Ызбекистон республикаси олий ва ырта
moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozlar va imkoniyatlar
yaratib berish, avvalo, uy-joy bilan ta‘minlash uchun birinchi galda davlat va jamiyat mas‘uldir. 2012 yilga mo‗ljallangan rejalarda Davlat byudjetining 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‗naltirilgan bo‗lib, uning aksariyat qismi, avvalo sog‗liqni saqlash, ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat tarmoqlarini yuksaltirishga qaratilgan.Ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar miqdori 20 foizga, aholining real daromadlari esa 22-24 foizga ko‗payishi belgilanmoqda 3 .YUrtimizdayosh oilalarga ko‗rsatilayotgan diqqat-e‘tibor va g‗amxo‗rlik haqida ko‗pgapirish mumkin. Lekin bunday sa‘y-harakatlar izchil davom ettirilishi lozimligini tan olmoq va ta‘kidlamoq darkor. ―2012 yilda 2009 yilda boshlangan va xalqimizni, avvalambor qishloq joylarda yashayotgan aholining kelajagini o‗ylab amalga oshirilayotgan, butun jamiyatimizning e‘tibor markazida turgan, ya‘ni qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarni qurish, kommunal-maishiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan dasturni davom ettirish ko‗zda tutilmoqda. 2011 yilda 7 ming 400 ta oila umumiy maydoni 1 million 100 ming kvadrat metr bo‗lgan, 3 Каримов И.А. Ўзбекистон халқига янги йил табриги. – ―Халқ сўзи‖ газетаси, 2011 йил 8 декабрь. 11 har tomonlama qulay uy-joylarga, zamonaviy sharoitlarga ega bo‗lgan bo‗lsa, 2012 yilda 8 ming 510 ta oila shahar sharoitidan hech kam bo‗lmagan ana shunday yangi uy-joylarga ko‗chib kirishi mo‗ljallanmoqda‖ 4 . Oila mustahkamligini ta‘minlashda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish idorasi sifatida, ―haqiqiy demokratiya darsxonasi‖ 5 , ―xalq vijdoni‖ 6 sifatida e‘tirof etiladigan mahalla tizimining o‗rni beqiyosdir. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta ―mahalla‖ tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritildi. Mahallaning jamiyat boshqaruvidagi o‗rni va maqomi qat‘iy belgilab qo‗yildi. Qabul qilingan ―Mustahkam oila yili‖ Davlat dasturida mahallaning jamiyatimizdagi, kundalik hayotimizdagi o‗rni va ahamiyatini kengaytirish, uning nufuzi va obro‗-e‘tiborini yanada oshirish masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Oilaningta’lim-tarbiya muassasalari bilan hamkorligi, ya‘ni maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta‘lim maktablari, o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalari (litsey va kollejlar), oliy o‗quv yurtlari bilan amaliy hamkorligini yanada kuchaytirish vazifalari Davlat dasturidan muhim joy egallagan. CHunki xalqimiz orasida qaror topgan azaliy qadriyatlarniasrab-avaylashda, ma‘naviy hayotni yuksaltirishda, jamiyatda insoniy fazilatlarni keng qaror toptirishda, bizning milliy tabiatimiz va urf-odatlarimizga mutlaqo zid bo‗lgan har qanday zararli, buzg‗unchi g‗oyalar va ta‘sirlarga qarshi turishdaoila va ta‘lim-tarbiya muassasalari mustahkam tayanch vazifasini o‗taydi. Dunyoqarashi va maqsadlari butunlay o‗zgacha bo‗lgan yangi avlodni tarbiyalash, uni turli-tuman yot ta‘sirlardan asrab-avaylash, hech kimdan kam qilmay voyaga etkazishda oila instituti shubhasiz, mustahkam o‗rin tutadi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling