Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Fan bo„yicha o„quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.YU.Brink va N.A.Savelevalar
- V.A.Goremikin va N.V. Nesterevalar
Fan bo„yicha o„quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili. Quyida mutaxassis va
talabalar uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan eng qiziqarli hamda «Biznes- rejalashtirish» fani bo‗yicha milliy o‗quv rejalari dasturlariga mos keluvchi adabiyotlar to‗g‗risida ma‘lumot berishni lozim topdik. I.YU.Brink va N.A.Savelevalar muallifligida tayyorlangan va 2003 yili Rostovda chop etilgan «Korxonaning biznes-rejasi. Nazariya va amaliyot» («Biznes- plan predpriyatiya. Teoriya i praktika.») deb nomlangan o‗quv-amaliy qo‗llanma korxona menejerlari va iqtisodchilari, oliy o‗quv yurtlari talabalari, kollej o‗quvchilari hamda biznes maktablari tinglovchilariga mo‗ljallangan. Qo‗llanmada biznes-rejani ishlab chiqishning zarurati va asoslari hamda uning asosiy bo‗limlarini yoritishning mazmuni keng bayon qilingan. Har bir bo‗limni ishlab chiqishda bo‗limning to‗la rejasi, zaruriy ma‘lumotlarni to‗plash va qayta ishlashga puxta yondashish va uni aks ettirishning maqsadga muvofiq shaklini tanlashga yordam beradigan, muammoning nazariy jihatlarini o‗z ichiga oluvchi sharhlar, aniq misollar keltirilgan. Qo‗llanmada material ko‗plab jadvallar orqali yoritiladi, bu esa axborotni oson qabul qilishni, matnni sodda va lo‗nda ifodalanishini ta‘minlaydi. Ushbu qo‗llanma o‗z ichiga samarali strategiyani tanlash va moliyalashtirish manbalarini jalb qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni oluvchi mukammal biznes-rejani ishlab chiqish imkoniyatini beradi. O‗quv materialini o‗zlashtirishning to‗laligini baholash uchun qo‗llanma bo‗limlarining asosiy qismi nazorat savollari va masalalar bilan ta‘minlangan. V.A.Goremikin va N.V. Nesterevalar muallifligida tayyorlangan va 2003 yili Moskvada chop etilgan «Biznes-rejalar ensiklopediyasi: Ishlab chiqish uslubi. 75 ta real biznes-reja na‘munalari» (Ensiklopediya biznes-planov: Metodika razrabotki. 75 realno‗x obrazsov biznes-planov.) nomli qo‗llanma korxona rahbarlari va mutaxassislari, o‗z ishini boshlovchi tadbirkorlar, oliy o‗quv yurtlari iqtisodiy fakultetlari talabalari va o‗qituvchilari uchun mo‗ljallangan. Unda biznes-rejaning barcha bo‗limlarini asoslashning uslubiyati va uslublari lo‗nda va hammaga oson tushuniladigan shaklda yoritilgan. Sanoat va oziq-ovqat 6 tovarlari ishlab chiqarish, qurilish va tadbirkorlikning turli sohalarida xizmat ko‗rsatish, bank ishi, meditsina xizmati, savdo va multimedia sohalari bo‗yicha 75 ta real biznes-reja na‘munalari keltirilgan. V.M.Popov taxriri ostida 2001 yili Moskvada chop etilgan «Biznes-rejalar to‗plami sharh va tavsiyalar bilan» (Sbornik biznes-planov s kommentariyami i rekomendatsiyami) nomli qo‗llanmada firmada biznes-rejalashtirish jarayoni qisqa va lo‗nda bayon etilgan hamda biznes-rejani ishlab chiqish va monitoringi bo‗yicha dasturiy vositalar tahlil qilinadi. Biznes-rejalarning real na‘munalari keltirilgan bo‗lib, ularni amalga oshirish yuqori tijorat samarasini berishi mumkin. Qo‗llanmada biznes-rejani amalga oshirish bo‗yicha ishlarni tashkil etishning mazmuni va tartibi ko‗rsatib beriladi. Bundan tashqari halqaro biznes talablariga javob beruvchi na‘munaviy xujjatlar keltiriladi, biznes-rejani ishlab chiquvchilar tomonidan yo‗l qo‗yiladigan an‘anaviy xatolar tahlil qilinadi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling