Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet70/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:

  1. Shoir ijodida inson va tabiat munosabati mavzui.

  2. Shoirning lirik, -epik asarlari, she’r va dostonlari haqida.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Katta iste’dod egasi, dastlabki mashhur asar, 30-yillardagi ijodi, inson va tabiat munosabati mavzui.

Mavzuga oid muammolar:



  1. Shoir bolalar fikrini boshqa narsaga-dunyoda ongga, qudratga ega bo’lgan inson va uning ta’rifiga buradi. Zafar Diyor insonning kuch-qudratini qanday iboralarda ifodalagan?

  2. Zafar Diyor kitobning mohiyatini bolalar ongiga oson singdirishda jonlantirish vositalaridan ustalik bilan foydalana olgan. Sizningcha, shoir kitobning mohiyatini bolalar ongiga ta’sirchan qilib gavdalantirishda qanday istioralarni ishlatgan?



1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat mavzularidan biri haqida, «Tantana» she’rlar to’plamidan joy olgan she’rlari haqida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:



  1. Shoir ijodidagi tabiat mavzuidagi she’rlar haqida so’zlaydi.

  2. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uyg’ota oladigan quvnoq vazn, o’ynoqi misralar yaratganligi to’g’risida fikr yuritadi.

1-asosiy savloning bayoni:
Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotini Zafar Diyorsiz tasavvur qilish qiyin. Unig she’r, qo’shiq, doston, hikoya va pesalari yosh kitobxonga katta estetik zavq- shavq bag’ishlab kelmoqda.
Yigirmanchi yillar oxiri va o’ttizinchi yillar boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she’rlari chop etila boshlandi. Zafar Diyorning birinchi she’ri yosh shoirlarning «Qurilish kuylari» degan to’plamida bosilib chiqdi. Ko’p o’tmay, uning birinchi she’rlar to’plami ham «Qo’shiqlar» nomi bilan 1993 yilda nashr etildi.
Zafar Diyor 1935 yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo’lgan «Mashinist» dostonini yaratadi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag’ishlangan.
Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabati mavzuidir. Shu jihatdan uning «Tantana» she’rlar to’plami (1938)dagi ko’plab she’rlari xarakterlidir. «Binafsha», «Navbahor», «Qushlar haqida qo’shiq», «Kapalak» singari she’rlari ham shular jumlasiga kiradi.
Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi, yoshlarni mehnatdan zavqlanishga o’rgatadi.
Zafar Diyorning «Binafsha» she’rini yoddan bilmagan o’quvchi bo’lmasa kerak. She’r o’zining ravon o’qilishi, qofiyalarning jarangdorligi bilan o’quvchini o’ziga tortadi:
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli;
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling