Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Sifat sohasidagi korxona strategiyasi


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Sifat sohasidagi korxona strategiyasi. Biznes-rejaning ushbu bandida 
quyidagilar aks ettiriladi:
 xaridor uchun eng jozibali bo‗lgan sifat jixatlarining tavsifi; 
 mahsulot jozibadorligining o‗zgarishi yo‗nalishlari; 
 mahsulot sifatini oshirish borasidagi korxonaning strategik yo‗nalishlari. 
Dizayn strategiyasini belgilash. Bunda quyidagilarni yoritish lozim; 
 dizayn borasidagi korxona harakatlarining strategik yo‗nalishlari; 
 korxona mahsulotni dizayni bo‗yicha xizmat ko‗rsatishni tashkil etish;
 dizayn xizmatiga qilinadigan xarajatlar. 
Tovarning bozor atributlari (belgilari). 
Biznes-rejada tovarning bozor atributlariga alohida e‘tibor berish lozim. 
CHunki uning tashkil etuvchilari tovarni iste‘molchi tomonidan qabul qilinishida kat-
ta ahamiyatga egadir. SHuning uchun tovarning markasi, qadoqlanishi, xossalari va 
bajaradigan vazifalarini mufassal bayon etish lozim. 
Tovar belgisi - huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi 
bo‗lib, tovar sotuvchisining faqatgina o‗ziga marka nomi va marka belgisidan foyda-
lanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va mar-
kani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy 
elementi bo‗lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi. 
Tovar markasi - bu ramz, belgi, surat, nom bo‗lib, bir yoki bir necha ishlab 
chiqaruvchilar mahsulotlarning solishtirishni (identifikatsiya) va raqobatchilar 
mahsulotlaridan farqlanishini ta‘minlaydi. 
Markalar o‗z ichiga maxsus ramzli belgilar, rasmlar, nomlar va ularning 
qo‗shilmalarini qamrab olishi mumkin. 
Marka nomi - markaning bir qismi bo‗lib, talaffuz qilish mumkin bo‗lgan 
xarf, so‗z yoki ularning qo‗shilmasi tarzida ifodalanishi mumkin (masalan, 
«Mersedes-bens», «Tip-top»). 
Marka belgisi - markaning bir qismi bo‗lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib 
olinadigan belgi, rasm shaklida bo‗lishi mumkin (masalan, «Jeneral motors» uchun 
«GM» belgisi). 
Firmaning nomi, markasi belgisi o‗rnatilagan tartibda ro‗yxatdan o‗tgan, ya‘ni 
huquqiy himoyalangan bo‗lsagina kuchga kiradi. 
Korxona nomini tanlashda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
 u nom ilgari ro‗yxatdan o‗tkazilgan nom bilan bir xil bo‗lmasin;


85 
 korxonaning yoki kompaniyani tashkil etuvchilarining ismidan, mashhur 
shaxslar nomlaridan iborat bo‗lmasin, aks holda ularning o‗zlari yoki mero-
sxo‗rlaridan ushbu nomdan foydalanish uchun ruxsat olish lozim bo‗ladi; 
 qonunchilik talablariga yoki ijtimoiy axloq normalariga zid bo‗lgan nom-
larni o‗z ichiga olmasin. 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‗ra indentifikatsiya qilish va 
tegishli guvohnoma asosida nom berish mahalliy (tuman, shahar) statistika idoralari 
tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnoma olish uchun korxonaga yoki firmaga 
qo‗ymoqchi bo‗lgan nom ko‗rsatilgan arizani taqdim etish kifoya qiladi va arizani 
uch ish kunida ko‗rib chiqiladi.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling