Bahoni bozor sug„urtasini (kafolatini) ta‟minlash.
Bahoni shakllantirishning oxirgi bosqichi tuzatishlar kiritilgan oxirgi bahoni
sug‗urtalash yoki kafolatlashdir. Bunday sug‗urtalashni oldi-sotdi shartnomalari yoki
etkazib berish shertnomalariga bir qator qo‗shimcha shartlar kiritish yo‗li bilan amal-
ga oshiriladi. Bunday shartlar biznes-rejada albatta ko‗rsatilishi kerak.
Bozor baholarini o‘zgarishi bo‘yicha shartnomaga qo‘shimcha shartlarni
kiritish mumkin:
a) baholarni pasayishi bo‗yicha qo‗shimcha shart - bozor bahosining har
qanday pasayishi, shartnomada belgilangan baholarni pasayishiga olib keladi. Bahon-
ing oshib ketishi e‘tiborga olinmaydi;
b) bozor bahosini oshib borishi bo‗yicha qo‗shimcha shart - bozor bahosining
har qanday oshishi shartnomada belgilangan bahoning oshishiga olib keladi;
v) bahoning har qanday o‗zgarishi bo‗yicha qo‗shimcha shart - bozor bahosin-
ing o‗zgarishiga ko‗ra shartnoma baholari oshishi yoki pasayishi mumkin.
Xarajatlarning oshib ketishi yoki kamayishi extimolligi.
Biznes rejani ishlab chiqishda inflyasiya bo‗yicha tavakkalchilikni (xavfni)
mahsulot etkazib beruvchi va iste‘molchi o‗rtasida turli shakldagi shartnomalarni
tasdiqlash orqali taqsimlash maqsadga muvofiq bo‗ladi (8.3-jadval).
8.3-jadval
SHartnomalar shakli bo‗yicha tavakkalchilikni taqsimlanishi.
Baho tavakkalchiligini taqsimlanishi
SHartnoma shakllari
Tavakkalchilik to‗laligicha ta‘minotchi,
etkazib beruvchi bo‗ynida.
O‗zgarmas baho.
Ma‘lum sharoitlarda bahoni qayta
ko‗rib chiqish.
O‗zgaruvchan baholar.
Tavakkalchilik to‗laligicha iste‘molchi,
xaridor bo‗ynida.
Etkazib berish vaqtidagi haqiqiy
baho.
Etkazib beruvchining xarajatlari
qo‗shuv foyda me‘yori.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |