Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assortiment siyosati
- YAngi mahsulotni yaratish
8.3. Tovar siyosati
Tovar siyosati o‗z ichiga quyidagi yo‗nalishlarni oladi 22 : assortiment siyosati; yangi mahsulotni yaratish; mahsulot sifati sohasidagi korxona strategiyasi; dizayn strategiyasi; tovarning bozor atributlari (belgilari); servis xizmatini tashkil etish strategiyasi. Assortiment siyosati o‗z ichiga quyidagilarni oladi: tovarlar assortiment guruhlarini umumiy soni; alohida tovarlar umumiy sonini; assortimentlar guruhi doirasida har bir alohida tovarni taklif variantlari. Tovar nomenklaturasining tuzilmasini alohida tovarlar hayotiylik davrining bosqichlari, tovarlar hayotiylik davrini uzaytirish usullari, korxonaning tovarlar strategiyasini asoslanishini tashkil etadi. Assortiment siyosati bo‗yicha ma‘lumotlarni 8.2-jadval shaklida berilishi mumkin 8.2-jadval Korxonaning assortiment siyosati. Assortimen t guruhi Tovar turi Modeli Mahsulot tuzilmasi Tovar hayotiylik davri bosqichi Tovar hayotiylik davrini uzaytirish usuli Tovar strategi yasi Korxona faoliyatining biznes-rejasini ishlab chiqishda u tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli tovarlarning hayotiylik davri bir-biriga ulanib ketishiga e‘tibor berish lozim. Bu shuni bildiradiki, bir tovarga to‗yinish yuzaga kelganda ikkinchi bir tovarni ishlab chiqarishga kiritish kerak bo‗ladi. Aks xolda bozordagi sotish mi- qyoslarini oldini olish qiyin bo‗ladi. YAngi mahsulotni yaratish. Biznes-rejada korxonaning yangi mahsulot yarat- ish bo‗yicha siyosatini bayon qilish lozim. Ushbu siyosatni ishlab chiqishda birinchi navbatda iste‘molchilar talablariga tayaniladi. Bundan tashqari quyidagi qoidalarni ham hisobga olish kerak.: yangi mahsulotni yaratish va bozorga chiqarish zarur, lekin u bir muncha tavakkalchilik bilan bog‗liq. Amaliyot ko‗rsatadiki, taklif etilayotgan yangi mahsulotlarning keng iste‘mol tovarlari bozorida 40 foizi, sanoat tovarlari bozorida 20 foizi, xizmatlar bozorida esa 18 foizi kasodga uchraydi. Bunga sabab sifatida talab xajmining no‘to‗g‗ri belgilanishi, reklamaning etarli emasligi, talabni shakllantirish va sotuvni rag‗batlantirish bo‗yicha ishlarning past darajasi, bahosini asossiz oshirib 22 +аранг, Бринк И.Ю., Савельева Н.А. Бизнес-план предприятия. Теория и практика / Серия «Учебники и учебнЎе пособия» - Ростов н/Д. «Феникс», 2003. - 179 - 188 бетлар 84 yuborish, raqobatchilarning javob harakatlari, bozorga chiqarish vaqtini no‘to‗g‗ri tanlash kabilarni ko‗rsatish mumkin. yangi tovarni ikki usulda olish mumkin: chetdan sotib olish (korxona sotib olish, patent yoki ruxsatnomani sotib olish orqali) yoki korxonani o‗zida yangi mahsulot turini ishlab chiqish; tovarni bozorga chiqarilayotgan davrdagi asosiy xaridorlarning talablariga javob berishi kerak. Bu esa yangi tovarlar shakllanishini bashoratlashni va yangi g‗oyani ilgari surish hamda tovarlarni sinov sotuvlari o‗rtasidagi oraliqni qisqartirish- ni talab qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‗ra 80 -100 ta yangi g‗oyalardan faqatgina bittasi, bozorning istiqbol talablariga javob bera oladigani hayotga tadbiq etilar ekan. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling