Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet67/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Muhokama uchun savollar:

  1. Asarda xalq kurashi va qo’zg’oloni kimlar boshchiligida namoyon bo’ldi?

  2. Shoir xalqning engilmasligini qay tarzda ifodalaydi?

  3. Asarda Baxtiyor obrazi qanday tasvirlangan?



Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. 20-yillarda, xususan, 30-yillarda shoir asarlarini qanday talqin qilinganligini aniqlash.

  1. «Oygul bilan Baxtiyor» dostonidagi she’riy uslub, shoirning bu dostonda xalqona she’riy til va uslubga o’zgacha badiiy latofat bag’ishlanganligini o’rganish.

3-modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot:

  1. G’afur G’ulom XX asr o’zbek adabiyotining yirik namoyondasi. U o’zbek she’riyati, badiiy publitsistikasi, feletonchiligi, hajviy hikoyachiligi, yumoristik qissachiligi va tarjimonchiligi rivojiga katta hissa qo’shgan yirik so’z san’atkoridir.

  2. Oybek bolalar adabiyotiga ham munosib hissa qo’shgan adibdir. U 1928 yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chuqur o’rganishga kirishdi, ilmiy maqolalarni o’qib o’rgandi. Keyinroq, «Navoiy», «Guli va Navoiy» dostonlarini nashr ettirdi. Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan «Navoiy» romanida ulug’ shoir va mutafakkir hayotining kamolot davri tasvirlanadi.

  3. Uyg’un uzoq umr ko’rdi va sermahsul ijodkor sifatida tanildi. «O’zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoniga musharraf bo’ldi. Respublika yozuvchilar uyushmasini boshqardi. U tabiat va fasllar kuychisi sifatida e’zozlanadi.

  4. O’zbekiston madaniyati, adabiyoti va uning eng muhim qismi bo’lgan bolalar adabiyotining yuksalishiga katta hissa qo’shgan shoir Hamid Olimjon bolalarning ham sevimli shoiri bo’lib qoldi.



3-modul bo’yicha nazorat savollari
Mavzu: G’afur G’ulom.

  1. G’afur G’ulom bolalar adabiyotiga yozgan asarlari, merosi haqida so’zlang.

  2. G’afur G’ulom uning mashhur she’rlari, hikoya va qissalari haqida bilganlaringizni so’zlang.

  3. «Mening o’g’rigina bolam» asarida qaysi davr voqealari hikoya qilinadi?

  4. «Tirilgan murda» qissasida qanday muammo tasvirlangan?

  5. G’afur G’ulomning nasrdagi ijodi haqida fikringizni bildiring.

  6. «Shum bola» qissasining tarbiyaviy estetik ahamiyati haqida mulohaza yuriting.

  7. G’afur G’ulomning qaysi qissalarida hozirgi zamon voqealari tasvirlangan?

  8. G’afur G’ulomning bolalik yillari haqida so’zlang.

  9. G’afur G’ulomning urushdan so’nggi yillarda yaratgan ocherk va maqolalari.

  10. «Sen etim emassan» she’rining yuksak mahorat bilan yozilganligi to’g’risida fikr yuriting.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling