Ызбекистон республикаси олий ва
Download 1.41 Mb.
|
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid muammolar
- -savol bo’yicha darsning maqsadi
- 1-asosiy savolning bayoni
Asosiy savollar:
Hamid Olimjonning bolalar uchun yozgan she’rlari. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak doston haqida. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Hamid Olimjonning bolalar uchun yozgan she’rlari, «Hulkarning she’ri» asari, «Vatan», «Lola» she’rlari «Oygul bilan Baxtiyor», «Malikai Xusnobod» ertak – dostonlari, «Baxt va shodlik kuychisi». Mavzuga oid muammolar : 1. Shoir she’rlarida («Vatan» she’ri) ona-vatan bilan faxrlanish sabablarini zo’r ehtiros bilan chizadi. Sizningcha, shoir misralarida ishlatayotgan mubolag’alarda yosh qahramonning orzu-umidlari, tasavvurlari qanday mujassam etilgan? 2. Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» ertak dostonida kitobxonni nimaga da’vat etadi? Asarning g’oyasi qaysi obrazlar orqali yoritilgan deb o’ylaysiz? Ertakdagi «Ot bog’lagan qanot» «So’ylaguvchi devorlar» iboralarini qanday tushunasiz? 1-savol bo’yicha darsning maqsadi: Hamid Olimjonning bolalar uchun yozgan she’rlari ixcham, g’oyaviy-badiiy jihatdan mukammal ekanligi haqida ma’lumot berish. Identiv o’quv maqsadlari: Shoirning bolalikka xos xususiyatlarini g’oyat zavq bilan madh etgan she’rlari haqida so’zlaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga bag’ishlangan she’rlari haqida fikr yuritadi. 1-asosiy savolning bayoni: Hamid Olimjon o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga barakali hissa qo’shgan ulkan iste’dodlardan biridir. U «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg’» kabi ertak-dostonlari, «Bolalik», «Hulkarning she’ri», «Samolyot», «Lola», «Vatan», «Ona va o’g’il», «Zafar dostoni», «Jangchi Tursun» va boshqa asarlari bilan o’zbek bolalar adabiyotining xazinasiga muhim xissa qo’shdi. Shoir «Hulkarning she’ri» asarini qizi Hulkarga bag’ishlaydi. Hulkar obrazida kichkintoylarning ajoyib fazilatlarini tasvirlaydi. Shunga ko’ra, asar umumlashma mohiyatga ega. She’rda Hulkar «mehnat uzra qanoti»ni yozib, «oq qushlarning o’lkasida yurish»ni istaydi. Biroq bunga osonlik bilan erishib bo’lmaydi, albatta. Buning uchun qunt va chidam bilan o’qish, ilm- fan cho’qqilarini egallash, ter to’kib mehnat qilish talab qilinadi. Shoir o’z jajji qahramoni oldiga ana shunday muhim, mas’uliyatli vazifalarni qo’yadi. Bu bilan bola tarbiyasida o’zining mas’uliyatini chuqur his etgan olijanob ota-tarbiyachi obrazi ko’z oldimizda yaqqol gavdalanadi. Shoirning «Lola» she’ri maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga bag’ishlangan. Bu she’rda ham «Hulkarning she’ri» dagi singari shoir maqsadi to’la majassam etilgan. Shoir millionlab jajji qizlarning ona-Vatan quchog’ida quvnoq hayot kechirishi haqidagi orzusini Lola timsolida ifodalaydi. Hamid Olimjon bolalar uchun yozgan she’rlarida turli tasviriy vositalar, ajoyib o’xshatish, sifatlash va istioralarni mohirlik bilan qo’llaydiki, bular asarning g’oyaviy-badiiy mukammalligini ta’minlabgina qolmay, kitobxonlarning so’z boyligini, nutqini boyitadi, ularda estetik zavq-shavq uyg’otadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling