Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Arxivlash vositalari (yoki arxivatorlar)


Download 2.84 Mb.
bet47/96
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1790715
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy

Arxivlash vositalari (yoki arxivatorlar) – maxsus usullar bilan fayllarning hajmini qisib, kichraytirishga, ya’ni ularning arxivlarini tashkil qilishga xizmat qiluvchi vositalardir.
Asosan, katta hajmdagi kerakli fayllarning nusxalarini disketalarga yoki boshqa xotiralovchi vositalarga yozib saqlab qo’yishda, ularni boshqa kompyuterga ko’chirib yozishda, vaqtincha foydalanilmayotgan fayllarni kampakt holda xotirada saqlashda (xotirada ko’p joy egallamasligi uchun) shu vositalardan foydalaniladi. Shuni unitmaslik kerakki, arxivlangan fayllar ishchi fayllar emas, shuning uchun ham ular ishga tushib biror amalni bajara olmaydi. Buning uchun aynan shu arxivlash vositalari yordamida arxivlarni ochib, ularni ishchi fayllarga aylantirish kerak.
Arxivlangan fayllar bir qancha qulayliklarga egadir, masalan:

  • matnli fayllarning hajmi 50-60 foizgacha qisqaradi (mashina kodidagi fayllarda esa arxivlash kutilgan natijani bermasligi mumkin, chunki bunday fayllarda qisish darajasi 8-10 foizgacha boradi);

  • ularni boshqa foydalanuvchilardan himoya qiluvchi ko’plab samarali usullar ishlab chiqilgan;

  • ularga mavjud bo’lgan kompyuter viruslarining 90 foizidan ko’prog’i ta’sir qila olmaydi;

ªozirgacha turli kompaniyalar tomonidan ko’plab arxivlash vositalari ishlab chiqarilgan bo’lib, ularga PKZIP, ARJ, CAB, LZH, TAR, Gzip, UUE, PAK, PKPAK, PKArc, Lha, Ice, RAR, WinRAR, WinZip, Microsoft Backup va Evfrat kabi dasturiy vositalar misol bo’la oladi. Lekin, hozir amaliyotda o’zlarining qulayligi hamda samaradorligi sababli WinRAR hamda Yevfrat dasturiy vositalar keng qo’llanilmoqda.
WinRAR arxivlash vositasi (http:G’G’www.rarsoft.com)
Windows operasion tizimi boshqaruvida ishlovchi arxivlash vositasi bo’lib, uning dastlabgi versiyalari 1998 yilda paydo bo’ldi. Bu vositaning tezda ommalashib ketishiga uning quyidagi imkoniyatlari sabab bo’ldi:
- foydalanuvchi bilan ishlash uchun juda qulay interfeysga egaligi;
- hajmi kata bo’lgan fayllarni qismlarga (tomlarga) bo’lib arxivlay olishligi;
- arxivlangan ma’lumotlarni kalit so’zlar (parollar) yordamida himoya qila olishligi;
- boshqa arxivlash vositalari yordamida arxivlangan ma’lumotlar (ZIP, RAR, ACE, 7Z formatdagi arxivlar) bilan ham ishlay olishligi;
- fon holida ishlay olishligi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling