Chegaralangan tiplar (SUBRANGE). Skalyar tipli o’zgaruvchi uchun, bir
qancha qiymatlar qism to’plamini ko’rsatish mumkin. Ularni berilgan skalyar tipli
o’zgaruvchilar qabul qilishi mumkin.
Umumiy ko’rinishi:
A: MIN..MAX;
Bu erda, A-o’zgaruvchi, MIN-qism to’alamning chap chegara, MAX-qism
to’plamning o’ng chegarasi.
To’plam (dipazon) chegaralari ikki nuqta (..) bilan ajratiladi. MIN va MAX
tiplari to’plamni, ya’ni A o’zgaruvchining (bazovo’y tip) asosiy tipini aniqlovchi
to’plamlar beradi. Bu usulda tasvirlangan o’zgaruvchilar chegaralangan tipli
o’zgaruvchi deyiladi.
Misol:
K o’zgaruvchi 1-20 to’plamdan qiymatlarni qabul qilishi mumkin. U holda
unga chegaralangan tip beriladi. K o’zgaruvchining asosiy tipi INTEGER tipidir,
chunki diopazon chegaralari butun tipli o’zgarmaslardir, ya’ni 1 va 20.
(SUBRANGE):K:1..20;
Agar V o’zgaruvchi RED, YELLOW, GREEN tiplaridan birini qabul qilishi
mumkin bo’lsa, u holda bu o’zgaruvchini quydagicha yozish mumkin:
B:RED..GREEN;
B o’zgaruvchining asosiy tipi GOLOR dir (avvalgi misolimizdan) MIN chegara
hamma vaqt MAX dan kichik bo’lishi kerak.
Misol:
I o’zgaruvchi korxona xodimlarini tug’ilgan yili qiymatini qabul qilsin.
Bundan I qiymatlar dipazonini 1900-1970 to’plamlar bilan chegaralash mumkin. U
holda quydagicha tasvirlanadi:
I:1900..1970;
I o’zgaruvchi butun tipli emas, balki chegaralangan tipli bo’ladi.
Muhokama uchun savollar:
2.1.1.
O’zgaruvchilar tiplarini ayting?
2.1.2.
Oddiy tiplarga qaysi tiplar kiradi?
2.1.3.
Murakkab tiplarga qaysi tiplar kiradi?
2.1.4.
Standart tiplarga qaysi tiplar kiradi?
2.1.5.
O’tkazish tipi qanday tip? Ularga misollar keltiring.
2.1.6.
Chegaralangan tip qanday tip? Ularga misollar keltiring.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |