Ызбекистон Республикаси
G`ARBIY EVROPADA UYG`ONISH DAVRI SIYOSIY
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
G`ARBIY EVROPADA UYG`ONISH DAVRI SIYOSIY
VA HUQUQIY TA`LIMOTLARI. R E J A: 1. G`arbiy Evropada uyg`onish davri siyosiy xuquqiy ta`limotlari. 2. Nikollo Makiavelli va Jan Bodenning siyosiy va xuquqiy qarashlari. 3. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar G`arbiy Evropada uyg`onish davri siyosiy xuquqiy ta`limotlari. Uyg`onish davri XV- asrdan XVII- asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr qirollik hokimiyatini absolyut monarxiyaga aylanishi va mustahkamlanishi, ilk kapitalizimning vujudga kela boshlashi, feodal jamiyatining barham topishi bilan xarakterlanadi. Feodalizmdan sekin-asta kapitalizmga o`tish ro`y bera boshlaydi. yangi davr markazlashtirilgan hokimiyatning kuchayishi bilan bir vaqtda feodal tarqoqligini tugatish talablari kuchayib bordi. Sanoat ishlab chiqarish, kemasozlik, harbiy ishni rivojlantirish ehtiyojlari yangi ilmiy tadqiqot metodlarini, o`rta asrchillikka xos sxolastikadan voz kechishni taqazo qilar edi. Paydo bo`la boshlagan burjua mafkurasi nomoyondalari diniy aqidalarga nisabatan tanqidiy munosabatda bo`ladilar, mustaqil ilmiy tadqiqotga intilish kuchaydi. Insoniy ehtiyojlar birinchi o`ringa chiqdi. Olimlar insonning ijodiy imkoniyatlari, uning aql-idrok qudratini ulug`ladilar. Antik madaniyatning qayta tiklanishi, diniy Reformatsiya, tabiatshunoslik fanlarining vujudga kela boshlashi uyg`onish davrining asosiy xususiyatidir. Bu o`zgarishlar siyosiy fikr sohasida ham o`z aksini topdi. yangi siyosiy ta`limotlarda cherkovga bog`lik; bo`lmagan, markazlashgan dunyoviy davlat tuzish talablari yuzaga kela boshladi. Bu yangi g`oyalarning himoyachisi va targ`ibotchilari Italiyada Makiavelli, Frantsiyada Boden hisoblanadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling