Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Sotuv funksiyasiga quyidagilar kiradi: 

tovarni harakatlantirish tizimini tashkil etish; 

servisni tashkil qilish; 

talabni shakllantirish va sotuvni rag‗batlantirish tizimin tashkil etish; 

maqsadli yo‗naltirilgan tovar siyosatini amalga oshirish; 

baho siyosatini yurgazish. 
Marketingda boshqaruv va nazorat funksiyasi ham katta ahamiyatga ega 
bo‗lib, u quyidagilarni nazarda tutadi: 

korxonada strategik va tezkor rejalashtirishni amalga oshirish; 

jamoani boshqarishning axborot ta‘minoti; 

korxonada kommunikatsiya tizimini tashkil qilish; 

marketing nazoratini tashkil qilish (teskari aloqa, vaziyat tahlili). 
Marketingning bu va boshqa funksiyalari uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik 
muhiti dinamikasini kuzatish, ya‘ni atrof-muhitning rejalashtirish xarakteri va 
tendensiyalari biznesni yuritishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi yoki uning oldiga to‗siqlar 
qo‗yishini kuzatishni ta‘minlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilish va 
baholashda avvalo quyidagi omillar hisobga olinishi lozim: 


79 

iqtisodiy reallik – ichki milliy mahsulot, dispersion daromad, ya‘ni ayni 
paytda erishilgan turmush darajasi; 

ijtimoiy omillar – aholi tarkibi, qadriyatlar, raqobat, tendensiyalar;

texnik rivojlanish darajasi – texnik taraqqiyot, bozorning texnik 
taraqqiyotni sezuvchanligi; 

huquqiy-normativ muhit – qonunchilik, normativ hujjatlar. 
Agar tadbirkorlik muhiti korxonaga tanlangan biznes sohasida muvaffaqiyatli 
faoliyat ko‗rsatishga imkon bersa, marketing xizmatining faoliyati u ishlashi lozim 
bo‗lgan tovar bozoriga qaratilishi lozim. Bunda korxonaning bozorga chiqishida uch 
variant mavjud: qo‗shilish, ilgari mavjud bo‗lgan mavqeni saqlab qolish va 
qisqartirish. 
U yoki bu yo‗nalishni tanlash ko‗plab masalalarni bajarishga, birinchi navbatda 
korxonaning yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot chiqarish imkoniyatlariga bog‗liq 
bo‗ladi. Biroq bungacha boshqa masalani hal qilib olish kerak: korxona u 
chiqarayotgan yoki mo‗ljallayotgan mahsulotga talab qanday vujudga kelishi, uning 
narx o‗zgarishiga qanchalik moslashuvi va bu moslashuvchanlikning yakuniy natija 
foyda(daromad)ga qanchalik ta‘sir ko‗rsatishini bilishi lozim. 
Marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqarishni bozor talablariga maksi-
mal moslashtirishni, qo‗l ostidagi mavjud vositalar (mahsulot sifati, reklama, servis 
va x.k.) yordamida bozor va iste‘molchilarga faol ta‘sir o‗tkazishni ta‘minlash za-
rurdir. Korxona o‗z mahsulotini iste‘molchigacha etkazishga qobiliyatli ekanini 
ko‗rsatish kerak. 
Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida marketing rejasi mufassal ishlab chi-
qishni talab qiladigan ko‗plab savollarni yoritishni talab qiladi
21
. Lekin barcha savol-
larni rasmiy biznes-rejaga kiritish zarur emas. Mazkur bo‗limga biznes-rejaning 
maqsadlaridan kelib chiqib, rejalashtirilayotgan marketing faoliyatining asosiy (eng 
qiziqarli) holatlarini kiritish maqsadga muvofiq.
Bo‗limning tuzilmasi quyidagicha bo‗lishi mumkin. 
marketing strategiyasi
 tovar siyosati; 
 baho(narx) siyosati; 
 sotish siyosati; 
 kommunikativ (axborot almashinuvi) siyosati 
 marketing byudjeti. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling