Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Mahsulotning qadoqlanishi


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Mahsulotning qadoqlanishi bir qator vazifalarni bajaradi: 
mahsulot belgisini, nomini, uning ishlab chiqarilgan joyi va vaqtini 
ko‗rsatishga ko‗maklashadi. Xozirda qadoqlash idishlarida va yorliqlarda ushbu 
maqsad uchun shtrix kod tizimidan foydalanilmoqda. 
 mahsulotning estetik jihatdan ma‘qulroq joylashtirish va unga zarar et-
kazilishidan himoya qiladi; 
 mahsulotni indentifikatsiya qilishda yordam beradi; 
 ishlatilishida va saqlashda qulaylik yaratadi; 
 xaridor e‘tiborini o‗ziga jalb qiladi; 
 mablag‗ni tejaydi. 
Qadoqlashning e‘tiborni jalb qiluvchanligi mahsulotni muvaffaqiyatli 
sotilishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Jalb qilish darajasi bir qator omillar: o‗lchovi, rangi, 
materiali, qadoqlash shakli jixatidan alohida farqlanuvchi va oson o‗qiladigan yozuv 
va ko‗rsatmalar bilan shakllanadi. 
Qadoqlash idishlari taqqoslash, solishtirish vositasi sifatida shunchalik muhim 
bo‗lib bo‗lib qoldiki, ''Koka-kola'', ''Xayns'' kabi kompaniyalar o‗z ishlarini va 
yorliqlarini (etiketka) uzoq yillar mobaynida o‗zgartirmaydilar, bu esa xaridor uchun 
mahsulot markasini tezda bilib olishga imkon yaratadi. Qadoqlash idishlarini boshqa 
maqsadlardan ham ishlatish imkoniyati xaridorlarni bevosita jalb qilish darajasini 
oshiradi. Masalan, ichimliklardan bo‗shagan idishlar keng ko‗lamdagi maqsadlarda 
foydalaniladi. Ba‘zi birlari kolleksionerlar uchun bebaho predmet bo‗lib qoladi. 
Servis xizmatini tashkil etish strategiyasi sotishdan oldingi va sotishdan 
keyingi servis xizmatini ko‗zda tutadi. 
Sotish oldi servisi taklif etilayotgan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlarini 
takomillashtirish maqsadida iste‘molchilar talablarini doimiy o‗rganish va tahlil 
qilishga yo‗naltirilgan. 
Sotishdan keyingi servis kafolat muddati davomida va undan keyingi 
ko‗rsatiladigan xizmatlar majmuni (sozlash, ta‘mirlash) ko‗zda tutadi.
Biznes-rejada servis doirasida qanday xizmatlar bajarilishi to‗g‗risidagi 
axborot beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:

mahsulotni bepul etkazib berish;

transportirovka (tashish) natijasida yuzaga kelgan nosozliklarni yo‗qotish;

mahsulotni o‗rnatib berish va ishga tushirib berish;

bepul kafolatli ta‘mirlash muddatlari;


86 

kafolat muddatlaridan so‗ng pulli ta‘mirlashni amalga oshirish;

zarur hollarda xaridorning xodimlarini mahsulotdan foydanish bo‗yicha
dastlabki o‗qitishni tashkil etish;

ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash;

texnik maslahatlar berish; 
Bundan tashqari xizmatlarni amalga oshirish shaklini ham ko‗rsatish zarur:

ishlab chiqaruvchi tomonidan;

mahsulot sotuvchisi tomonidan; 

ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma asosida iqtisoslashgan tashkilot 
tomonidan xizmat ko‗rsatish. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling