Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
strategiyasi nomi bilan mashhur. Bu holda korxona dilerlarni xarid qilingan har o‗nta
tovar uchun bitta tovarni bepul berish yo‗li bilan rag‗batlantiradi. Ikkinchi usul intensiv reklama kampaniyasini o‗tkazish yo‗li bilan xaridorlarni jalb qilish strategiyasidir. Uning maqsadi xaridorlarni taklif etilayotgan tovar yoki xizmat tavsifnomalari bilan tanishtirishdan tashqari, ularda reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatni xarid qilish istagini uyg‗otish hisoblanadi. Tovarni bozor tomon harakatlantirishni rag‗batlantirish so‗nggi paytda FOSSTIS tizimi (talabni shakllantirish va sotuvni rag‗batlantirish xizmati) yordamida amalga oshirilib, unda tovarni ishlab chiqarish, uni harakatlantiish va reklama qilish 93 jamiyat ehtiyojlari bilan bog‗lanashi. FOSSTIS - talabni shakllantirish va sotuvni rag‗batlantirish xizmati (inglizcha- formation of demond and stimulation of sale) kompleksiga reklama, tovar harakati va jamoatchilik bilan aloqalar kiradi. Bu vositalar nafaqat talabni shakllantirish (FOS), balki sotuvni rag‗batlantirishga ham ta‘sir ko‗rsatadi. FOS tadbirlari potensial xaridorga yo‗naltirilgan bo‗lib, uni yangi bozorga endigina chiqarilayotgan tovar bi- lan tanishtiriladi. «Tanishtiruvchi reklama», ko‗rgazma va yarmarkalarda ishtirok et- ish usullaridan foydalaniladi. Maqsadi - iste‘molchilar ongida mahsulot obrazini shakllantirish va faqatgina shu mahsulot boshqalaridan ko‗ra ko‗proq belgilangan talabni qondirishini ko‗rsatish. STIS tadbirlari bozorda yangilik hisoblanmaydigan tovarlarni sotishni ken- gaytirishga yordam beradi. Bunday tovar haqida FOS tadbirlari va xaridorning o‗z tajribasi asosida ma‘lum tasavvurlar paydo bo‗lgan. STISning vazifasi esa xaridorni yana xaridga undash hamda tovarning bozordagi hayotiylik bosqichi va korxonaning baho siyosatiga ko‗ra yangi segmentlarda tarqalishini, bozordagi ulushini oshirishni ta‘minlashdan iborat. Xaridor uchun tovarni FOSSTISning qaysi tadbiri orqali sotib olganligini qizig‗i yo‗q. Lekin FOSSTIS tadbirlariga mablag‗ ajratayotgan korxona rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko‗ra ta‘sir doirasini yanada aniqroq belgilash (axborotlarning yo‗naltirilganligi), ommaviy aloqa kanallarining maqbul- larini tanlash, tovarning ijobiy tomonlarini to‗laroq yoritish, ko‗rgazmali vositalar, matnlar mazmuni va shaklini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini baholash mumkin. FOSSTISning kommunikativ ta‘siriga ko‗ra xaridorlar tovarni yuqori iste‘mol qiymatiga ega deb tasavvur qiladilar. FOSSTIS tadbirlariga qilinadigan xarajatlarni rejalashtirishda mablag‗larni quyidagicha taqsimlash maqsadga muvofiq: matbuotda reklama (FOS) uchun - 30%; bosma nashr shakldagi (prospektlar, kataloglar) reklama uchun –15%; ko‗rgazma va yarmarkalar uchun - 15%; to‗g‗ridan-to‗g‗ri reklamaga - 10%; yodgorliklar (suvenirlar) va boshqa tadbirlar (STIS) uchun - 7,5%; dilerlar, agentlarning ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishish uchun xiz- mat safarlariga –7,5%; jamoatchilik bilan aloqalar (PR) uchun - 7,5% ko‗zda tutilmagan tadbirlar uchun - 7,5% Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling