Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Sifat sohasidagi korxona strategiyasi
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarning bozor atributlari (belgilari).
- Tovar belgisi
- Marka belgisi
Sifat sohasidagi korxona strategiyasi. Biznes-rejaning ushbu bandida
quyidagilar aks ettiriladi: xaridor uchun eng jozibali bo‗lgan sifat jixatlarining tavsifi; mahsulot jozibadorligining o‗zgarishi yo‗nalishlari; mahsulot sifatini oshirish borasidagi korxonaning strategik yo‗nalishlari. Dizayn strategiyasini belgilash. Bunda quyidagilarni yoritish lozim; dizayn borasidagi korxona harakatlarining strategik yo‗nalishlari; korxona mahsulotni dizayni bo‗yicha xizmat ko‗rsatishni tashkil etish; dizayn xizmatiga qilinadigan xarajatlar. Tovarning bozor atributlari (belgilari). Biznes-rejada tovarning bozor atributlariga alohida e‘tibor berish lozim. CHunki uning tashkil etuvchilari tovarni iste‘molchi tomonidan qabul qilinishida kat- ta ahamiyatga egadir. SHuning uchun tovarning markasi, qadoqlanishi, xossalari va bajaradigan vazifalarini mufassal bayon etish lozim. Tovar belgisi - huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi bo‗lib, tovar sotuvchisining faqatgina o‗ziga marka nomi va marka belgisidan foyda- lanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va mar- kani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy elementi bo‗lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi. Tovar markasi - bu ramz, belgi, surat, nom bo‗lib, bir yoki bir necha ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarning solishtirishni (identifikatsiya) va raqobatchilar mahsulotlaridan farqlanishini ta‘minlaydi. Markalar o‗z ichiga maxsus ramzli belgilar, rasmlar, nomlar va ularning qo‗shilmalarini qamrab olishi mumkin. Marka nomi - markaning bir qismi bo‗lib, talaffuz qilish mumkin bo‗lgan xarf, so‗z yoki ularning qo‗shilmasi tarzida ifodalanishi mumkin (masalan, «Mersedes-bens», «Tip-top»). Marka belgisi - markaning bir qismi bo‗lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib olinadigan belgi, rasm shaklida bo‗lishi mumkin (masalan, «Jeneral motors» uchun «GM» belgisi). Firmaning nomi, markasi belgisi o‗rnatilagan tartibda ro‗yxatdan o‗tgan, ya‘ni huquqiy himoyalangan bo‗lsagina kuchga kiradi. Korxona nomini tanlashda quyidagilarga e‘tibor berish lozim: u nom ilgari ro‗yxatdan o‗tkazilgan nom bilan bir xil bo‗lmasin; 85 korxonaning yoki kompaniyani tashkil etuvchilarining ismidan, mashhur shaxslar nomlaridan iborat bo‗lmasin, aks holda ularning o‗zlari yoki mero- sxo‗rlaridan ushbu nomdan foydalanish uchun ruxsat olish lozim bo‗ladi; qonunchilik talablariga yoki ijtimoiy axloq normalariga zid bo‗lgan nom- larni o‗z ichiga olmasin. O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‗ra indentifikatsiya qilish va tegishli guvohnoma asosida nom berish mahalliy (tuman, shahar) statistika idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnoma olish uchun korxonaga yoki firmaga qo‗ymoqchi bo‗lgan nom ko‗rsatilgan arizani taqdim etish kifoya qiladi va arizani uch ish kunida ko‗rib chiqiladi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling