Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

BIS = BS - MM + NE, 
bu erda
BIS - bozorning import sig‗imi; 
ME - milliy eksport, aniqlanishi ME = EX – RE;
RE – reeksport hajmi. 
Nisbiy bozor ulushi korxonaning bozordagi ulushi va raqobatchilar ulushining 
nisbati sifatida aniqlanadi: 
NBU =O‗BU - RBU 
bu erda:
O‗BU – o‗z bozor ulushi; 
RBU – raqobatchilar bozor ulushi. 
Bozorni segmentlash bir tomondan korxonaning marketing faoliyati 
yo‗naltirilgan bozor qismi va ob‘ektlarini aniqlashni, ikkinchi tomondan bozorda 
qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvini, marketing elementlarini 
to‗g‗ri tanlashga asos yaratishni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda bozorni 
segmentlash – bu bozorni ko‗rsatkichlari va u yoki bu faoliyat turiga (reklama, sotish 
kanallari va usullari) reaksiyasi bo‗yicha bir-biridan farq qiluvchi qismlarga 
ajratishdir. 
Segmentlash ob‘ekti birinchi navbatda iste‘molchilardir. Alohida tarzda ajratib 
olingan va umumiy tamoyillarga ega bo‗lgan holda ular bozor segmentini tashkil 
etadi. Segmentlar soni ko‗p bo‗lganda ularning har biri talablariga moslashish juda 
qimmatga tushishi mumkin. SHu sababli shaxsiy foydalanish tovarlariga nisbatan 
doimo yirik segmentlarni belgilash lozim.
Segmentlashda tovar o‗z xaridorini topishi lozim. Bozorning tuzilmasini tadqiq 
etish bunga eng kam xarajatlar bilan erishi imkoniyatini beradi. Bunda bozor 
kon‘yunkturasini bilish ham muhim bo‗lib, u mazkur tovar turiga talab va taklif 
o‗rtasidagi munosabat hamda narx darajasi va ular o‗rtasidagi munosabat bilan 
tavsiflanadi. Bozor kon‘yunkturasini o‗rganishdan asosiy maqsad sanoat va savdo 
faoliyati bozor holatiga qanchalik ta‘sir ko‗rsatishi, uning kelajakdagi rivojlanishi 
hamda aholining tovarlarga bo‗lgan talablarini to‗laroq qondirish uchun nimalar 
qilish kerakligini aniqlash hisoblanadi. 
Iste‟molchilarni tadqiq qilish iste‘molchilarni tovarni tanlashga undovchi 
omillar majmuini (daromad, ijtimoiy holat, yosh tuzilmasi, ma‘lumoti va hokazo) 
aniqlash va o‗rganishga imkon beradi. YAkka tartibda iste‘molchilar, oilalar, uy 
xo‗jaliklari hamda iste‘molchi tashkilotlar bu erda ob‘ekt vazifasini bajaradi. 
Tadqiqot predmeti iste‘molchilarning bozordagi xulq-atvori va uni belgilab beruvchi 
omillar hisoblanadi. Iste‘mol tuzilmasi, tovarlar bilan ta‘minlanganlik, iste‘mol talabi 
tendensiyalari o‗rganiladi.
Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar 
bilan qondirish mexanizmini aniqlash katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina 
mahsulot ko‗p sotilishiga umid qilish mumkin. Taklif etiluvchi mahsulot avvalo
iste‘molchi uchun foydali bo‗lishi, undan keyingina ishlab chiqaruvchining o‗ziga 
yoqishi lozim. 


88 
Raqobatchilarni o‗rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega 
bo‗lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma‘lumotlarni olishdan 
iborat. SHu maqsadda raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib, 
ularning bozordagi ulushi, iste‘molchilarning raqobatchilar marketing vositalariga 
(tovarni takomillashtirish, tovar markalari, reklama kompaniyalari, servisni 
rivojlantirish) reaksiyasi o‗rganiladi. Raqobatchilarning moddiy, moliyaviy va 
mehnat salohiyati, mehnat faoliyatini boshqarishni tashkil qilishi o‗rganiladi. Bunday 
tadqiqotlar natijasida bozorda raqobatchilarga nisbatan qulay holatga erishish uchun 
imkoniyat va yo‗l tanlash, taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat bo‗yicha 
ustunligini ta‘minlash strategiyasini aniqlash mumkin bo‗ladi. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling