Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Bozorni baholash va iste‟molchilik talabini o„rganish


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

 
8.4. Bozorni baholash va iste‟molchilik talabini o„rganish 
 
Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining barcha jabhalari bo‗yicha qaror 
qabul qilish bilan bog‗liq. Bozorni baholash va iste‘molchilik talabini o‗rganish 
bo‗yicha marketing tadqiqotlarining asosiy yo‗nalishlarini tavsiflaymiz. 
Bozorni va sotuvni tadqiq qilish. U korxonaning kelgusi faoliyatini belgilash 
uchun bozor sharoitlari to‗g‗risida ma‘lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi. 
Bozorni va sotuvni tadqiq qilishning asosiy yo‗nalishlari quyidagilarni qamrab oladi: 
1) bozor sig‗imini baholash; 
2) bozorni segmentlash;
3) bozor o‗zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy
fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish; 
4) bozor tuzilmasini o‗rganish; 
5) sotuv hajmini bashorat qilish. 
Bozor sig‗imini aniqlash bozor tadqiqotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Tovar bozori sig‗imi deganda belgilangan darajada va baholarda tovarni sotish 
imkoniyatlari tushuniladi. U iste‘molchilar talabi va tovar taklifi miqdori bilan 
tavsiflanadi. Bozor sig‗imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga 
imkon beradi.
Bozor sig„imining ikki xil darajasi mavjud: potensial va real (haqiqiy). 
Bozorning haqiqiy sig‗imi birinchi bosqich sanaladi. Potensial daraja shaxsiy va 
jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi hamda ularga mos keluvchi tovar sotuvini aks 
ettiradi. Real bozor sig‗imi potensial bozor sig‗imiga mos kelmasligi ham mumkin. 
Bozor sig‗imini baholash natural va qiymat o‗lchamida o‗lchanib, quyidagi 
formulaga asosan topiladi: 
BS = MM+ IX - EX, 
bu erda: 
BS – bozor sig‗imi; 
MM – milliy mahsulot ishlab chiqarish; 
IX – import hajmi; 
EX - eksporta hajmi. 
Bozorning import sig‗imi quyidagicha aniqlanadi 


87 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling