Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Differensial marketing strategiyasi


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Differensial marketing strategiyasi korxonada bozorning bir necha segment-
larida ular uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot va marketing dasturi asosida 
faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu o‗zlashtirilayotgan har bir bozor segmentiga 
chuqur kirib borish orqali sotish xajmini o‗sishiga imkon yaratadi. 
Yo„naltirilgan marketing korxona faoliyatini bir yoki bir necha bozor seg-
mentiga yo‗naltirilishini talab qiladi. Buning asosiy sharti tanlangan segmentlarda al-
batta foyda yuqori darajada bo‗lishi kerak. Bu strategiya resurslar cheklangan holatda 
qo‗llash tavsiya qilinadi va mazmuniga ko‗ra bozordagi o‗z o‗rnini egallash 
yo‗nalishiga mos keladi. Undan kichik korxonalar foydalanishi maqsadga muvofiq 
bo‗ladi.
8.2.Prezident I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi 
bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli asarlarida keltirilgan 
iste‟molchilar talabining pasayishi va unga sabab bo„layotgan omillar
Insonlarning moddiy va ma‘naviy xayotini oshirishga, turmush tarzini 
yaxshilash va takomillashtirishda xizmat ko‗rsatish sohasi muhim ahamiyatga egadir. 
Xizmat ko‗rsatish sohasi moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejaydi, insonning 
bo‗sh vaqtini ko‗paytiradi, uning mexnatining ijodiy mazmunini oshiradi, ish 
vaqtidan tashqaridagi oqilona bo‗lmagan xarajatlarni qisqartiradi, insonlar xayotini 
yanada shinam hamda yoqimli qiladi va shu orqali aholining barcha ijtimoiy 
guruhlari, qatlamlarining xayotiy manfaatlarini yuzaga chiqaradi.
Xizmatlarga kupincha moddiy kimmatdorliklar yaratmaydigan barcha foydali 
faoliyat turlarini kiritishadi, ya‘ni u yoki bu faoliyat turini xizmatlar sohasiga 


81 
kiritishning asosiy mezoni bo‗lib, his qilib bo‗lmaslik, ushbu sohada ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning ko‗rinmaydigan xarakteri hisoblanadi. Amaliyotda 
xizmatlar sohasi ko‗plab faoliyat turlarining majmuasi sifatida va xaqiqatda ularni 
qayd etishdan iborat deb qaraladi. Bu holat xizmatlarning turli tumanligi, xamda 
ularning tovarlar bilan birga xamroh bo‗lishi (hisobot, kompyuter dasturi, kinolenta 
va x.k.) bilan bog‗liqdir. 
Xizmatlarni asosan his qilib bo‗lmaydi va ular biror bir narsaga egalikka olib 
kelmaydi (ya‘ni, tovar xarid qilganda siz uning sohibi bo‗lasiz, lekin xizmatlar 
to‗g‗risida bunday deb bo‗lmaydi).Bu holat birinchi navbatda jaxon xizmatlar 
savdosida katta hissaga ega bo‗lgan xizmatlarni ajratib ko‗rsatish bilan bog‗likdir. 
Jumladan, transport xizmatlari va turizmga xizmatlar bilan savdo qilishning 1/4 qismi 
to‗g‗ri keladi. 
Jamiyatda doimo yangi xizmatlar paydo bo‗lmoqda va ularga qo‗yidagilarni 
kiritish mumkin: 
 yangi turdagi ishbilarmonlik (kasbiy) xizmatlari - ko‗chmas mulk bilan savdo 
qilish, vaqtinchalik erkin pullarni joylashtirish, axborot, marketing va reklama 
xizmatlari, buxgalteriya balansi va hisobotlarni tuzish, elektron kotiba; 
 bolalarni tarbiyalash va o‗qitish bo‗yicha xizmatlar - guvernantkalar, xususiy 
bog‗chalar va maktablar; 
 xayvonlarga qarash bo‗yicha xizmatlar - xayvonlarni davolash, boqish, sayr 
qildirish va vaqtinchalik qarab turish; 
 jamiyatda ehtiyoj mavjud bo‗lgan boshqa turli tuman xizmatlar turlari. 
Bir vaqtning o‗zida dunyoda xizmatlarning diversifikatsiyasi xam kuzatilmokda. 
Ilgari o‗z xususiyatlari bilan ajralib turgan xizmatlar bitta kompaniya mikyosida 
birlashmoqdalar. Korxonalar bir qator xizmatlar majmuasini taklif etish orqali o‗z 
raqobatbardoshligini oshirishi yoki xizmatlarni diversifikatsiyalash orqali mumkin 
bo‗lgan tavakkalchiliklarni susaytirishi mumkin. Jumladan, bank, birja va vositachilik 
xizmatlari yagona moliyaviy xizmatlar majmuasiga birlashishmoqda. Xizmatlar 
sohasi moddiy ishlab chiqarishga qaraganda bir qator o‗z xususiyatlariga ega va ular 
qo‗yidagilardan iboratdir: 
Birinchidan: tovarlarlardan farqli ravishda xizmatlar bir vaqtda ishlab chikariladi 
va bir vaqtda iste‘mol qilinadi va saqlanmaydi. Bu holat xizmatlarga bo‗lgan talab va 
taklifni tartibga solish muammosini keltirib chiqaradi va xizmatlar savdosini savdo 
vositachiligiga xamda tovarlarni saqlashga asaslangan tovarlar savdosidan 
farqlanishiga olib keladi. Tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‗rsatishni o‗zaro 
aralashib ketishi xizmatlarni ajratish va ularning hisobini olib borishni qiyinlashtiradi. 
Ikkinchidan xizmatlar sohasi odatda moddiy ishlab chiqarish sohasiga qaraganda 
xorijiy raqobatdan davlat tomonidan himoya qilinadi. Bundan tashqari ko‗pchilik 
mamlakatlarda transport va aloqa, moliyaviy va sug‗o‗rta xizmatlari, fan, ta‘lim, 
sog‗liqni saqlash, kommunal xizmatlar an‘anaviy tarzda qisman yoki to‗liq davlat 
ixtiyorida bo‗ladi yoki davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi va tartibga solinib 
turiladi. Kupchilik mamlakatlar xukumatlarining fikricha xizmatlarni import qilish 
milliy xavfsizlik va mustaqillikka xavf tug‗dirishi mumkin va shuning uchun 
xizmatalr sohasi tovarlar bilan savdo qilish sohasiga qaraganda qattiq tartibga 
solinadi.


82 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida xizmatlar turli-tumandir: aholiga chakana 
savdo xizmat ko‗rsatish, avtomobillarni, maishiy texnikalarni ta‘mirlash, 
yo‗lovchilarni va yuklarni tashish, ta‘lim va maslahat berish, maishiy xizmatlar, 
tibbiyot xizmatlari, pullarni saqlash, qimmatbaxo kog‗ozlar va kuchmas mulk bilan 
operatsiyalar, sug‗o‗rta va kupchilik boshqa faoliyat turlari. 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida xizmatlarning turli-tumanligiga karamay 
ularning barchasi qo‗yidagi 4 ta tavsifnomaga egadirlar va ular xizmatlarni 
tovarlardan farqlaydilar: 

xizmatlarning nomoddiy xarakteri va his etib bo‗lmasligi; 

xizmatlarni ishlab chiqarishning va iste‘mol qilishning ajralmasligi; 

sifatining bir jinsli emasligi va o‗zgaruvchanligi; 

xizmatlarni saqlab bo‗lmasligi.
Xizmatlar sohasining ahamiyatini yanada oshib borishi va xalqaro ahamiyatga 
ega bo‗lishini tushunish uchun xo‗jalik xayotida muhim rol o‗ynaydigan 
xizmatlarning o‗z mohiyatini chuqur o‗rganish lozim.
Xizmat ko‗rsatish sohasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va sohalaridan ozod 
bo‗lgan mehnat resurslarini absorbsiyasi funksiyasini bajarish xamda ish o‗rinlari va 
mehnat resurslarini balanslashuviga imkon berish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotida 
muhim o‗rinni egallaydi.
O‗zbekistonda xozirgi kunda xizmat ko‗rsatish sohasi o‗sish sur‘atlari, yangi 
paydo bo‗lgan xizmatlar turlari soni, bozor xamda iste‘molchilar extiyojlariga
moslashish bo‗yicha muhim ahamiyatga ega bo‗lmoqda. 
Jahon iqtisodiyotidagi o‗zgarishlar O‗zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalari 
singari xizmatlar sohasini ham ustuvor darajada rivojlantirishni taqozo etmoqda. 
SHu sababli mamlakatimizni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko‗rsatish 
sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda tadbirkorlikni 
qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy ustuvorliklarni bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi mamlakatimizda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini 
yuqori sur‘atlarda rivojlantirishni ta‘minlamoqda. 
Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlaridan biri 
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, ishlab 
chiqarishning murakkablashuvi va bozorni tovarlar bilan to‗yinishi natijasida 
xizmatlarga bo‗lgan talab o‗sa boshlaydi. Iqtisodiy daraja qanchalik yuqori va 
industrial asos va mehnat unumdorligi yuqori bo‗lsa, jamiyatning xo‗jalik faoliyati 
shunchalik murakkablasha boradi. Natijada xo‗jalik tuzilmasi o‗zgaradi va 
xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan mehnat faoliyatining ahamiyati o‗sib 
boradi. 
Keyingi yillar davomida xizmatlar sohasida ishlovchilar soni ma‘lum bir 
sabablarga ko‗ra o‗sib bordi. Bu sabablar qatoriga ishlab chiqarishdagi 
takomillashtirishlar natijasida ko‗plab tovarlarni kam ishchi kuchi bilan ishlab 
chiqarilishini kiritish mumkin. Bu holat ko‗plab ishchi kuchini ishlab chiqarish 
sohasidan ozod qildi va ularni turli xil xizmatlar ko‗rsatish sohalariga o‗tishiga sabab 
buldi. YAna bir boshqa muhim omillardan biri bo‗lib - texnologik rivojlanish 


83 
hisoblanadi. Bu texnologik rivojlanish zamonaviy kompyuter texnologiya-
lariniqo‗llashga asoslangan ko‗plab xizmatlarni paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling