Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Mahsulotning qadoqlanishi
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Servis xizmatini tashkil etish strategiyasi
Mahsulotning qadoqlanishi bir qator vazifalarni bajaradi:
mahsulot belgisini, nomini, uning ishlab chiqarilgan joyi va vaqtini ko‗rsatishga ko‗maklashadi. Xozirda qadoqlash idishlarida va yorliqlarda ushbu maqsad uchun shtrix kod tizimidan foydalanilmoqda. mahsulotning estetik jihatdan ma‘qulroq joylashtirish va unga zarar et- kazilishidan himoya qiladi; mahsulotni indentifikatsiya qilishda yordam beradi; ishlatilishida va saqlashda qulaylik yaratadi; xaridor e‘tiborini o‗ziga jalb qiladi; mablag‗ni tejaydi. Qadoqlashning e‘tiborni jalb qiluvchanligi mahsulotni muvaffaqiyatli sotilishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Jalb qilish darajasi bir qator omillar: o‗lchovi, rangi, materiali, qadoqlash shakli jixatidan alohida farqlanuvchi va oson o‗qiladigan yozuv va ko‗rsatmalar bilan shakllanadi. Qadoqlash idishlari taqqoslash, solishtirish vositasi sifatida shunchalik muhim bo‗lib bo‗lib qoldiki, ''Koka-kola'', ''Xayns'' kabi kompaniyalar o‗z ishlarini va yorliqlarini (etiketka) uzoq yillar mobaynida o‗zgartirmaydilar, bu esa xaridor uchun mahsulot markasini tezda bilib olishga imkon yaratadi. Qadoqlash idishlarini boshqa maqsadlardan ham ishlatish imkoniyati xaridorlarni bevosita jalb qilish darajasini oshiradi. Masalan, ichimliklardan bo‗shagan idishlar keng ko‗lamdagi maqsadlarda foydalaniladi. Ba‘zi birlari kolleksionerlar uchun bebaho predmet bo‗lib qoladi. Servis xizmatini tashkil etish strategiyasi sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servis xizmatini ko‗zda tutadi. Sotish oldi servisi taklif etilayotgan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlarini takomillashtirish maqsadida iste‘molchilar talablarini doimiy o‗rganish va tahlil qilishga yo‗naltirilgan. Sotishdan keyingi servis kafolat muddati davomida va undan keyingi ko‗rsatiladigan xizmatlar majmuni (sozlash, ta‘mirlash) ko‗zda tutadi. Biznes-rejada servis doirasida qanday xizmatlar bajarilishi to‗g‗risidagi axborot beriladi. Ularga quyidagilar kiradi: mahsulotni bepul etkazib berish; transportirovka (tashish) natijasida yuzaga kelgan nosozliklarni yo‗qotish; mahsulotni o‗rnatib berish va ishga tushirib berish; bepul kafolatli ta‘mirlash muddatlari; 86 kafolat muddatlaridan so‗ng pulli ta‘mirlashni amalga oshirish; zarur hollarda xaridorning xodimlarini mahsulotdan foydanish bo‗yicha dastlabki o‗qitishni tashkil etish; ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash; texnik maslahatlar berish; Bundan tashqari xizmatlarni amalga oshirish shaklini ham ko‗rsatish zarur: ishlab chiqaruvchi tomonidan; mahsulot sotuvchisi tomonidan; ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma asosida iqtisoslashgan tashkilot tomonidan xizmat ko‗rsatish. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling