Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги
Potensiometrik usulda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar
Download 471.16 Kb.
|
Analitik kimyo
Potensiometrik usulda qo’llaniladigan asosiy tushunchalarElektrod – eritma bilan o’zining sirt chegarasida elektronlar ёki ionlar almashinuvi natijasida potensiallar farqi yuzaga keladigan eritma va unga tushirilgan metall plastinkadan iborat elektrokimyoviy sistemadir. Eng oddiy elektrod - ruh sulfat tuzi eritmasiga tushirilgan ruh plastinkasidir. Bunda eritmaga tushirilgan ruh plastinka "aktiv metall" bo’lgani uchun eriy boshlaydi, ya`ni oksidlanadi. Natijada plastinka sirtida elektronlar qoladi, eritmaga esa ruh ionlar Zn2++ o’tadi. Plastinka sirti manfiy zaryadlanadi, plastinkaning sirtiga tegib turgan eritma musbat zaryadlanadi, ya`ni eritma bilan plastinka (o’rtasida) sirt chegarasida qo’sh elektr qavat hosil bo’ladi. Qo’sh elektr qavatda potensiallar farqi yuzaga keladi va bu elektrod potensiali deb aytiladi. Elektrodda yuzaga keladigan potensial Nerst tenglamasi Е Е 0 Zn / Zn 2,3 RT lg C nF Zn2 bilan ifodalanadi. Har bir elektrod uchun yuqoridagi singari elektrod potensialini Hisoblash formulalari mavjud. Elektrodlar ularda boradigan elektrokimyoviy reakciyaning mehanizmiga va ishlatish maqsadiga ko’ra bir necha turli bo’ladi. Birinchi tur elektrodlar – elektrod potensiali eritmadagi potensial hosil qiluvchi ionning konsentratsiyasiga boғliq bo’lgan elektrodlar. Bu elektrodlar eritmada o’z ionlariga nisbatan qaytar ishlaydigan, eritmaga tushirilgan metall plastinkalardir. Birinchi tur elektrodlarga misollar: Kumush elektrodi AgNO3 eritmasiga tushirilgan Ag plastinkasi (Ag/AgNO3); Mis elektrodi CuSO4 eritmasiga tushirilgan Cu plastinkasi (Cu/CuSO4); vodorod elektrodi, hingidron elektrodi, shisha elektrodi va hokazolar. Bu elektrodlar ishlatilish maqsadiga ko’ra indikator elektrodlar deyiladi. Shu elektrodlardan ayrimlari bilan yaєindan tanishib chiqaylik. Download 471.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling