Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

11-bob. MOLIYAVIY REJA
 


119 
11.1. Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo„limlari 
 
Moliyaviy reja bu biznes-rejaning yakunlovchi bo‗limidir. Unda korxona 
faoliyatini moliyaviy ta‘minlash hamda mavjud pul mablag‗laridan joriy moliyaviy 
axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari 
ko‗rib chiqiladi. Aynan shu bo‗limdan investor yoki bankir olish mumkin bo‗lgan 
foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potensial qarz oluvchining o‗z qarzini qaytarish 
uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin. 
Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo‗limlarida keltirilgan ma‘lumotlarga 
zid 
kelmasligi 
lozim. 
Moliyaviy 
rejadagi 
nomutanosibliklar 
moliyachi 
mutaxassislarning malakasi kamligidan yoki insofsizligidan darak beradi. Sifatsiz 
tayyorlangan moliyaviy reja noto‗g‗ri xulosa chiqarishga va korxona nufuzini 
pasaytirishga olib kelishi mumkin. 
Moliyaviy rejada moliyaviy resurslar (kapital) qachon, qaerda va nima 
maqsadda sarflanishi, biznesning muvaffaqiyatga erishishi uchun korxona oldida 
turgan maqsadlar batafsil yoritib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat 
xarajatlar, balki daromadlar va boshqa moliyaviy tushumlar ham ko‗rsatiladi. 
Ko‗ngildagidek tayyorlangan moliyaviy rejadan korxona zahiralarini baholash va jalb 
qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. 
Moliyaviy rejaning shunga o‗xshash an‘anaviy rejalardan farqi shundaki, u 
bozordagi vaziyatni to‗laligicha, xususan, fond bozoridagi vaziyatni ham hisobga 
olishni majburiy qilib qo‗ygan. Moliyaviy muhit to‗g‗risidagi to‗liq axborotning 
mavjudligi biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim zamin tayyorlaydi. Biroq, 
ayrim axborotlar etishmayotgan, bozor to‗liq o‗rganib chiqilmagan, ishlab chiqarish 
masalalarining ba‘zilari oxirigacha ishlab chiqilmagan bo‗lsa ham, biznes-rejaning 
ushbu bo‗limi baribir tuzilishi lozim. Bunda eng katta ma‘no moliyaviy 
ko‗rsatkichlarda bo‗lib, ular korxonaning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi va bir 
vaqtning o‗zida investitsiya, tashkiliy va texnik qarorlar qabul qilishda foydali 
bo‗ladi. 
Moliyaviy reja biznes-reja bilan bir xil muddatga ishlab chiqiladi. mavjud 
tavsiyalarga ko‗ra uni 3-5 yilga ishlab chiqish ma‘qul. Bunda dastlabki yil uchun 
rejadagi ko‗rsatkichlarni oylar bo‗yicha, ikkinchi yil uchun choraklar bo‗yicha va 
keyingi davr uchun yillar bo‗yicha guruhlarga taqsimlash maqsadga muvofiq. 
Masalan, xorijiy amaliyotda biznesning birinchi yili (yangi korxona ochilishi) uchun 
moliyaviy reja ko‗rsatkichlari oylar bo‗yicha va har bir modda bo‗yicha taqsimlanadi. 
Keyingi yillarda bu ko‗rsatkichlar yil davomida mahsulotni sotish hajmi foizlarida 
aniqlanadi. Bunday rejaning umumiy sxemasi quyida shaklda bo‗lishi mumkin: 
Bir yilda sotuv hajmi – 100 
jumladan: 
ishlab chiqarish xarajatlari – 50 
davr xarajatlari va foyda – 50 
shundan: 
a) marketing va sotuv xarajatlari – 15 
b) joriy qilish xarajatlari - 10 
v) boshqaruv xarajatlari – 8 


120 
g) soliqlar to‗lanmasdan oldingi foyda – 17 
Moliyaviy rejaning asosini tashkil etuvchi qismlardan biri korxonaning 
moliyaviy-iqtisodiy xolatini tahlil qilishdir
26

Korxonaning moliyaviy - iqtisodiy xolatini baholashda korxonaning moliyaviy 
xolati ko‗rsatkichlarini tahlil qilish tavsiya qilinadi. 
Tahlil korxonaning moliyaviy hisoblari asosida oxirgi uch yildagi moliyaviy 
ko‗rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi (11.1-jadval). 
11.1- jadval. 
Korxonaning to‗lovga qobilligi va amaliy faolligi asosiy ko‗rsatkichlari. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling