Ызбекистон республикаси


Принтер Ишчи станция


Download 149.5 Kb.
bet6/11
Sana08.01.2022
Hajmi149.5 Kb.
#247815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lokal va global tarmoqlar

Принтер

Ишчи станция

Концентратор

Ишчи станция


Ишчи станция

Yulduzsimon tarmoqlar ochiqdan ochiq ifodalangan markaziy boshqariladigan ofislarda ishlatiladi

Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funksional bo‘g‘in: ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.

Ishchi stansiyalar - Bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‘lib, u orkali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stansiyasi, ham tarmoqli xam lokal rejimlarda ishlay oladi.

Server - Bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar so‘rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p foydalanuvchili kompyuter bo‘lib, u bu stansiyalarga umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi.
Nazorat savollari:

1. Lokal tarmoqni necha xil usul bilan ulash mumkin?

2. Shinali lokal tarmoq haqida tushuncha bering.

3. Xalqali lokal tarmoq haqida tushuncha bering.

4. Yulduzsimon lokal tarmoq haqida tushuncha bering.

5. Ishchi stansiya nima?

6. Server nima?

3. Tarmoqning texnik vositalari.

Firmaning turli bo‘limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo‘lgan turli xil LHT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday birlashtirish xech bo‘lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil etish uchun ba’zida keraklidir.

Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo‘lgan intilish LHT ni yuqoriroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin.

Tarmoqlarni bir biri bilan o‘zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan takrorlagichlar, ko‘priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.



Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir.

Ko‘priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoklar urtasidagi grafikni rostlaydi.

Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida tavsiflanadi va o‘zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‘lanmagan tarmoqlarning ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo‘lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo‘yicha axborotni uzatadi.

Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi.

Ko‘priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog‘ida bu, odatta, dastur ta’minotli va qo‘shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHM dir.


Nazorat uchun savollar:

1. Tarmoqning texnik vositalarini sanab bering.

2. Takrorlagich nima va u qanday vazifani bajaradi?

3. Ko‘priklar nima va u qanday vazifani bajaradi?

4. Marshrutlovchilar nima va u qanday vazifani bajaradi?

5. Shlyuzlar nima va u qanday vazifani bajaradi?



Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling