Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Mahsulotni bozorga chiqarish strategiyasi
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reklama va sotuvni rag‘batlantirishni tadqiq qilish
8.6. Mahsulotni bozorga chiqarish strategiyasi Biznes- rejada ishlab chiqarilgan tovarni sotish kanallari va harakatlanish tizimini yoritib berish zarur. Tovar harakatlanishi va sotuvni tadqiq qilish tovarni iste‘molchiga tez etkazib berish va sotishning eng samarali va oqilona yo‗llari, usullari va vositalarini aniqlashga imkon beradi. Savdo kanallari, vositachilar, sotuvchilar, sotuv shakl va usullari, muomala xarajatlari (savdo xarajatlarini olinadigan foyda bilan solishtirish) tadqiqot ob‘ektlari hisoblanadi. SHuningdek, chakana va ulgurji savdoda turli xil korxonalar faoliyatining o‗ziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, ularning kuchli va zaif tomonlari, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan vujudga kelgan munosabatlar xarakteri aniqlanadi. Bunday ma‘lumotlar korxona tovar aylanmasini oshirish, tovar zahiralarini optimallashtirish, samarali tovar harakatlanishi kanallarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish, tovarni pirovard xaridorlarga sotish usullarini ishlab chiqish, muomala xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Reklama va sotuvni rag‘batlantirishni tadqiq qilish qachon, qaerda va qanday vositalar yordamida tovarlar sotuvini rag‗batlantirish, tovar ishlab chiqaruvchining bozordagi nufuzini oshirish, reklama tadbirlarini muvaffaqiyatli o‗tkazishni aniqlashga imkon beradi. Ob‘ektlar sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: ta‘minotchilar, vositachilar va xaridorlarning bozordagi xatti-harakatlari; reklama samaradorligi; xaridorlar bilan aloqalar. Olingan natijalar «pablik rileyshnz» siyosatini ishlab chiqish; korxona va uning tovarlariga iliq munosabat uyg‗otish; korxona imidjini yaratish; aholi talablarini shakllantirish hamda ta‘minotchi va vositachilarga ta‘sir ko‗rsatish usullarini aniqlash; kommunikatsiya aloqalari, jumladan, reklamaning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Har qanday tovarga talab ikkita komponentning: kutilayotgan xaridorning to‗lov layoqatiga egaligi va uning o‗z muammolarini taklif etilayotgan tovar yordamida hal qilishi, ya‘ni o‗z ehtiyojini qondirish istagi mavjudligining natijasidir. Bozorda bir vaqtda bir nechta raqobatdosh tovarlar mavjudligi sababli har bir korxona va firma xaridorning tovar tanlashda o‗ziga e‘tibor qaratishiga ta‘sir ko‗rsatishga intiladi. Bunday ta‘sir vositasi reklama, tovarning iste‘mol xususiyatlarini targ‗ib qilish hisoblanadi. Bundan tashqari, hozirgi paytda sotuvni rabatlantirish va reklamada mahsulot taqsimoti va uni iste‘molchilarga etkazib berish kanallariga katta o‗rin ajratilmoqda. CHet elda amaliyotda tovarlarni ishlab chiqaruvichidan iste‘molchi tomon haraktlantirishning ikki usuli ishlab chiqilgan bo‗lib, birinchi usul siljitish Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling