Pedagogik texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’lim aniq qayd etilgan va
qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl holicha qaytarish lozim bo’lgan
konveyerli jarayon sifatida ko’riladi. O’quv materiali aniq qayd etilgan o’quv
28
maqsadida mos holda ishlab chiqilgan, maxsus fragmentlarga (modullarga)
ajratilgan, o’quv materialini tavsiya etishning alternativ yo’llarini ko’zda tutadi, har
bir qismi test va qo’shimcha tuzatishlar kiritish bilan hamoxang bo’ladi. Texnologik
yondashuvni qo’llash qo’yilgan o’quv maqsadlariga garovli erishish imkonini
beradi. Bunday samara beruvchi mexanizmlar keyingi boblarda o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: