Muhokama uchun savollar:
Uyg’unning bolalarga atab yozilgan asarlari nima uchun qadrli?
Uyg’unning adabiyotshunoslik faoliyati haqida fikr bildiring.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Uyg’unning shaxsiy hayotini to’la tasavvur etishda katta rol o’ynagan she’rlarini aniqlash.
Uyg’unning ulug’ Vatan urushi yillaridagi ijodining xarakterli xususiyatlarini o’rganish.
She’riy matn ustida ijodiy ishlashga o’rganish.
8-amaliy mashg’ulot: Uyg’un – tabiat va fasllar kuychisi (4 s).
Darsning maqsadi:
Talabalarga Uyg’unning she’riy ijodiyoti haqida ma’lumot berish. Shoir lirikasida tabiat tasviri, hayotga muhabbat xissining ifodalanishi haqida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Shoir ijodida tabiat tasviri mavzusi haqida so’zlaydi.
Uyg’un she’rlaridagi (tabiat mavzusidagi) tasviriy vositalarni tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: (ko’rgazmali materiallar)
Shoirning surati va ijodiga doir rasmlar, shoir hayoti va faoliyatini ifodalovchi tadrijiy jadval. Uyg’unning ba’zi she’riy to’plamlari, kitoblari. Zamondoshlarining shoir haqidagi so’zlari.
Ishni bajarish tartibi:
Mustaqil ish topshiriqlari.
8-topshiriq.
1.1.Uyg’un ko’pgina she’rlarida fasllarning o’ziga xos gashtini qanday tarannum etadi?
1.2.Uyg’unning bolalarga atab yozgan asarlarining xarakterli xususiyatlari haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |