Maktabning tajribali o’qituvchilarining darslarini kuzatish bilan bir qatorda o’zi ham sinov darslarini noan’anaviy tarzda o’tishga harakat qildi


Download 15.36 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi15.36 Kb.
#1477191
Bog'liq
Bahora


Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand Davlat Universiteti
Kompyuter ilmlari va dasturlash
Texnologiyalari yo`nalishi 301-guruh
Talabasi To`xtayeva Bahoraga
Qarshi tuman 40-umumiy o`rta ta`lim
Maktabi direktori tomonidan

TAVSIFNOMA
Amaliyotchi To`xtayeva Bahora 2022-yil 28-sentyabrdan 2023-yilning 3-mayga qadar pedagogik amaliyotni o’tash davomida amaliyotni boshlanishidan o’zining puxta Matematika va informatika fanlarini chuqur bilishi, harakatchanligi, xushmuomilaligi, o’ziga nisbatan talabchanligi bilan boshqa talabalarda farq qilishi bilan ko’zga tashlandi.O’quvchilar bilan tez til topishib ketdi.Maktabning o’quv jarayonida ham yaxshi bilishi, me’yoriy hujjatlar bilan ishlay olishida ham alohida ajralib turdi.
Maktabning tajribali o’qituvchilarining darslarini kuzatish bilan bir qatorda o’zi ham sinov darslarini noan’anaviy tarzda o’tishga harakat qildi. Dars o’tish jarajonida o’quvchilarning informatika fanini o’rganishga qiziqtira oldi.
Zamonaviy Pedagogik texnologiyalarning turli xil (aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, savol-javob, klaster,va boshqa) usullaridan foydalanib drsni qiziqarli va mazmunli o’tdi.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, talaba To`xtayeva Bahoraga Pedagogik amaliyotni o’tash jarayonida o’zining mehnatsevarligi, harakatchanligi, odob-axloqi bilan pedagog uchun zarur bo’lgan qobiliyati borligini ko’rsata oldi.Shu bilan bir qatorda umid qilish mumkinki, kelgusida o’z ustida ishlab, izlanishni davomiy tarzda davom ettirsa mamlakatimiz ravnaqi uchun o’z hissasini qo’sha oladigan malakali mutaxassis, mohir pedagog bo’lib yetishadi
Maktab direktori: Suyarov Farruh
Fan o’qituvchisi: G`oyibova Lobar
Download 15.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling