Ызбекистон Республикаси
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiyada siyosiy va huquqiy ta`limotlarining vujudga kelishi.
ROSSIYA
SIYOSIY VA HUQUQIY TA`LIMOTLARINING AYRIM XUSUSIYATLARI R E J A: 1. Rossiyada siyosiy va huquqiy ta`limotlarining vujudga kelishi. 2. Ma`rifatparvarlik yo`nalashi vakillarining siyosiy va huquqiy qarashlari. 3. Slavyanofillar va g`arbchilar yo`nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy qarashlari. 4. Liberal yo`nalish vakillarining siyosiy-huquqiy qarashlari 5. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar Rossiyada siyosiy va huquqiy ta`limotlarining vujudga kelishi. Rossiya siyosiy - huquqiy madaniyati o`zining xususiyati va an`analariga egadir. Ular bir qancha omillar tasirida shakllandi. Bu omillar orasida Rossiyaning jug`rofiy- siyosiy holati, uning Sharq bilan g`arb o`rtasida joylashganligi, katta xududiy makonga egaligi va iqlimiy sharoitlari, aholi tarkibining xilma-xilligi, xo`jalik faoliyati, ijtimoiy-madaniy turmushi, an`analari va e`tiqodlarini eslatib o`tish kifoyadir. Rossiya davlati ko`p millatli bo`lganligi uchun muayyan darajada milliy, tarixiy, diniy, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarni hisobga olishga majbur edi. Masalan, muayyan siyosiy maqsadlarga bo`ysundirilgan shaklda rus davlati qonunlari bilan bir qatorda shariat, odat huquqi va boshqa huquq tizimlari ham harakatda bo`lgan. Ko`p asrlar davomida Rossiyada hukm surgan mustabid hokimiyat tuzumi, aholining aksariyat qismini huquqsizligi, ichki va tashqi siyosatda asosan zo`rlik usullariga amal qilish, mamlakatning boshqarishda markazlashgan byurokratik tizimga tayanish, har qanday erkin fikrning bostirish siyosati mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy hayotining qoloq va turg`un xolatda qolishiga sabab bo`ldi. XI-asrda vujudga kela boshlagan rus siyosiy va huquqiy ta`limotlarida mustaqillik, davlatning markazlashtirish, kuchli, cheklanmagan mustabid podshox hokimiyatini o`rnatish g`oyalari o`z aksini topadi. Bu ta`lmmotlarda pravoslav cherkov bilan davlat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar masalalari ham katta o`rin olgan. Provaslav cherkovi davlatning idoralaridan biridir. U podshoh hokimiyatiga bo`ysunishi shart, degan fikr keng targ`ib qilindi. Mamlakatni qoloqlikdan chiqarish zarurligini anglash Petr I davridan boshlab rus davlatchmligining eng muhmm strategik vazifalaridan biri bo`lib qoldi. Keyingi davrlarda ham Rossiyaning g`arbiy Evropa ilg`or mam-lakatlariga nisbatan orqada qolganligi, iqtisodiy va madaniy, siyosiy va huquqiy ahvolining Evropaga taqqoslab baholash va zarur bo`lgan islo-hotlarni amalga oshirish muammolari siyosiy fikr diqqat markazida bo`ladi. Rus davlati o`zining hududiy va etnik tarkibi jihatidan Evropa kontingentiga mansub davlat sifatida shakllandi. Bunga xristianlikning ta`siri katta bo`ldi. Xristianlik 988 yil Kiev Rusi knyazi Vladimir davrida qabul qilindi va davlat dini sifatida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol‘ o`ynadi. Rus davlati taraqqiyotining hamma bosqichlarida rus davlatchiligining boshlanishi va ildizi Kiev Rusi ekanligi haqidagi g`oya uqtirilib kelindi. Rossiyaning mo`g`ullar zulmidan ozod qilinishi, Moskva knyazligi zaminida markazlashgan rus davlatining shakllanishi va mustaxkamlanishi davriga kelib Kiev Rusi va Moskva davlati tarixining ildizi bir ekanligi haqidagi g`oya xukumron davlat mafkurasi darajasiga ko`tarildi. Bu g`oya Moskva hukumdorlarining Kiev buyuk knyazlari orqali dunyopodshohi hisoblangan Rim imperatori Avgust bilan vorislik aloqasi borligini va provaslav xristianligining yagona homiysi Moskva hukumdorlaridir, degan fikrni asoslashga xizmat qilishi kerak edi. Moskva qadimiy Rim va Konstantinopoldan keyingi "uchinchi Rim", deb e`lon qilinishi shu bilan izohlanadi. Bu ta`limotni Pskov monastirining monarxi Filofey batafsil ishlab chiqdi. Uning ta`limoti rus davlatining Rim va Vizantiyadan keyingi eng buyuk davlatdir, Moskva hukumdorlari esa xudo tanlagan buyuk hukum-dorlar hokimiyatining qonuniy vorislaridir, degan fikrni asoslashga qara-tilgan edi. Filofey davlatga hukumdorning mulki sifatida qaraydi. Rossiya davlatchiligi tarixiga xos hususiyatlaridan biri shundaki, bu erda mo`g`ullar zulmidan keyin Moskva podsholigi vujudga kelishi davridan boshlab, siyosiy diqqat hududni kengaytirish va markaziy xokimiyatni mustax-kamlashga qaratilgan. Aholining manfaatlari o`z ahamiyatini yo`qotib bordi. Vaqt o`tishi bilan bu jarayon kuchayib bordi va Rossiyani bu sohada g`arbiy Evropadan farqlanishini yaqqol qo`rsata boshladi. g`arbiy Evropada feodal munosabatlaridan yangi davr jamiyati va davlati tomon o`tish jarayoni tez-lashdi, inson huquqi va erkinliklari borgan sari kengrok tan olina boshlandi va natijasida oliy hukumdor hokimiyati cheklanib bordi. Rossiyada aholining barcha qatlamlarining xuquqsizligi XVIII asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Rossiyaning siyosiy va huquqiy tarixida birin-chi bo`lib imperator Pyotr III farmoni bilan dvoryanlar majburiy davlat xizmatidan ozod qilindi. Bundan keyin Ekaterina II-XVIII asrning 70-80 yillarida dvoryanlarga ayrim boshqa grajdanlik xuquq va erkinliklarni shu jumladan xususiy mulkka egalik qilish huquqini berdi. Rossiya aholisining asosiy qismini tashkil qilgan dexqonlarning krepostnoy qaramlikdan ozod qilish uchun yana 100 yil kerak bo`ldi. Bu Aleksandr II tomonidan 1861 yilda amalga oshirildi. Inson huquqi va erkinliklari, huquqiy qadriyatlar va umuman huquq ma-salalariga salbiy munosabat aholining huquqsizligini yanada mushkul-lashtirardi. Shuni ham alohida ta`kidlash zarurki, Rossiya davlati yirik ev-roaziya mamlakati sifatida rivojlanishida Evropaga tahlid qilish yo`lidan bordi. Petr I islohotlaridan boshlab Rossiyaning asosiy islohotlari mana shu fundamental vazifalarni echishga qaratildi. XUP-XUSh asrlarda Rossiya siyosiy fikri yangi davr g`arbiy Evropa g`oyalari tasiri ostida rivojlandi. Siyosiy ta`limotlar asta-sekin dindan ajralib bordi, dunyoviy tus ola boshladi. Bu jarayonning tezlashishga Petr I ning islohotlari katta turtki berdi. Biroq Evropa ma`rifatparvarligining "ijtimoiy shartnoma:", "tabiiy huquq", "hrkimiyatlar bo`linishi" kabi tushunchalari Rossiyada o`ziga xos yo`lda talqin qilindi, yoki umuman tadbiq qilinmadi. Ma`rifatparvar absolyutizm g`oyasining tarafdorlari: F.Prokopovich. V.NTatigtsev, I.T. Pososhkov va boshqalar davlat bu "umumiy ma`faat", "umumxalq foydasi" uchun xizmat qiluvchi, o`z fuqarolarining orzu istaklariga quloq soluvchi kuchdir, degan g`oyani asoslashga harakat qildilar. Shu bilan bir vaqtda rus tarixiy jarayonining o`ziga xos xususiyatlari va demokratik institutlarning yo`qligi ijtimoiy o`zgarishlar faqat yuqoridan, davlatning in`omi sifatida amalga oshiriladi, bunday davlatning eng qulay shakli absolyut monarxiyadir, degan xulosa chiqarishni taqozo qilar edi. XUSh-asrning ikkinchi yarmida Rossiya siyosiy fikri yangi bosqichga ko`tarildi. Unda frantsuz ma`rifatparvarligi ta`siri ostida davlatning idora qiluvchi hukmdor hokimiyati bilan shaxs va jammyat o`rtasidagi o`zaro munosabati, shaxs qadr-qimmati, unmng tabiiy huquqlari kabi muammolar taxlil qilina boshlandi. Siyosiy fikrda konservativ, ma`rifatparvarlik va uning radikal yo`na-lishlarini ko`rammz. Konservativ yo`nalishning ko`zga ko`ringan nomoyondasi M.M.GTSerbatov (1733-1790) cheklanmagan monarxiya davlat shaklini, kre-postnoy tuzumni saqlab qolish g`oyasini himoya qilib chiqdi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling