Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Foydani maksimallashtirish


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Foydani maksimallashtirish maqsadini qo‗yilishi, korxona o‗z joriy foydasini 
maksimallashtirishga intilayotganligini bildiradi. Korxona bahoning turli darajalarida 
talab va xarajatlarni tahlil qiladi va xarajatlarni maksimal qoplanishini ta‘minlaydigan 
bahoni tanlaydi. 
Bozorni saqlab qolish maqsadi korxonaning bozordagi mavjud holatini va o‗z 
faoliyati uchun maqbul sharoitlarni saqlab qolishni ko‗zda tutadi. Bu esa sotish 
xajmini tushib ketishi va raqobat kurashining keskinlashuvini oldini olish uchun turli 
chora-tadbirlarni qo‗llashni talab qiladi. 
Uzoq mudatli maqsadlardan tashqari korxona baho siyosatining qisqa muddatli 
maqsadlarini ham qo‗yishi mumkin. Ularga odatda quyidagilarni kiritish mumkin:
 bozordagi holatni barqarorlashtirish; 
 baho o‗zgarishining talabga ta‘sirini kamaytirish;
 mahsulot bahosi bo‗yicha etakchilikni saqlab qolish;
 mumkin bo‗lgan raqobatni cheklash;
 korxona yoki mahsulot imidjini oshirish; 
 bozorda zaif mavqeda turgan tovarlarni sotishni rag‗batlantirish.
Talabni aniqlash biznes-rejaning ''Bozorni baholash va iste‘molchilik talabini 
o‗rganish'' bo‗limida mufassal yoritiladi(8.2§).
Xarajatlarni baholash. Tovar bahosining quyi chegarasi uni ishlab chiqarish 
va sotish bo‗yicha xarajatlar darajasi orqali aniqlanadi. Bu hisob-kitoblar biznes-
rejaning ''Ishlab chiqarish rejasi'' bo‗limida amalga oshiriladi. 
Korxonaning baho strategiyasi.
Biznes-rejada ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo‗yicha korxonaning baho 
strategiyasini ko‗rsatish mumkin. 
YUqori baho yoki «qaymog„ini olish» strategiyasi - avvalo tovar bahosini 
ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o‗rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu 
usul bilan yangi tovarlar (patentlar bilan himoyalangan) sotiladi va bozorga kirgan-
dan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. 
YUqori baho strategiyasi korxonaga xarajatlarni tezda qaytarib olishga yordam be-


90 
radi. Keyinchalik bozorda o‗xshash tovarlar - raqiblar paydo bo‗lgandan keyin korx-
ona o‗z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovarlar 
modifikatsiyasini yarata boshlaydi. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling