4-Amaliy mashg’ulot: Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga e’tibori:
Dars maqsadi: Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligi, o’quvchilarni yomonlikdan nafratlanishga go’zallikdan hayratlanishga, mehnat va hunarning afzaligi haqida tasavvur hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
«Farhod va Shirin» dostonida chin sevgi va vafo, do’stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik va qahramonlik g’oyalari haqida fikr bildiradi.
Shoir Farhod hayotini jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berishga undaganligi haqida xulosalar chiqaradi.
Ishni bajarish tartibi:
Har tomonlama mukammal, ma’naviy, jismoniy go’zal, etuk yigit timsolini o’rganish; (Farhod obrazi).
Etuk shaxslarning hayoti va ishlari ibrat, tarbiya sabog’i ekanligini o’rganish;
Alisher Navoiy «Xamsa»sining oldingi asarlaridan farqini ko’rsatish;
Mustaqil ish topshiriqlari:
4-topshiriq.
1.1.Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida ilgari surilgan yuksak insoniy xislatlarni aniqlang. (2. 35-45-betlar).
1.2.Alisher Navoiy o’z asarlarida xalq og’zaki ijodidan qanday foydalanganligini aniqlang. (1. 65-69-betlar).
Asosiy adabiyotlar:
M.Jumaboev. «O’zbek bolalar adabiyoti» -T.: 2002 y. 65-69-betlar.
N.Mallaev. «So’z san’atining gultoji». -T.: 1991 y. 35-45-betlar.
B.Qosimov, B.To’xliev, Q.Yo’ldoshev. 10-sinf adabiyot darsligi. -T.: 2004 y. 171-201-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |