetrik - oksidlanish-qaytarilish reakciyalari va redoks juftlarning potensiallarini o’lchashga asoslangan usul bo’lib, uning yordamida redoks juftlarning standart va real potensiallari, ular asosida esa turli hil konstantalar hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi.

Download 471.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling