Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Bitiruv malakaviy ishning bazasi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana02.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#196423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
osmirlarda irodavij xislatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari

Bitiruv malakaviy ishning bazasi: Guliston shaxridagi  9,16 - umumiy o’rta 

ta’lim maktablari. 

 

I  - bob O’smirlarda irodaviy xislatlar  shakllanishida idrok 

jarayonini rivojlantirishning  ilmiy-nazariy asoslari 

 

 

O’smirlarda irodaviy xislatlar  shakllanishida idrok jarayonini 

rivojlantirishning  ijtimoiy mohiyati 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgach  tashqi  aloqalarga    ham 

e’tibor kuchaydi. Shunday  ekan istaymizmi  yo’qmi bevosita (o’sha) aloqa o’rnatish 

uchun o’quvchilarni intellektual qobiliyatini borliqni keng anglash idrok etish, chuqur 

zamonaviy bilimga ega bo’lishi shart.  

Bilim olish kishilik jamiyatda bog’ayat muhim sohalarda xisoblanadi. 

Shaxsning  idrok  jarayoninini  rivojlantirish  avvalo  unda  shaxsiy  xislatlarning 

shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanish o’zida shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va 

boshqa  xislatlarining  takomilini  namoyon  etadigan  jarayon  bo’lib,  bunday 

xislatlarning  tug’ma,  ba’zilari  keyinchalik  erishilgan  bo’ladi  Inson  idrok  jarayonini 

rivojlantirishdagi  sifat  o’zgarishlari  tub  mohiyatiga  ko’ra  biologik  turning  vakili 

xususiyatlariga ega bo’lgan odam, biologik individdan to insoniy jamiyatning a’zosi — 

shaxs  darajasiga  ko’tarilishini  belgilab  beradi.  Rivojlanish—bu  odamning  ruhiyati  va 

organizmidagi sifatiy o’zgarishlardir. Bu o’zgarishlar ijtimoiy muhit, uy-joy sharoitlari, 

uni  qurshab  turgan  kishilarning  ta’siri  natijasida  yuz  beradi.  Albatta,  rivojlanish 

jarayoniga  mehnat  faoliyati,  o’yinga,  ichki  faollikka  o’quv  mohiyati  faoliyatila 

bog’liq. 

Idrok-narsalar  yoki  hodisalarning  sezgi  a’zolariga  bevosita  ta’sir  qilish  jarayonida 

kishi ongida aks etishidir. 

    Idrokning  predmetliligi  ob’ektivlashtirish  hodisasi  deb  atalmish  hodisada,  ya’ni 

tashqi  dunyodan  olinadigan  axborotning  o’sha  dunyoga  mansubligida  ifoda  etiladi. 

Idrokning  predmetligida  tuyish  va  harakat  sezgilari  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi. 




 

 



Harakatlar  ishtirok  etmagan  taqdirda  bizning  idrokimiz  ham  predmetlilik  belgisiga, 

ya’ni tashqi dunyo ob’ektlariga mansublikka ega bo’la olmasdi. 

  Predmetlilik  idrokning  belgisi  sifatida  xatti-harakatni  boshqarishda  alohida  rol 

o’ynaydi. G’isht va portlovchi modda bog’lami paypaslab ko’rilganda bir-biriga juda 

ham  o’xshash  bo’lib  ko’rinishi  va  idrok  etilishi  mumkin,  lekin  ularning  "o’zlarini 

tutishi"  juda  ham  turlicha  tarzda  yuz  beradi.  Odatda,  bir  narsalarga  ularning 

ko’rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq 

holda  yoki  ularning  asosiy  xususiyatlariga  qarab  baholaymiz.  Bunga  esa  idrokning 

predmetliligi yordam beradi. 

   Idrokning  yana  bir  xususiyati  uning  yaxlitligidir.  Sezgi  a’zolariga  ta’sir  qiladigan 

narsaning  ayrim  xususiyatlarini  aks  ettiradigan  sezgilardan  farqli  o’laroq,  idrok 

narsaning yaxlit obrazi  hisoblanadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bu yaxlit obraz narsaning 

ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni 

umumlashtirish  negizida  tarkib  topadi.      Idrokning  yaxlitligi  uning  strukturaliligi 

bilan bog’langandir. Idrok ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob 

bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig’indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan 

amalda  mavhumlashgan  va  birmuncha  vaqt  davomida  shakllanadigan  umumlashgan 

strukturani  idrok  etamiz.  Masalan,tinglovchi  musiqaviy  asarni  xayolida  butun 

tuzilishi  bilan,  tarkibiga  kiruvchi  rang-barang  o’zaro  bog’la  nishlar  bilan  qo’shilgan 

holda  eshitib  turadi.Xuddi  shunday  jarayon  maqomni  idrok  etish  chogida  ham 

ko’zatiladi.  Har  bir  laxzada  faqat  bitta  zarbni  eshitish  mumkin,  lekin  maqom  bu 

yakka-yolgiz  zarblar  emas,balki  butun  zarblar  sistemasining  davomli  tarzda 

eshitilishidan  iboratdir.  Xulosa  chiqarib  aytganimizda,  idrokning  yaxlitligi  va 

strukturaliligi  manbalari  bir  tomondan,  aks  ettiriladigan  ob’ektlarning  o’ziga  xos 

xususiyatlari,  ikkinchi  tomondan,insonning  konkret  faoliyatida  gavdalanadi. 

I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlarning 

reflektor faoliyatining natijasidir. 

   Idrok  konstantlik  xususiyatiga  ega  ekanligi  -  uning  o’zimizni    qurshab  turgan 

narsalarni 

shakliga, 

o’lchamiga,  tusiga  va  xokazolarga  ko’ra  nisbatan 

o’zgarmaydigan  tarzda  bo’lishiga  deb  aytiladi.  Idrokning  bu  xususiyatini  kattalik 

konstantligi  misolida  bayon  qilamiz.  Ma’lumki,  narsalarning  tasviri  (shu  jumladan, 



 

 



uning ko’z to’rpardasidagi tasviri ham) unga qadar bo’lgan masofa qisqargan paytda 

yiriklashadi  va  aksincha.  Idrok  konstantliligining  bu  xildagi  buzilishi  tekis  erda 

yashovchilar  balandlikda  turib  pastga  qaraganlarida  ham  kuzatiladi.  Ko’p  qavatli 

uyning yuqori qavatidagi derazasidan qaraganda ham ob’ektlar (odamlar, avtomobil, 

samolyotlar,  barcha  narsalar)  juda  kichik  bo’lib  ko’rinadi.Shunday  bo’lsa  ham 

xavozalarda 

ishlaydigan 

quruvchilar 

pastda 

joylashgan 

ob’ektlarni  xajm 

kichraymagan  holda  ko’rayotganliklarini  aytishdi.Nixoyat,  idrokning  konstantligi 

tug’ma  tarzdaligi  haqidagi  fikrga  zid  bo’lgan  yana  bir  misolni  aytishimiz  mumkin: 

bolalikda  ko’r  bo’lib,  yoshi  ulg’aygandan  keyin  jarrohlik  yo’li  bilan  ko’zlari 

ko’radigan  bo’lib  qolgan  odam  kuzatuv  paytida  ma’lum  qildiki,u  shifoxonaning 

erdan  10-12  metr  balandlikdagi  derazasidan  o’ziga  xech  qanday  ziyon  etmaydigan 

qilib sakray olishi mumkin deb o’ylaydi.Ehtimol, pastda joylashgan ob’ektlar uzoqda 

joylashgan bo’lib emas, balki kichik bo’lib ko’ringandir va bu balandlikni aniqlashda 

xatoga  olib  kelgandir.Shuning  uchun  pertseptiv  sistemaning  faol  ta’sir  ko’rsatishi 

idrok  konstantligining  xaqiqiy  manbaidir.  Pertseptiv  sistemamizning  narsalarni 

qurshab  turgan  olamning  hayot  sharoit  lari  cheksiz  rang-barangligi  oqibatida 

muqarrar  mavjud  bo’ladigan  xosil  qilish  qobiliyatiga  ega  ekanligi  tasvirlarini 

to’nkarib qo’yish,to’g’ri izlarni qiyshaytirish va shu kabi yo’llar bilan ko’rish orqali 

idrokni  soxtalashtira  digan  ko’zoynaklar  qo’llanilgan  tajribalarda  juda  yaxshi 

namoyon  bo’ladi.  Kishi  narsalarni  soxtalashtirib  ko’rsatuvchi  ko’zoynak  taqib, 

notanish  xonaga  kirib  qolganda,  ko’zoynakdagi  buzilgan  aksni  to’g’rilashni  sekin-

asta o’rganib oladi, garchi bunday buzilishlar ko’zlarning to’rpardasida aks etsa ham 

ularni sezmay qo’yadi. 

    Idrok faqat qo’zg’alishga emas, balki idrok etayotgan sub’ektning o’ziga ham 

bog’liqdir.  Alohida  holida  ko’z  ham,  quloq  ham  idrok  etmaydi,  balki  konkret  tirik 

kishi idrok  etadi  va  idrokda hamisha  idrok  etuvchi kishi shaxsining hislatlari,  uning 

idrok  etilayotgan  narsalarga  munosabati,  kishining  ehtiyojlari,  qiziqishlari, 

intilishlari, istaklari va his-tuyg’ulari u yoki bu tarzda aks etadi.Idrokning kishi psixik 

hayoti mazmuniga, uning shaxsiga xos xususiyatlarga bog’liqligi appertseptsiya nomi 

bilan yuritiladi. Idrok axborotni gipotezalarni ilgari surish va tekshirib ko’rish uchun 

ishla  tadigan  faol  jarayon  hisoblanadi.  Bu  gipotezalarning  xususiyati  esa  shaxsning 




 

 



oldingi  tajribasi  mazmuni  bilan  belgilanadi.  Tadqiqot  natijalarining  ko’rsatishicha, 

sinaluvchilarga  to’g’ri  va  egri  chiziqlarning  ixtyoriy  birik    masidan  iborat  notanish 

qaddi-qomat ko’rsatilganda,idrok etishning birinchi bosqichidayoq idrok qilinayotgan 

ob’ektni solishtirib ko’rish mumkin bo’lgan andozalar qidirila boshlanadi. Idrok etish 

jarayonida ob’ektning u yoki bu kategoriyaga mansubligi haqidagi gipotezalar ilgari 

suriladi  va  tekshiriladi.  Shunday  qilib,  biron  narsani  idrok  etayotganda,  bundan 

oldingi idrokning  izlari  ham  faollashadi. Shuning uchun  aynan  bir  narsaning har xil 

odamlar tomonidan turlicha idrok etilishi va tasvirlab berilishi tabiiydir    Idrokning 

narsalar  bilan    qilinadigan  faoliyat  jarayonida  shakllanadigan  konstantligi  -  kishi 

hayoti  va  faoliyatining  zarur  shartidir.  Busiz  inson  cheksiz  rang-barang  va 

o’zgaruvchan  olamida  mo’ljal  ola  bilmasdi.    Konstantlik  xususiyati  narsaning  va 

uning  yashash  sharoitining  birligini  aks  ettirar  ekan,  tevarak-atrofdagi  olamning 

nisbatan barqarorligini ta’minlaydi. 

Insonning idrok jarayonini rivojlantirish va shaxs sifatida shakllanishida har doim 

ham har tomonlama qulayliklarga ega bo’lgan ijtimoiy muhit o’z holicha etuk insonlarni 

tarbiyalay olmaydi. Insonni tarbiyalashda jamiyat tomonidan tashkil etilgan tarbiyalash 

muassasalarining  va  tarbiya  jarayonida  qatnashayotgan  barcha  kishilarning 

faoliyatlari  muhim  rol  o’ynaydi.  Shaxsning  rivojla-nishida  tarbiyaning  bosh  vazifasi 

ijtimoiy  muhitni  hisobga  olgan  holda  o’quv-tarbiyaviy  ishlarning  vazifalari  va 

maqsadlari yo’lida jamiyat tomonidan inson oldiga qo’yilgan o’quvchilarni to’g’ri aks 

ettirishdan  iborat.  Tarbiyachi  o’quvchilarning  maktabdagi  o’quv  ishlarini  tashkil 

etishda  albatta  uning  uy  shart-sharoitlarini,  uy  muhitini  hisobga  oladi.  O’quvchilar  uy 

sharoitlarini  o’rganish  ko’p  hollarda  oiladagi  tarbiya  muhiti  tufayli  bolada 

shakllanadigan  salbiy  xislatlarni  taxlil  qi-lish,  tuzatish,  oldini  olish,  shu  bilan  birga 

ijobiyla-rini  yanada  ko’paytirish  imkonini  beradi.  Yaxshi  uzlashtirmaydigan 

o’quvchilarga  uy  shart-sharoitlari  ta’sir  etishi  aniqlangan  hollarda  tarbiyachi  har  bir 

bolaga  individual  yondoshib  uning  oilasiga  aralashishi  zarurdir.  Uquvchi  uyda  salbiy 

sharoitda  yashashga  to’g’ri  kelgan  hollarda,  agar  bu  muhitni  ijobiy  tomonga 

o’zgartirishning  imkoni  bo’lmasa,  tarbiyachi  o’quvchini  maxsus  maktab  — 

internatlarga  joylashtirish  masalalarini  qo’yishi  mumkin.  O’quvchi  shaxsini 

shakllanishida  qatnashayotgan  tarbiyachi  o’quvchining  faqat  oilaviy  sharoi-tini 



 

 

10 



o’rganish  bilan  chegaralanmay  bolaning  yaqin  teva-rak  atrofida,  mahallasida, 

ko’chasida  qurshab  turgan  muhitni  yaxshilab  o’rganmog’i  lozim,  chunki  aksariyat 

hollarda  mahalladagi,  ko’chalardagi  har  xil  guruhlar  ham  egiluvchan  bo’lgan 

yoshlarga  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Bunday  ta’sir  ijobiy  bulishi  mumkin.  Bolalar  to’y-

ma’rakalarda,  gap-gashtaklarda  o’zlarini  mustaqil  his  etadilar,  bir-biriga 

ko’maklashish,  shirinsuxanlik,  hozirjavoblilik,  mehribonlilik,  sertashvishlilik  kabi 

axloqiy  xislatlar  faqat  tarbiya  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan  mahallalarda  tez  va  osongina 

shakllantiriladi.  Aksincha  xudbinlik,  takabburlik,  ko’pollik  kabi  salbiy  odatlar  ham 

maxalla-ko’yda  shakllantirilishi  mumkin  Tarbiyachining  vazifasi  maktab  bilan 

o’quvchi yashayotgan joyidagi mahalla qo’mitalarining hamkorliklarini tashkil etishdan, 

maxalla  qo’mitalari  orqali  amalga  oshiriladigan  tarbiyaviy  ishlarni  faollashtirishdan 

iborat.  Uspirin  yoshlarni  idrok  jarayoni  va  turli  ijodiy  havaskorlik  to’garaklariga  jalb 

etish yaxshi natijalar beradi 

Yuqoridagi dalillar tarbiya jarayoniga ta’sir eta-digan tashqi muhit faktorlarining 

bir-biriga  mustahkam  bog’liqligini  ko’rsatadi.  Shu  bilan  birga  tarbiya  jarayonida 

qulay ijtimoiy muhitdan foydalanadi. 

Mahallalarda  amalga  oshiriladigan  tarbiyaviy  ishlarning  ota-onalar  orasidagi 

targ’ibot  markazi  maktab  bo’lishi  kerak.  Shu  bilan  birga  bola  tarbiyasida  va  asosan 

o’quvchi  shaxsining  rivojlanish  jarayonida  tarbiya-chining  ta’siri  har  bir  o’quvchi 

uchun ayrim o’ziga xosliklarga ega bo’lishi lozim. 

Insonning  idrok  jarayonini  rivojlantirishda,    ruhiy  fazilatlari  va  sifatlari, 

shuningdek,  bilish  jarayonlarini  shakllantirishda  uning  asab  sistemasining  o’ziga 

xosliklari  katta  rol  o’ynaydi.  Pedagog  va  psixologlar  ta’kidlashicha,  oliy  asab 

faoliyatining tug’ma turi hech o’zgarishsiz holmaydi, balki yashash sharoitining ta’siri 

ostida,  xususan  tarbiya  va  o’z-o’zini  tarbiyalash  natijasida  insonda  uzini  tiya  olish 

jarayonlari  idrok  jarayonini  rivojlantirish,  mus-tahkamlanishi,  asabiy  jarayonlarning 

kuchi  hamda  qarakatchanligi faoliyati oshishi mumkin.  Bu uz navbatida  qaysidir  bir 

darajada tugma ehtirosni niqoblashi, sir sifatida saqlab qoldirishi, uning ko’rinadigan 

shakllarini  silliqlashtirib  qo’yishi  mumkin.  Shunday  qilib  tarbiya  bunday 

munosabatlarda  insonning  rivoj-lanishiga  ma’lum  darajada  ta’sir  ko’rsatadi.  Tarbiya 

ta’sirining  eng  asosii  va  bosh  kurinishi  —  bu  shaxsning  umumiy  yunalgashshgini 



 

 

11 



shakllantirish,  uning  ma’naviy  ehtiyojlari  hamda  manfaatlarini  rivojlantirishdir. 

Pedagogika  fani  tomonidan  rivojlantirilayotgan  tarbiya  kontseptsiyasida  tarbiyaning 

faqatgina ob’ekti emas, balki sub’ekti ham hisoblangan insonning o’z faoliyatiga katta 

urin  beriladi.  Tarbiyalash  jarayonida  tarbiyachi  tomonidan  unga  taklif,  taqdim 

etiladigan o’quvchilarning inson tomonidan tushunilishi hamda qabul qilinishi katta rol 

uynaydi,  ya’ni  ularning  aqlan  o’ylab  ko’rilganligini  tushunishga  intilishini, 

haqgo’ylikni,  izohlanganlikni,  uning  izidan  borish  xohishi  qo’yilib  keladigan  ijobiy 

munosabatlarni  unda  shakl-lantiradi.  Inson  tomonidan  hayoti  mobaynida  uz  oldiga 

shaxsiy  maqsadlarni  qo’yishi,  ularni  bajarishga  inti-lishi,  ularni  muvaffaqiyatli  hal 

etishi, ularga etishishi uchun o’zida zarur bo’lgan sifatlarni hosil qilishi ham katta rol 

o’ynaydi.  Shaxsning  eng  ko’p  darajadagi  faolligi  qachonki  inson  o’zini  tarbiyalash 

xususida  jiddiy  o’ylay  boshlaganida,  o’zini  mukammallashtirish-ning  dasturini  ishlab 

chiqara borib, bu dasturni baja-rish uchun alohida, maxsus kuch-quvvat imkoniyatlarini 

sarflab turib, uz shaxsini faol shakllantirganida ko’proq namoyon bo’ladi. 

Tarbiya—tarbiyachining  insonning  ma’lum  bir  sifatlari  va  xususiyatlarini 

shakllantirish  uchun  maqsadiy  yo’nalishli  faoliyati      bo’lib,  har  doim  u  ma’lum  bir 

belgilangan  yosh  guruhiga  yo’naltirilgan  bo’ladi.  Chunki  ularning  uziga  xosliklari 

hamda    imkoniyatlari inobatga olingan holda real tarbiyaviy vazifalar ilgari surilishi 

hamda    tarbiyaviy   ta’sirning    aniqlangan, belgilangan usullari va vositalari   tanlab 

olinishi  mumkin.  Inson  hayotining  bunday  yoshga  ko’ra  bosqichlariga  maktabgacha, 

maktab,  o’spirin  yoshdagi  hamda  ijtimoiy  etuklik  davri  —  balog’at  yoshi  davrlari 

kiradi.  Mazkur  bosqichlarning  har  biri  ichida      rivojlanishning  o’ziga  xosligi  bilan 

belgilanadigan,  xarakterlanadigan  qisqa  muddatli  yosh  davrlari        aloqida  ajralib    

turadi.  Ayrim  yosh  bosqichlari  va  davrlarining  ajralish  qoidasi  juda  ham  shartlidir. 

Ko’p   hollarda ular bolalar yoki yoshlar bilan ma’lum bir maqsadga yo’naltiriladigan 

tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshiradigan  o’quv-tarbiya  muassasalari  tomonidan 

muvofiqlashtirilib turiladi. Bunda o’ziga xos aniqlangan asoslar mavjuddir, chunki bu 

asoslarning  tarkibiy  tuzilishida  o’quvchilar  rivojlanishining  o’ziga  xosliklari  haqida 

ilmiy ma’lumotlar aks etgan. 

Bolalar  va  yoshlarning  yoshiga  ko’ra  uziga  xosliklarini  o’rganish  bilan 

psixologiyaning  maxsus  tarmog’i  shug’ullanadi.  Bizning  psixologlarimiz  yoshiga 



 

 

12 



ko’ra  quyidagicha  davrlashtirishni  taklif  ztadilar:  dastlabki  bolalik  davri  —  3 

yoshgacha  bulgan  (ilk  bolalik  yoshidagi  bolalar  bog’chasi  guruhi),  bog’cha  yoshiga 

yaqin  bulgan  yoshlar  —  bolalar  hayotining  4-  yili  (bolalar  bog’chasining  kichik 

yoshdagilar guruhi), urtacha yoshdagi guruh — 5 yosh-lilar, katta yoshdagilar guruhi 

—  6  yoshlilar  va  tayyor-lov  guruhi  —  7  yoshlilarga  bulinadigan  —  maktabgacha 

bulgan  yoshdagilar  davriga  bo’linadi.  Maktab  yoshidagi-lar  ta’lim  va  tarbiyaning 

asosiy  bosqichlariga  muvofiq  ravishda  boshlang’ich  (I—II—III  sinflarga  kiritiladi 

gan),  urta  (IV  sinfdan  IX  sinflarga  qadar)  va  yukori  (IX  dan  XI  sinflarga  qadar) 

deb nomlanadigan esh davrlariga bulinadi. 

Bu  urinda  biz  yuqorida  tilga  olib  utgan  nomlardagi  ma’lum  uzgaruvchanlik  va 

shartlilikni  ta’kidlab  o’tar  ekanmiz,  ayrim  esh  guruhlari  orasidagi  chegara,  ajratilish 

o’rni  masalalarini  hal  etishda  ma’lum  darajada  ta’sir  ko’rsatadigan  ba’zi  bir  yangi 

hodisalarga  diqqat-e’tiborni  qaratish  lozim  deb  bilamiz.  Akseleratsiya  —  ya’ni  ko’p 

joylarda  sunggi  paytlarda  kuzatilgan  bolalarning  jismoniy  va  ruhiy,  ancha  barvaht 

buyiga usishi va shunga uxshashlar bunga misol bo’la oladi. 

Ta’lim  muddatining  uzaytirilishi  bilan  bir  qatorda  uspirinlarning  ijtimoiy 

balog’atga etishishi ancha kech sodir bulihi, jinsiy balog’atga etganlik bilan shaxsning 

iqtisodiy mustahilligining boshlanishi urta-sida farqlar vujudga kelishi kuzatiladi. Inson 

ri-vojlanishining  ayrim  bosqichlarini  yoshiga  kura  chegaralash,  ajratish  masalalarini 

tug’ri, oqilona hal etish faqatgina ta’lim berishni boshlash muddatini belgilash, uquv 

hajmi, o’quvchilar uchun kun tartibi, ularga ta’lim berish va tarbiyalashning vositalari 

hamda  usullarini  tanlash  uchungina  emas,  balki  huqu-qiy,  tibbiy  tajriba,  idrok 

jarayonidagi  me’yorlash  bilan  bulgan  ko’pgina  masalalarni  hal  etish  uchun  ham 

zarurdir 

Uspirin  eshidagi  uquvchilarni  tarbiyalashda  ma’lum  bir  qiyinchshshklar  ruy 

beradi.  Bular  tarbiyaviy  ta’sirga  ularning  umumiy  reaktsiyalarida,  norozilikla-rida 

namoyon  buladi.  Bu  yosh  davri  tuqnashuvlarga  boy  bulgan  mushkul,  jiddiy  davr 

hisoblanadi. Agarda oiladagi yaxshi muhit, shart-sharoit va maktab jamoasida dustlik, 

birodarlikdek  sog’lom  muhit  mavjud  bulganda,  ularning  jismoniy  idrok  jarayonini 

rivojlantirishning uziga xosligini hisobga olgan tug’ri tarbiyani tashkil etgan hollarda 

uspirinlar  shaxsini  shakllantirishga  pedagogik  rahbarliklar  qiyinchiliklarini  hal  etish 



 

 

13 



mumkin.  Bunga  ijtimoiy  muhit,  maktablardagi  yoshlar  tashkilotlarining, shuningdek, 

jamoatchilikning  faoliyati  ko’maklashadi,  kuchlarni  umumlashtirib  bu  yoshdagi 

Uquvchilarni faoliyatning turli-tuman turlariga faol jalb etishga harakat qiladi 

Shunday  qilib,  bu  yoshdagi uquvchilar bilan  ishlashda  pedagogik vazminlik  va 

chidam,  hamda  xushmuomalalikni  saqlagan  holda  ularga  individual  yondoshuvni 

maktabda  ham  shuningdek  maktabdan  tashqarida  ham  ularning  faoliyatini  to’g’ri 

tashkil etish tarbiyachshіar-ning zarur vazifalari hisoblanadi. 

Uspirinlarning hayotida, xususan VIII sinfda, ular to’liq o’rta ma’lumotni amalga 

oshirish  zarur  bo’lganda  har  xil  kasblarga  qiziqishi  ko’p  urin  egallaydi.  Ya’ni 

qaysidir  bir  maktab  fanlari  yuzasidan  o’zining  yuqori  darajadagi  qiziqish  sohasini 

belgilash  (kelgusida  esa  bilimlar  tarmog’ini)  va  shuningdek,  ularning  o’zlari  jalb 

etilgan  amaliy  faoliyat  turiga  mehr  qo’yishi  o’spirinlarning  hayotida  katta  o’rin 

egallaydi. O’quvchi-larni kasbga yo’naltirish ishlari odatda yuqori o’spi-rinlik yoshida 

boshlanadi. 

Maktab  sharoitida  (yoki  boshqa  o’quv  muassasasining)  tarbiyalash  bosqichi 

yakunlanayotgan bosqichda, ya’ni ilk bolalik davri yoki yuqori maktab yoshidagilar 

davrida  tarbiyaning  roli  yanada  yuqori  hisoblanadi.  O’quvchilarda  kelajakka 

yo’naltirilgan  uzoq  muddatli  rejalar  tuziladi,  dunyoqarashning  asoslari  shakllanadi, 

Hayotdagi  o’z  o’rniga  va  hayotga  mustaqil  qarashlari  vujudga  keladi.  Bu  bosqichda 

ham  shubqasiz  tarbiyachi  tomonidan  ma’lum  maqsadga  yo’naltirilgan  tarbiya 

belgilovchi  rol  o’ynaganlariga  qaramasdan,  xususan  shu  o’rinda  shaxs  faolligi 

namoyon bo’ladi. 

Bu bosqichda tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilarga kasbni tanlashda, ularning 

o’z oilasini tuzishga tay-yorlanishlarida, ijtimoiy faolligini shakllantirish-da, o’zining 

fuqaroviy mavqeini belgilashda yordam berishdan iboratdir. 

Bu o’rinda ham tarbiyalashga yakka (individual), alog’ida shaxsni ajratib olgan 

holda  yondoshish  zarur.  Chunki  bu  yoshdagi  xar  bir  o’quvchida  ma’naviy  ehtiyoj-

larini  idrok  jarayonini  rivojlantirish  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlar  asosida 

belgilanadigan,  shaxsiy  qiziqishlar  sohasini  a  ks  ettiradigan  individuallik  yaqqol 

namoyon  bo’ladi.  Shu  bilan  birga,  individual  yondoshish  individual  iq-tidorlar  va 

qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  yaxshi  shart-sharoitlarni  yaratishga  zarur 



 

 

14 



bo’libgina  qolmas-dan,  balki  yaxlit,  umumiy  o’quv  dasturining  o’quvchila-rini 

bajarishda  qiynalayotgan  kimsalarga  yoki  xatti-xarakatlar  me’yoridan  chetga  chiqib, 

mehnat  va  jamoat  intizomini  buzganlarga  yordam  ko’rsatish  uchun  ham  zarurdir. 

Maktab  yoshlarni  hayotga  va  jamoada  mehnat  qilish-ga  tayyorlashga,  xar  bir 

baloqatga  etmagan  yoshlar  va-kilining  shaxs  sifatidagi  yo’nalishini  belgilab  bera-

digan  dunyoqarashini  shakllantirish  uchun  jamiyat  oldida  juda  ham  mas’uliyatli 

bo’lib, unda beqiyos buyuk javobgarlik x.issi yotadi. 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling