Ызбекистон Республикаси


Nikollo  Makiavelli  va  Jan  Bodenning  siyosiy  va  xuquqiy


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

Nikollo  Makiavelli  va  Jan  Bodenning  siyosiy  va  xuquqiy 
qarashlari.
 
  
Nikollo  Makiavelli  (1469-1527)  siyosiy  fikr  tarixiga  o`zining  bir  qancha  ijobiy 
asarlari  bilan  kmrib  keldi.  Bu  asarlar  ichida  uning  "Xukmdor"  ("Gosudar‘")  asari 
alohida  o`rin  egallaydi.  Makiavelli  birinchilardan  bo`lib  diniy  aqidalardan  holi 
bo`lgan siyosiy ta`limot yaratishga harakat qildi. Uning ta`limoti siyosiy amaliyotning 
kuzatish, tarix va inson psixikasini o`rganish asosiga qurilgan.
 
Makiavellining fikricha u odamlarning xatti-harakatlarini bir-xil xirs va intilishlar 
belgilaydi.  Inson  tabiatining  zaminida  amalparastlik,  g`arazgo`ylik  yotadi.  Odamlar, 
deydi  u,  subitsiz,  noshukur,  qo`rqoq,  munofiq,  ichi  qora,  boshqalarni  ko`ra 
olamaydigan  xossalarga  egadirlar.  qobiliyati  cheklangan  bo`lsa  ham,  hohishlari 
cheklanmagan.  Ular  doim  hozirgi  kundan  norozi,  o`tmishni  maqtaydilar,  taqlid 
qilishni  sevadilar,  lekin  yaxshi  narsalarga  nisbatan  yomon  odatlarni  tezroq 
o`zlashtiradilar.  Inson  -  "o`zining  dunyoga  kelishini  batamom  asosli  ravishda  katta 
yig`i bilan olqishlovchi eng ojiz va sho`rpeshana maxluqdir".
 
Donishmand  hukmdor  davlatni  boshqarishda  o`zini  axloq  normalari  bilan 
cheklanmasdan odamlarga xos mana shu xossalarini hisobga olishi zarur, deb uqtiradi. 
Shundagina  u  o`z  oldiga  qo`ygan  vazifalarni  bajarishga  qodir  bo`ladi.  Makiavelli 
markazlashgan  milliy  davlat  tarafdori  edi.  U  davlatni  kuchsizlantiruvchi  va  uning 
yaxlitligini  buzuvchi  barcha  narsalarga  nafrat  bilan  qaraydi  va  aksincha,  davlat 
qudratining  oshib  borishiga,  uning  birligini  mustahkamlashga,  chegaralarini 
kengayishiga  ko`mak  beruvchi  barcha  narsalarni  olqishlaydi.  U  feodallarni,  ayniqsa 
dvoryanlar  toifasini,  cherkovni  qattiq  tanqid  ostiga  oldi.  Ularni  davlatning  qudratli 
bo`lishiga to`sqinlik qiluvchi kuchlar deb bildi.
 


Makiavelli  davlatning  monarxiya  va  respublika  shakllarini  ajratadi.  U 
respublikaning  afzalliklari  haqida  gapirsa  ham  markazlashgan  va  qudratli  davlat 
yaratish uchun monarxiya qulayroq deydi. qudratli davlatni yaratish yo`lida hukumdor 
hech  narsadan  toymasligi  kerak,  ahloq  normalariga  ham  rioya  qilishi  shart  emas.  U 
hukumdorga  berahm  va  ayyor  bo`lishni,  fuqarolarga  qo`rqituv  orqali  ta`sir  qilishni 
maslahat beradi.
 
Hukmdor  she`rdan  jassurroq,  tulkidan  ayyorroq  bo`lishi  kerak,  negaki,  "tuzoqni 
ko`rish  uchun  tulki,  bo`rilarni  jazosini  berish  uchun  she`r  bo`lmog`i  darkor". 
Makiavelli  hukmdorga  qurolli  kuchga  dikkat  qilishni  tavsiya  qiladi.  "Agar  yaxshi 
qo`shinlar  bo`lsa,  yaxshi  do`stlar  doim  bo`ladi".  yaxshi  qonunlar  qanchalik  muhim 
bo`lmasin, davlatda qurolli kuch muximroqdir, deydi u .
 
Makiavelli  hukmdorga  o`z  dushmanlariga  nisbatan  shafkatsiz  bo`lishni, 
jazolashda tezkor, jasur va dadil bo`lishni maslahat beradi. Sustkashlik, ikkilanish har 
qanday  ishni  yo`kqa  chiqaradi.  Makiavelli  o`z  davrining  siyosiy  amaliyotini  aks 
ettiribgina qolmay, keyingi davr siyosiy hayot xususiyatlarini ham ko`ra bildi. Siyosiy 
ta`limotlar  tarixida  "makiavellizm"  nomini  olgan  tushuncha  Makiavellining  fikriga 
mos siyosatni anglatadi.
 
Jan  Boden  (1530-1596)  frantsuz  siyosiy  mutafakkiri,  huquqshunos,  advokat, 
prokuror  lavozimlarida  ishlagan.  Uning  asosiy  asari  "Davlat  haqida  olti  kitob»  deb 
nomlanadi. Bu asarda u siyosiy fikr tarixida birinchi bo`lib davlatning muxim belgisi 
suverenitetga izoh beradi.
 
Davlat  bu  oilalar  majmuidir,  deb  ta`rif  beradi.  Boden  shu  bilan  birga  davlatning 
oiladan  jiddiy  farq  qilishini  ham  ta`kidlaydi.  Bu  farq  davlat  hokimiyatining  oliy 
suveren xarakterligidadir. Suveren hokimiyat davlatning muhim va zaruriy xossasidir. 
Davlat  hokimiyati  xech  kimga  qaram  bo`lmagan  oliy  hokimiyatdir.  Boden  suveren 
hokimiyatning belgilarini ko`rsatadi. Suverenitet yagona va bo`linmas: u qirol va xalq 
o`rtasida  bo`linmaydi.  Suverenitet  xokimiyatning  muntazamligini  bildiradi.  Uni 
vaqtincha yoki ma`lum shart bilan boshqaga topshirish mumkin emas.
 
Boden  qirol  absolyutizimining  tarafdori  sifatida  suverenitet  hokimiyatning 
cheklanmaganligi, qonundan ham ustivorligini ko`rsatadi, deydi. "Suverenitet, Boden 
ta`rifi  bo`yicha,  bu  qonunlarga  itoat  qilishdan  ozod  bo`lgan  grajdanlar  va  fuqarolar 


ustidan  o`rnatilgan  hokimiyatdir".  Suveren  o`zi  qabul  qilgan  qonunlardan  ozoddir. 
Biroq  bu  hokimiyat  xech  narsa  bilan  cheklanmagan  degan  narsa  emas,  deydi  u. 
Hokimiyat Xudo qonunlariga va tabiiy qonunlarga itoat qilishi shart. Bundan tashqari, 
deydi  Boden,  suveren  fuqarolarning  xususiy  mulkini  hurmat  qilishi,  unga  tajavvuz 
qilmasligi zarur.
 
Suverenitet yagona va bo`linmas bo`lganligi uchun doim bir shaxs yoki bir majlis 
qo`lida  bo`ladi.  Suverenitet  yo  qirol,  yo  aristokratiya,  yo  xalq  qo`lida  bo`lishi 
mumkin. U bir necha turli organlar o`rtasida tahsimlanmaydi, yoki navbat bilan undan 
foydalanilmaydi.
 
Bodenning  suverenitet  haqidagi  ta`limoti  feodal  tarqoqligiga  qarshi  qaratilgan 
bo`lib,  Frantsiyada  markazlashgan  davlat  vujudga  kela  boshlagan  vaqtida  paydo 
bo`ldi.  U  cherkovning  dunyoviy  hokimiyatga  ega  bo`lish  uchun  qilgan  harakatlariga 
qarshi  qaratilgan  edi.  Boden  davlat  shakllari  ichida  monarxiyani  afzal  ko`radi. 
Demokratiyani  mutloq  rad  qiladi.  Uning  aytishicha,  xalq  go`yo  to`g`ri  qarorga 
kelishiga qodir emas, demokratiya anarxiyaga olib keladi.
 
Aristokratiya  monarxiya  bilan  demokratiyaning  o`rtasidagi  davlat  shaklidir. 
Bodenning  fikricha,  aristokratiyaning  afzalligi  shundaki  unda  hokimiyat  saxovatli 
zadogonlar  va  badavlat  kishilar  qo`lida  bo`ladi.  Biroq  aristokratiya,  deydi  Boden,- 
turli  partiyalar  janjallari  va  shuxrat-parastlar  kurashiga  giriftor,  is`yonlarga  qarshi 
turolmaydi.
 
Boden  monarxiyani  eng  yaxshi  davlat  shakli  deb  biladi.  Monarxiyadagina  bir 
butun va bo`linmas davlat hokimiyati mavjud. Birlik bo`lmagan joyda oliy xokimiyat 
ham  yo`q.  Davlat  hokimiyatining  birligini  ta`minlovchi  birdan-bir  davlat  shakli 
monarxiyadir.  Davlat  hokimiyatini  ustida  turgan  monarx  qarama-qarshi  davo  va 
intilishlarning  bir-biriga  kelishtiradi  va  qarama-qarshi  elementlarning  uyg`unlashgan 
birligini  yaratadi.  qonuniy  monarxga  bo`ysunishni  targ`ib  qilish  bilan  birga,  Boden 
tiraniyaga  qarshiligini  bildiradi.  Zo`ravonlik  yo`li  bilan  hokimiyatga  kelgan  kishi 
tirandir.  Unga  qarshilik  ko`rsatish,  uni  og`darish,  xatto  o`ldirib  tashlash  xam  man 
qilinmaydi, deydi Boden.
 
Boden  davlat  to`ntarilishlarining  sabablarini  tahlil  qiladi.  Bu  sabablar  ichida 
birinchi  navbatda  mulkiy  tengsizlikni  ko`rsatadi.  Ko`pchilikni  qashshoqlanishi  va 


ozchilikni  nihoyatda  boyib  ketishi,  hurmat  izzatni  va  boyliklarni  adolatsiz 
taqsimlanishi ham davlat to`ntarilishiga olib keladi. Siyosatchi, deydi- Boden,-bularni 
oldini olishi kerak. U yon berish, kelishish, isloxotlar orkali nizolarni bartaraf qilishi 
lozim.  Boden  g`arbiy  Evropa  jamiyatining  rivojlanishida  qirol  absolyutizmi 
progressiv rol‘ o`ynayotgan davrda uni himoya qilib chiqdi.
 
 
 
  
  
  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling