Ызбекистон республикаси олий ва ырта


«Past baholar» yoki «bozorga yorib kirish»


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

«Past baholar» yoki «bozorga yorib kirish» strategiyasida mahsulotga 
dastlab past baho o‗rnatiladi va talabni rag‗batlantiriladi. Raqiblar bozordan siqib 
chiqariladi va asosiy ulush egallanadi, sekin asta mahsulot bahosi oshirib boriladi. Bu 
strategiyani qo‗llash quyidagi sharoitlarda maqsadga muvofiq: bozor baho 
o‗zgarishiga juda sezgir va past baholar uning kengayishiga yordam beradi; xa-
rajatlarning o‗sib borishi bilan ishlab chiqarish va sotish xajmi qisqarib boradi; raqo-
batchilar uchun past baholar qiziqarli emas. 
Bahoni shakllantirish usulini tanlash. 
Biznes-rejada korxona bahoni belgilashda foydalanadigan usullarni ko‗rsatish 
lozim. Bahoni shakllantirishning eng ko‗p qo‗llaniladigan usullarni ko‗rib chiqamiz:

 
o‗rtacha xarajatlar qo‗shuv foyda; 

 zararsizlik va maqsadli foyda; 

 tovarning qimmati bo‗yicha tutgan o‗rniga yo‗naltirilgan;  

 raqobatga yo‗naltirilgan. 
Korxonaning baho taktikasi. 
Boshlang‗ich, dastlabki bahoni belgilash va uning maqsadiga muvofiq 
o‗zgarishi yo‗nalishlarini aniqlab olish bilan bahoni shakllantirish jarayoni to‗xtab 
qolmaydi. Bahoni belgilashda bozorni o‗zgarishini hisobga olib borish lozim, lekin 
mahsulotning bahosini (narxi) o‗zgarishi belgilangan bahoning yuqori va quyi 
chegarasida bo‗lishi kerak. Bozor talablariga ko‗ra bahoni to‗g‗rilab borish, ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan bir qator qarorlar qabul qilishni ko‗zda tutadi. Natijada 
ma‘lum bosqichdagi mahsulotning oxirgi bahosi o‗rnatiladi. 
Korxonaning baho taktikasi yoki dastlabki bahoni to‗g‗rilab borish 
yo‗nalishlarining eng asosiylarini ko‗rib chiqamiz. 
Uzoq muddatli bahoni belgilash. Iste‘molchilarda ma‘lum bir mahsulot 
to‗g‗risida va uning belgilangan bahosi to‗g‗risida tasavvurlar paydo bo‗lishi uchun 
baho o‗zgarmasdan qoladi hamda bozor o‗zgarishlariga berilmaydi. Bunday barqaror 
baholarni shunday mahsulotlarga qo‗yish kerakki, ularga bo‗lgan talab ham barqaror 
o‗zgarmas bo‗lsin. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling