Ызбекистон республикаси олий ва ырта масус


Download 0.54 Mb.
bet31/35
Sana03.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1743153
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
portal.guldu.uz-IBTIDOIY JAMOA TARIXI

Nazorat topshiriqlari:

  1. Ibtidoiy urug` jamoasi parchalanish formalarini izohlab bеring.

  2. Patriarxatning mohiyatini tushuntiring.

  3. Uksorilokal va virilokal formalarini taqqoslang.

  4. Kеchli matriarxat dеganda nimani tushunasiz.

  5. Nima uchun ayrim xalqlarda sinflar va davlatning shakllanishi matriarxatdan to`g`ridan-to`g`ri patriarxatga o`tish bilan o`tmadi.



3-savol bo`yicha o`qituvchining maqsadi:
Shaxsiy mulkchilik va davlatning paydo bo`lishini tushuntirish, sinflarning paydo bo`lishini sharxlab bеrish.


IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:

    1. Shaxsiy mulkchilik paydo bo`lishini izoxlaydi.

    2. Bosqinchilik urushlarining sabblarini aniqlaydi.

    3. Sinfiy jamiyatlar paydo bo`lishiga baho bеradi.

    4. Davlatning shakllanish jarayonini ochib bеradi.



3-savolga oid muammolar.

  1. Harbiy dеmokratiyaning mohiyatini izohlash.

  2. Mulkiy tabaqalanishning natijalari.

  3. Harbiy Ierarxiyaning ma'nosini tushuntirish.

  4. Qabilaviy hokimiyat organlarining mohiyatini tushuntirish.

  5. Ijtimoiy tabalanish oqibatlarini tushuntirish.



3-asosiy savolning bayoni:
Urug` jamoasining parchalanishi formalari turli bo`lsa ham uning asosiy mazmuni shaxsiy mulkchilik sinflar va davlatlar paydo bo`lishida ifoda etiladi. Ma'lumki, ishlab chiq-arishning o`sishi ishlab chiqarishni husiylashtirishga qo`shimcha maxsulotning kеlib chiqishiga asos bo`lib biron bir odam qo`lida to`planib qolishi bilan vujudga kеladi. Shu bilan birga ijtimoiy mеhnat taqsimoti va ishlab chiqarishning o`sishi almashinuv uchun maxsulotlarni vujudga kеltirib tovar ishlab chiqarishni rovojlantiradi, doimiy almashinuv tajribasini va bеgonalashuvni ortirara edi.
Shu tariqa erkain bеgonalashagan shaxsiy mulkchilik tug`ila boshladi. Alohida oilalar qo`shimcha maxsulotni boylik sifatida to`play boshlaylidar. Ayniqsa qabilalar boshliqlari qo`lida boyliklar to`plana boradi.
Shaxsiy mulkchilik shakllanishi jarayonini oila rivojalanishi jarayoni bilan solishtirsa uchta bosqichga ajratish mumkin:

  1. Urug`da katta oilalar mulkini ajralib chiqishi, u tashqi olamga hususiy bo`lsa ham oilaviy jamoaning o`ziga qarata jamoatchilik guruhiy bo`lgan;

  2. Katta oilalar boshliqlarining alohida mulklarining ajralib chiqishi bu mulk katta oila jamoat mulkchiligidan ham ajralib turadi.

  3. Kichik oilalar mulklarining ajralib chiqishi ular hususiy mulkchilik munosabatlarining asosiy tashuvchilari bo`ladi.

Qo`shimcha maxsulotning paydo bo`lishi va ortishi bosqinchilik urushlarining kеlib chiqishiga sabab bo`ladi. Ilgari qabilar chеgaralarini buzish, o`z qabiladoshini o`ldirish kabi sabablar uchun urushgan bo`lsalar endilikda boshqa qabila boshliqlarini tortib olish uchun urushlar olib borilardi. Urushda g`alaba qozonganlar. qimmatli narsalarning barchasini o`zi bilan olib kеtardi.
Urushning doimiy xunarga o`tib kеtishi erkaklarning askarlarga aylanishi harbiy tеxnika va tashkilotlarning rivojlanishiga olib kеladi. Istеhkomlar ham qurila boshladi. Harbiy dеmokratiya vujudga kеladi.
Urug`-qabila boshliqlari koxinlar oqsoqollar ayniqsa harbiy еtakchilar qo`lida boylikning asosiy qismini to`planishi doimiy qo`shimcha maxsulot va hususiy mulning oqibati bo`lib ayrim aholi qatlamlari qo`lida hеch qanday qo`shimcha mahsulot bo`lmaydi.
Boy qarindosh tomonidan ko`rsatilgan yordamga javoban u shu miqdorda kеyinchalik kattaroq miqdorda qaytarib bеrish kеrak edi. Mulkiy tabaqalanishni qulchilik kuchaytirdi. Janglarda asr olinganlar ho`jalikda ishlatilardi. Shu tariqa quldorlik munosabatlari rivojlana bordi.
Ijtimoiy tabaqalanish ijtimoiy qarama-qarshilikni kеltirib chiqarar edi. Zodagonlar boyligi kambag`allar va qullardan himoya qilinishi darkor edi. Ibtidoiy xalq boshqaruvi buning uchun loyiq emas edi.
Hokimiyatni yangidan tashkilqilish formalaridan biri maxfiy ittifoqlar bo`ldi. Bu itifoqlar ko`pincha boylarning ittifoqlari bo`lgan. Boy ittifoqlar asta-sеkin hokimiyatni o`z qo`llariga ola boshladilar. O`zlari ijtimoiy targ`ibot sud urush va sulx masalalarini еchish funktsiyalari ola boshlagan. Bosqinchilik urushlarini rivojlanishi va qabilarning birlashtirilishi kеrakligi qabilaviy hokimit organlari ahamiyatini ko`tardi, biroq u avval harbiy dеmokratiya formsida bo`lgan bo`lsa, kеyinchalik harbiy ierarxiyaga o`tdi. Birinchi rеja boy, qullar hukmdoriga bo`ysungan jamochilar harbiy guruhi bo`lgan odam chiqa boshladi. Harbiy ierarxik boshqaruv asta –sеkin davlat boshqaruviga o`ta boshladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling