Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.84 Mb.
bet19/96
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1790715
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy



5-MAVZU: ARIFMETIK MANTIQIY QURILMA

Reja:


  1. Mikroprotsessorning tuzilishi. Umumiy tushunchalar, funktsiyalar

  2. Arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi

  3. Arifmetik – mantiqiy qurilmalar va ularning klassifikatsiyasi

  4. Arifmetik mantiqiy qurilmaning kushish va ko’paytirish amallari algoritmi

  5. Ko’zgalmas vergulli sonlar ustida amallar bajaruvchi arifmetik – mantiqiy qurilmalar

  6. O’nli nuqtasi qo’zg’aluvchi sonlar ustida amllar bajaruvchi arifmetik mantiqiy qurilmalar



Mikroprotsessorning tuzilishi. Umumiy tushunchalar, funktsiyalar


Boshqarish qurilmasi - funktsiyasi bo’yicha mikroprotsessorning eng murakkab qurilmasi hisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga etkaziladigan boshqarish signallari qayta ishlaydi. Buyruqlar registri - buyruqlar kodi saqlanadigan registr. Bu erda bajariladigan amal va operandlar manzili joylashadi. Buyruqlar registri mikroprotsessorning interfeysli qismda joylashadi. U buyruqlar registri bloki deb ataladi. Amallar deshifratori - ushbu mantiqiy blok buyruqlar registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish yo’lini tanlaydi. Mikrodasturalarni doimiy saqlash qurilmasi (DXQ) - o’z yacheykalarida boshqaruv signallarini saqlaydi. Ushbu impulslar ShK bloklarida bo’ladigan axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. Impuls operatsiyalar deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofik. Doimiy xotira qurilmasidan kerakli signallar ketma-ketligini o’qib oladi. Berilganlar, adreslar, instruktsiyalar kodli shinalar – mikroprotsesssor–ning ichki shina qismi. Umuman olganda boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni bajarish uchun kerakli signallarni yaratadi.
Hisobchi - registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan tezkor xotira yacheykalarini tanlash;
Tezkor xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish;
Amal kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash;
Qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impulslarini o’qish va bloklarga yuborish;
Buyruqlar registri va mikroprotsessor registrlaridan operandlarning tashkil etish adreslarini o’qish ;
Operatsiya natijalarini xotiraga yozish;
Dasturning keyingi buyrug’i adresini aniqlash.
Har qanday EHM ning asosiy maqsadi informatsiyani qayta ishlashdan iborat bo’lib, biz bilamizki, turli tipdagi informatsiyalar sonlar yordamida ifodalanadi. Hisoblash mashinalarida sonlar bilan ishlash uchun maxsus qism mikroprotsessor qurilmasi mavjud bo’lib, ular mantiqiy universal qurilma hisoblanadi va mantiqiy matematik oddiydan murakkabgacha bo’lgan amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Bu qurilma integral sxemada ko’rilganligi tufayli uning hajmi unchalik katta bo’lmaydi, keyingi yillarda mikroprotsessorlar bir-biridan tezligi va imkoniyati bilan farqlanadi.



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling