Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
Marketing byudjeti.
Biznes-rejaning ushbu moddasida marketingga oxirgi uch yilda qilingan xa- rajatlar va rejalashtirilayotgan davrdagi xarajatlar keltiriladi. Xozirgi davrgacha byudjetni shakllantirishning yagona uslubiyati ishlab chi- qilmagan bo‗lib, har bir korxona marketing bo‗yicha xarajatlar moddalarini aniqlashda o‗z yondoshuvidan foydalanadi va qanday axborotlarni unda aks ettirishni o‗zi belgilaydi. Marketing byudjetini hisoblashda quyidagi uslublardan foydalanishi mumkin. a) «imkoniyatlarga ko‗ra» moliyalashtirish uslubi - marketing va iste‘molchilardan ko‗ra ishlab chiqarishga ustivorlik beruvchi korxonalar tomonidan qo‗llanadi. «Qancha mablag‗ ajratish imkoniyatiga egasiz» tamoyiliga asoslanadi; b) qat‘iy foizlar uslubi - marketinga ajratiladigan mablag‗lar sotish xajmining o‗tgan davrlardagi, joriy yoki kelgusi miqdoriga nisbatan ulushlarda ajratiladi; v) «raqobatchiga mo‗ljallangan» uslub - marketingga xarajatlar darajasi bozor- da resurslari va ulushiga ko‗ra o‗ziga yaqin turgan raqobatchining xarajatlariga ko‗ra belgilanadi; g) maksimal xarajatlar uslubi – «iloji boricha ko‗proq xarajatlar marketingga» tamoyiliga asoslanadi; d) maqsad va vazifalarga asoslangan uslub - korxonada qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun marketing tadbirlarini olib borish xarajatlari kalkulyasiyasiga asos- lanadi. Byudjetning hajmi aniqlangandan so‗ng bajariladigan tadbirlar bo‗yicha taqsimlanadi. Qisqa xulosalar Biznes-reja tuzilmasida marketing rejasi korxonaning mahsulot sotuv bozorlarini va raqobatchilarini baholash hamda marketing strategiyasini asoslab berishi mo‗ljallangan. Marketing rejasi doirasida bozor sig‗imi haqidagi, bozorning to‗yinganligi va sig‗imining o‗zgarishi haqidagi ma‘lumotlar shakllantiriladi, bozorni segmentlashtirish usullari aniqlanadi, sotuv hajmi va raqobatchilar hatti-harakatlari bashorat qilinadi, tovarni tarqatishning prinsipial sxemalari, bahoni shakllantirish usullari ishlab chiqiladi. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o‗z ichiga quyidagi vositalarni oladi: reklama, sotuvni rag‗batlantirish, shaxsan sotish, jamoatchilik bilan ishlash, to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing, sponsoring, mahsulot- pleysment, brending. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling